1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.09.00.00 Alohida turdagi mahsulotlar, valyuta va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish / 10.09.06.00 Madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.07.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning boshqa masalalari;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
MADANIY BOYLIKLARNING OLIB ChIQILIShI VA OLIB KIRILIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻShIMChALAR VA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-yanvardagi PQ-1464-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyotida islohotlarni chuqurlashtirish va kengaytirish chora-tadbirlari dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.