

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1792784" id="-1792784">Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1792786" id="-1792786">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1792788" id="-1792788">ENERGETIKA OBYEKTLARIDA OLOVLI IShLARNI OʻTKAZIShDA YoNGʻIN XAVFSIZLIGI ChORALARI HAQIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1792792" id="-1792792">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2010-yil 18-iyun 6-24/13-7676/6-son]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1792794" id="-1792794"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792795" id="-1792795">Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1521661">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 40-son, 432-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi <a href="/mact/-639966#-818628">Nizomiga</a> asosan buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792796" id="-1792796">1. Energetika obyektlarida olovli ishlarni oʻtkazishda yongʻin xavfsizligi choralari haqidagi <a href="/mact/-1792685#-1792807">yoʻriqnoma</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792797" id="-1792797">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1792799" id="-1792799">Inspeksiya boshligʻi A. NIMATULLAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1792801" id="-1792801">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1792803" id="-1792803">2010-yil 3-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1792806" id="-1792806">147-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1792807" id="-1792807"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1792815" id="-1792815">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 3-avgustdagi 147- sonli <a href="/mact/-1792685">buyrugʻiga <br /></a>ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1792819" id="-1792819">Energetika obyektlarida olovli ishlarni oʻtkazishda yongʻin xavfsizligi choralari haqida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1792821" id="-1792821"><strong>YOʻRIQNOMA</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1792824" id="-1792824"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792856" id="-1792856">Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-1521661">Qonuniga</a> (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 40-son, 432-modda) asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSR Ittifoqi qonun osti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi<a href="/mact/-429475"> qaroriga</a>, hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi normativ hujjatlarga muvofiq energetika obyektlarida olovli ishlarni oʻtkazishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1792859" id="-1792859">1-§. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792863" id="-1792863">1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanilgan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792866" id="-1792866"><strong>vaqtinchalik ish joyi</strong> — sharoiti boʻyicha detallarni doimiy olovli ish joylariga olib chiqish imkoniyati boʻlmaganda, xonalarda va uskunalarda bevosita ish joylarida tashkil qilinadigan ish joyi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792868" id="-1792868"><strong>vaqtinchalik olovli ishlar</strong> — bunday ishlarga taʼmirlash va avariya-tiklash ishlarida, xonalarda, uskunalarda va boshqa inshootlarda, agar sharoiti boʻyicha ularni doimiy olovli ishlar bajariladigan ish joyga olib chiqish imkoniyati boʻlmaganda, qisqa muddatda oʻtkaziladigan ishlar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792870" id="-1792870"><strong>doimiy ish joyi</strong> — sexlarda, ustaxonalarda va ochiq maydonchalarda maxsus ajratilgan va jihozlangan joylarda tashkil qilinadigan ish joyi ;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792873" id="-1792873"><strong>yongʻin</strong> — odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib boʻlmaydigan yonish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792876" id="-1792876"><strong>yongʻin xavfsizligi</strong> — odamlarning, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi, holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792880" id="-1792880"><strong>yongʻin-texnik mahsuloti</strong> — yongʻin xavfsizligini taʼminlashga moʻljallangan maxsus texnik va intellektual mahsulotlar, shu jumladan yongʻinni oʻchirish texnikasi va asbob-uskunalari, yongʻinni oʻchirish aslaha-anjomlari, olovni