1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-may,
PF-4309-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PF-4309-son Farmoniga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (3-ilova):
22-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlari” soʻzlariga almashtirilsin.
23-banddagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlarining” soʻzlariga almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 220-modda)