1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
QISHLOQ JOYLARDA UY-JOY QURILISHINI MOLIYALASHTIRISHNING RESURS BAZASINI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish va xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini moliyalashtirishning resurs bazasini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) uning aktivlarini:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Jamgʻarmaning jalb etilgan uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari boʻyicha Moliya vazirligi oldidagi majburiyatlariga teng summadagi qarz majburiyatlarini “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarzi sifatida rasmiylashtirgan;
qolgan qismini — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav fondidagi ulushini koʻpaytirgan holda belgilangan tartibda “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat bankiga berish yoʻli bilan tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Jamgʻarmani tugatish komissiyasi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
Tugatish komissiyasi kreditorlar talablari qondirilgandan keyin Jamgʻarmaning mol-mulkini “Qishloqqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki balansiga bergan holda Jamgʻarmani belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Qishloqqurilish-bank” aksiyadorlik-tijorat banki va “Ipoteka-bank” aksiyadorlik-tijorat ipoteka banki uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslari berish toʻgʻrisida ilgari tuzilgan shartnomalarni ilgari tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq qayta rasmiylashtirsinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 209-modda; 2017-y., 33-son, 853-modda; 06.02.2021-y., 09/21/56/0091-son)