oʻchirish va olovdan himoya qilish moddalari hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlar bazalari, shuningdek yongʻinlarning oldini olish hamda ularni oʻchirishning boshqa vositalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792882" id="-1792882"><strong>olovli ishlar </strong>— barcha turdagi elektr payvandlash, gaz bilan payvandlash, benzo-kerosinli va kavsharlash, bitum va saqichni eritish, shuningdek ochiq olovni qoʻllaydigan boshqa ishlar yoki materiallar va konstruksiyalarning detallarini alanga olish haroratigacha qizdirish ishlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792888" id="-1792888">2. Mazkur Yoʻriqnomaning talablari “Oʻzbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi. hamda mustaqil xoʻjalik yurituvchi ishlab turgan issiqlik, gidroelektrostansiyalar va elektr va issiqlik tarmoqlari korxonalarining omborxonalar, ishlab chiqarish, va boshqa xonalarida elektr payvandlash, gaz bilan payvandlash, kavsharlash va boshqa ochiq olovli ishlarni oʻtkazishda bajarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792893" id="-1792893">3. Yoʻriqnoma “Energetika korxonalari uchun yongʻin xavfsizligi <a href="/mact/-839776#-839833">qoidalari</a>” (roʻyxat raqami 1341, 2004-yil 22-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 16-son, 194-modda) (bundan keyin — YoHQ) asosida Oʻzbekiston Respublikasi energetika xoʻjaliklarida ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792903" id="-1792903">4. Ishlash vaqtida ishdan chiqqan asboblar: elektr ushlagich, kesgich, goryelka, ventil va shunga oʻxshashlar olovli ishlar oʻtkazilayotgan joylarda emas, balki maxsus ustaxonalarda taʼmirlanishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1792906" id="-1792906">2-§. DOIMIY ISh JOYLARIDA OLOVLI IShLARNI BAJARISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792909" id="-1792909">5. Olovli ishlarni bajarish uchun doimiy ish joylarini jihozlashda quyidagilar koʻzda tutiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792912" id="-1792912">alohida xonani ajratish yoki sexning yoki boshqa xonalarning ishlab chiqarish maydonlarini balandligi 1,8 m dan kam boʻlmagan yonmaydigan toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792918" id="-1792918">payvandlash apparaturasini: elektr payvandlash transformatorini; elektr taʼminoti kirish shchitini; sutkalik sarflanadigan gaz ballonlarini oʻrnatish uchun rampalar yoki boshqa qurilmalarni; asboblar uchun metall shkaf yoki stellajlarni; yongʻin-texnik mahsulotlarini va boshqalarni oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792921" id="-1792921">alohida xonalarda (zarur boʻlganda toʻsib olingan uchastkada ham) havoni almashtirish ventilatsiyasini, jumladan mahalliy soʻrib oluvchi ventilatsiyani oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792928" id="-1792928">maxsus zaminlash konturini oʻrnatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792929" id="-1792929">6. Doimiy ravishda olovli ishlarni oʻtkazish uchun ajratilgan xonada yoki uchastkada quyidagilar boʻlishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792931" id="-1792931">ruxsat etilgan olovli ishlar turlarining roʻyxati (bosh muhandis tomonidan tasdiqlanadi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792932" id="-1792932">yongʻin xavfsizligi choralari haqida yoʻriqnoma (sex boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792934" id="-1792934">olovli ishlarni bajarish texnologiyasi boʻyicha zarur sxemalar va plakatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792935" id="-1792935">yongʻin-texnik mahsulotlar, shu jumladan kamida ikkita karbonat kislotli oʻtoʻchirgich, shulardan biri kukunli, asbestli mato yoki namat va suvli sigʻim (chelak);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792937" id="-1792937">olovli ishlarni bajarishga ijozat etilgan xodimlar roʻyxati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792939" id="-1792939">Doimiy ish joylarini obyektdagi mavjud yongʻinga qarshi suv quvuri kranining yaqinida jihozlash tavsiya etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792940" id="-1792940">7. Olovli ishlar bajariladigan ish joylarida gazli ballonlarni doimiy saqlanishini tashkil etishga ruxsat berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792943" id="-1792943">8. Xonalarda oʻrnatiladigan gazli ballonlar quyosh nurlari va boshqa issiqlik manbalari taʼsiridan