1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.03.00 Yuridik shaxslar bankrotligi va sanatsiya (shuningdek 09.03.00.00 ga qaralsin);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni taