toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.06.2006
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“SAVDOGA VA TIJORATGA KO‘MAKLAShUVChI “SAVDOGAR” IXTISOSLAShTIRILGAN AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TAShKIL ETISh HAQIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1994 YIL 18 MARTDAGI 794-SON FARMONIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 22-iyundagi PF-3764-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik tijorat bankini tashkil etish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 18-martdagi 794-son Farmoniga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
sarlavhadagi hamda 1, 2, 3 va 4-bandlardagi “ixtisoslashtirilgan” so‘zi chiqarib tashlansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 23-yanvar,
PF-2805-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-con, 41-modda)