himoyalangan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792945" id="-1792945">Xonalarda ishlarni bajarishda oʻrnatiladigan ballonlar yoʻllardan chetda, isitish asboblaridan kamida 1 m va ochiq olov manbalaridan (goryelka, payvandlash lampasi va shunga oʻxshashlardan) kamida 5 m masofada joylashtirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792947" id="-1792947">9. Zaxira va boʻsh ballonlar binolarga taqab solingan yonmaydigan shamollatiladigan binolarning yoniga qurilgan imoratlarda yoki quyosh nurlaridan himoyalangan maxsus shiyponlarda saqlanishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792949" id="-1792949">10. Doimiy ravishda olovli ishlar oʻtkaziladigan joylarda payvandlash ishlarini olib borish uchun sinmaydigan sigʻimlarda va metall shkaflarda yonuvchan suyuqlikning zarur boʻlgan sutkalik zaxirasini saqlashga ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792951" id="-1792951">Kislorod ballonlari va yonuvchan gaz ballonlari turgan xonalarda karbid, kalsiy, boʻyoqlar, moylar va yogʻlarni ular bilan birga saqlash man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792953" id="-1792953">11. Olovli ishlar doimiy oʻtkaziladigan oʻnta postdan ortiq (payvandlash ustaxonalari) joylarni tashkil etishda payvandlash uchun markaziy elektr taʼminoti va gaz taʼminoti oʻrnatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792955" id="-1792955">Chetga sachramasligi va uchqunlar uchishining oldini olish uchun har bir post yonmaydigan materiallardan tayyorlangan doimiy yoki koʻchma toʻsiqlar bilan ajratilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792956" id="-1792956">12. Payvandlash ustaxonasiga gaz berish uchun kislorodli va atsetilenli ballonlar alohida, bir-biridan izolatsiya qilingan, tashqariga alohida chiqishga ega boʻlgan xonalarda oʻrnatilishi shart. Bu xonalardagi payvandlash ustaxonasiga qaragan devorga yongʻinga qarshi ishlov berilgan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792979" id="-1792979">13. Payvandlash ustaxonasida avtomatik payvandlash qurilmalari oʻrnatilganda, barcha tomonlardagi oʻtish yoʻllari 2 m dan kam boʻlmasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792981" id="-1792981">14. Ish tamom boʻlgandan keyin yoki tanaffus vaqtida doimiy ish joylaridagi apparatura oʻchirilishi, shlanglar esa uzilishi va yonuvchan suyuqliklar va gazlardan boʻshatilishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1792982" id="-1792982">3-§. VAQTINChALIK OLOVLI IShLARNI BAJARISh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792986" id="-1792986">15. Gazli ballonlarni olovli ishlarni bajarish uchun kabel inshootlarida, shuningdek portlash xavfi boʻlgan xonalarda (elektroliz xonasi, gaz taqsimlash punktlari, akkumulyator xonalari va shunga oʻxshashlar) oʻrnatish man qilinadi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792987" id="-1792987">16. Atsetilen generatorlar qoʻllanilganda, ularni ekspluatatsiya qilish “Olovli ishlarni olib borishda yongʻin xavfsizligi qoidalari”ning talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792990" id="-1792990">17. Ishdagi tanaffus 10 min dan ortiq boʻlganda, shuningdek ish smenasi oxirida apparatura oʻchirilishi shart, payvandlash agregati elektr tarmogʻidan uzib qoʻyilishi, shlanglar uzilishi va yonuvchan suyuqlik va gazlardan boʻshatilishi, kavsharlash lampasidagi bosim butunlay kamaytirilishi shart. Naryad boʻyicha olovli ishlar tugagandan keyin barcha apparatura va uskunalar yigʻishtirib qoʻyilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792992" id="-1792992">18. Olovli ishlar tugagandan soʻng ish joyi, ayniqsa agar teshiklar yoki oʻyiqlar boʻlsa yoki ishlar balandlikda, shuningdek katta miqdorda yonuvchan materiallar bor boʻlgan xonalarda bajarilgan boʻlsa (omborlar, yonilgʻini uzatish berish, kabel inshootlari va shunga oʻxshashlar), diqqat bilan koʻrib chiqilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792994" id="-1792994">Zarur hollarda ish uchastkalariga suv quyilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1792996" id="-1792996">4-§. OLOVLI IShLARNI BAJARISh BOʻYIChA TEXNIK TADBIRLAR</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1792998" id="-1792998">19. Barcha olovli ishlar faqat ish joylari va apparatura (payvandlash agregatlari, shlanglar, kavsharlash lampalari va shunga oʻxshashlar) diqqat bilan tayyorlangandan keyin, shuningdek qurilmalar, sigʻimlar va quvurlar yengil alangalanadigan va yonuvchan suyuqliklardan, turli moddalarning bugʻi va changlaridan, shuningdek 5 metrdan kam boʻlmagan radiusda yonuvchan materiallardan tozalangandan keyin oʻtkazilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793000" id="-1793000">20. Engil alangalanuvchi va yonuvchan materiallar, suyuqliklar va gazlar solingan sigʻimlarning (sisternalar, baklar, resiverlar va shunga oʻxshashlar) ustida yoki ularning ichida va quvurlarda olovli ishlarni bajarishdan oldin, ular barcha kommunikatsiyalardan uzib (oʻchirib) qoʻyilishi va quyidagi tadbirlar bajarilishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793002" id="-1793002">eng yaqin joylashgan surilma qopqoqlar yoki shiberlarni yopish, qulflab berkitish va plakatlarni osish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793003" id="-1793003">tiqinlarni oʻrnatish (zarur boʻlganda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793005" id="-1793005">barcha lyuklar va tuynuklarni ochish. Zarur boʻlgan hollarda vaqtinchalik mahalliy ventilatsiyani (ayniqsa sigʻimlarda) oʻrnatish koʻzda tutilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793007" id="-1793007">21. Olovli ishlarni olib borganda quyidagilar man qilinadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793008" id="-1793008">nosoz apparatura bilan ish boshlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793009" id="-1793009">5 metrdan yaqinda, shuningdek yangi boʻyalgan konstruksiyalarda va boshqa buyumlarda boʻyoq butunlay qurugunga qadar ishlarni olib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793012" id="-1793012">payvandlash simlarining ulanishlari izolatsiya qilinmaganda ishlarni boshlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793042" id="-1793042">payvandlangan simlarni umumiy oqimlarda oʻtkazish yoki kabel trassalarini, shuningdek yonuvchan gaz va suyuqliklar bor boʻlgan quvurlarni kesib oʻtish. Kabel trassalarini yoki koʻrsatilgan quvurlarni kesib oʻtish zarur boʻlganda, payvandlangan simlarning izolatsiyasi kuchaytirilishi va ular izolatsiya qilingan materialda oʻtkazilishi shart;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793043" id="-1793043">yonuvchan hamda zaharli moddalar bilan, shuningdek bosim ostidagi yonmaydigan, suyuqlik va gazlar, bugʻlar va havo bilan toʻldirilgan apparatlarni va quvurlarni (gaz quvurlaridan tashqari), shu jumladan kuchlanish ostidagi elektr uskunalarni payvandlash, kesish, kavsharlash yoki qizdirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793046" id="-1793046">moy, yogʻlar va boshqa yonuvchan suyuqlik yuqi boʻlgan kiyim va qoʻlqoplardan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793049" id="-1793049">maxsus kiyim va poyafzalsiz, shuningdek himoya koʻzoynaklarisiz (yoki himoya niqobisiz) elektr va gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishga kirishish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793051" id="-1793051">22. Yonuvchan suyuqlikni toʻkish estakadalaridan 5 m dan yaqin masofada bajariladigan olovli ishlar, yongʻin-texnik mahsulotlarini tayyorlanishi, zarur boʻlgan yongʻinga qarshi va texnik tadbirlarni bajarilishi, hamda tegishli ijozat rasmiylashtirilishidan keyin olib borilishi shart. Ishlash zonasida toʻkish estakadasi suyuqlik, yonuvchan material qoldiqlardan tozalangan va uchqun uchishiga qarshi choralar koʻrilgan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793055" id="-1793055">23. Engil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqlik (masalan, mazutli rezervuarlarda) saqlanadigan sigʻimlardan 10 m yaqinida yoki bevosita sigʻimlarni oʻzida payvandlash va boshqa olovli ishlarni bajarishga, ishlash uchun ijozat rasmiylashtirilishi; yongʻinga qarshi tadbirlar bajarilishi; ishlash zonasida yoʻl qoʻyilishiga ruxsat etilgan konsentratsiyani aniqlash uchun havo muhiti tahlil qilinishi; texnologik qurilmalarning lyuklari va boshqa teshiklari uchqun tushishi va suyuqlik bugʻlaridan (koʻrsatilgan masofa chegarasida) himoyalanishidan keyin ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793057" id="-1793057">Joyning ishlarga tayyorligi haqida tuzulmaviy boʻlinmaning tezkor jurnaliga yozuv kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793061" id="-1793061">24. Elektr stansiyalarning yonilgʻi uzatish traktlarida ishlashga ijozat berish va olovli ishlar, uskunalar toʻxtatilishi, yongʻin-texnik mahsulotlarini tayyorlanishi, qurilish konstruksiyalari, uskunalar, pol yonilgʻi kukuni va changidan tozalanishidan keyin amalga oshiriladi. Barcha teshik va tuynuklar berkitilgan boʻlishi, shuningdek qiya galereya, konveyer tasmasi boʻylab va pastdagi belgilarda uchqunning har tomonga uchishiga qarshi choralar koʻrilgan boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793064" id="-1793064">Payvandlashdan oldin va keyin radius boʻylab 10 m dan kam boʻlmagan ish zonasi (qurilish konstruksiyalari, pol va namdan himoyalangan uskunalar ham) katta miqdordagi suv bilan yuvilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793066" id="-1793066">25. Elektr payvandlash simlarining (kabellari) kesimlari va izolatsiyasi tok va kuchlanishning maksimal kattaligiga mos ravishda qoʻllanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793069" id="-1793069">Kamaytirilgan kesim va pasaytirilgan izolatsiya sinfini qoʻllashga ruxsat berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793073" id="-1793073">Bikir boʻlgan keluvchi elektr simlaridan foydalanilganda, ushlagichga ulanish uzunligi 3 m dan kam boʻlmagan egiluvchan shlangli sim orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793075" id="-1793075">26. Kesimi maksimal payvandlash tokiga toʻgʻri kelishi sharti bilan, poʻlat tasmalar, payvandlash plitalari, payvandlash konstruksiyasining oʻzi qaytuvchi sim sifatida xizmat qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793077" id="-1793077">Bu shartni bajarish mumkin boʻlmaganda — payvandlash bir xil kesimli va izolatsiyali ikkita simlarni (keluvchi va qaytuvchi) qoʻllab amalga oshirilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793081" id="-1793081">Qaytuvchi sim sifatida ichki temir yoʻllari, nollash tarmogʻi, texnologik qurilmalar va quvurlardan foydalanish man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793084" id="-1793084">27. Payvandlash agregatlarining alohida qismlarini (transformatorlar, podshipniklar, chetkalar, ikkilamchi zanjir kontaktlari va shunga oʻxshashlar) qizish harorati 75 °S dan oshmasligi shart. Yuqori harorat aniqlanganda, agregat darhol toʻxtatilishi (oʻchirilishi) shart va qizish sabablari aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793086" id="-1793086">Payvandlash agregatlari (transformatorlar) notoʻgʻri ekspluatatsiya qilinganda, ularning oʻzlari yongʻinga sabab boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793088" id="-1793088">28. Elektr stansiyalarning yonilgʻi uzatish traktlarida payvandlash agregatlarini (transformatorlarni) ochiq holda oʻrnatish man qilinadi. Taʼmirlash ishlari olib borilayotganda payvandlash agregatlarini (transformatorlarni) yonmaydigan, zich berkitiladigan shkaflarda oʻrnatishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793091" id="-1793091">Moʻljallangan ishlar tamom boʻlishi bilan payvandlash apparatlari doimiy saqlash joylariga olib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793094" id="-1793094">29. Payvandlash agregatlarini (transformatorlar) zaminlash kesimi 6 mm2 dan kam boʻlmagan sim yordamida bajarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793098" id="-1793098">30. Yonuvchan suyuqlikni qoʻllab kavsharlash va boshqa olovli ishlar olib borilganda, yonilgʻining faqat sutkalik zaxirasini yopiq va sinmaydigan idishlarda, ish joyidan 10 m dan kam boʻlmagan masofada saqlashga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793102" id="-1793102">Kavsharlash lampalariga, yonuvchan materiallar va qurilish konstruksiyalaridan 3 m dan kam boʻlmagan masofada, yonuvchan suyuqlikni quyishda xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda, shuningdek ishchi bochkalarning nominal bosimida yonilgʻi quyish va olov yoqish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793105" id="-1793105">3 litrdan ortiq boʻlgan sigʻimlar (kichkina baklar) manometrga ega boʻlishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793107" id="-1793107">31. Har bir kavsharlash lampasi va suyuq yonilgʻi bilan olovli ishlar olib boriladigan boshqa apparatlar tartib raqamiga va pasportga ega boʻlishi, har yili texnik shartlarga muvofiq bosim ostida sinovlardan oʻtkazilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793110" id="-1793110">32. Suyuq yonilgʻida ishlaydigan apparatlar portlab ketishiining oldini olish uchun quyidagilar man qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793116" id="-1793116">kichkina baklarda va keltiruvchi shlanglarda bosimni koʻpaytirish va ruxsat etilgan qiymatdan yuqori bosimda ishlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793118" id="-1793118">kichkina ishchi baklarning hajmni 3/4 qismidan koʻprogʻini suyuq yonilgʻi bilan toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793122" id="-1793122">texnologik sharoit boʻyicha ishlash uchun moʻljallanmagan yonuvchan suyuqliklarni qoʻllash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793128" id="-1793128">apparatlar ishlab turganda yoki sovumagan goryelkada yonilgʻi toʻldirish yoki mayda taʼmirlash operatsiyalarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793130" id="-1793130">keltiruvchi shlanglarni qisish, aylantirish yoki bukish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793134" id="-1793134">ochiq olov yonida apparaturaga yonilgʻi toʻldirish, taʼmirlash va tozalash yoki chekishga ruxsat berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793138" id="-1793138">33. Texnologik quvurlarni va qurilmalarni ochiq olovni qoʻllab isitish qatʼiyan man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793139" id="-1793139">Atsetilendan foydalanib metallni gaz alangasi bilan qayta ishlashda “Atsetilen, kislorod ishlab chiqarishda, metallni changlatish va gaz alangasi bilan qayta ishlash jarayonida mehnat muhofazasi boʻyicha tarmoqlararo qoidalar” talablariga rioya qilish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793145" id="-1793145">34. Gaz ballonlari, shuningdek yonuvchan suyuqlik solingan apparatlar isitish asboblaridan, hamda issiqlikni tarqatish manbai va ochiq olovli oʻchoqlardan 5 m dan yaqin boʻlmagan masofada oʻrnatilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793148" id="-1793148">35. Gaz ballonlarini uzoq masofaga tashish va saqlash uchun faqat ularning boʻyniga saqlash qopqoqlari burab kirgazilishi sharti bilan ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793152" id="-1793152">Ballonlar payvandlash joylariga maxsus aravachalar, zambillar, chanalar va boshqa qurilmalarda olib kelinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793156" id="-1793156">Ballonlarni yelkada va qoʻllarda tashish man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793157" id="-1793157">36. Ballonlarga, ularni shikastlanishga olib keladigan zarbalar berish va mexanik taʼsir koʻrsatish man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793159" id="-1793159">37. Bitumni isitish uchun qurilma (qozonlar) maxsus jihozlangan maydonchalarda, yonuvchan materiallar, binolar va inshootlardan kamida 50 m masofada chetda oʻrnatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793162" id="-1793162">38. Binolarning yonuvchan tomida bitumli qozonlarni oʻrnatish qatʼiyan man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793165" id="-1793165">39. Bitumli qozonlar ishlaganda uning atrofida kamida 2 m masofada yonuvchan chiqindilar va quruq bitum boʻlmasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793167" id="-1793167">40. Bitumni isitish uchun gazsimon yonilgʻidan foydalanilganda, yonilgʻili ballonlarni shamollatiladigan metall shkaflarda ikkitadan koʻp boʻlmagan miqdorda, qozondan kamida 20 m masofada joylashtirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793171" id="-1793171">41. Bitumni isitish ishlari olib borilganda qozon oldida qumli quti (0,5 m<sup>3</sup> dan koʻp emas), belkurak, ikkita karbonit kislotali oʻtoʻchirgich va suvli chelak boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793174" id="-1793174">42. Ishlayotgan bitumli qozonlarni nazoratsiz qoldirish, shuningdek issiq bitum massasiga suvning tushushi man qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793181" id="-1793181">Ish smenasi tugagach, qozonning oʻchoqlari oʻchirilishi va unga suv sepilishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1793190" id="-1793190">5- §. YAKUNIY QOIDA</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1793193" id="-1793193">43. Mazkur “Energetika obyektlarida olovli ishlarni oʻtkazishda yongʻin xavfsizligi choralari haqida yoʻriqnoma” Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1793194" id="-1793194">Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri MATLYUBOV B.A.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1793195" id="-1793195">“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi XOLMATOV I.M.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1793197" id="-1793197">“Oʻzbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi Boshqaruvi raisi TEShABOYEV B.M.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
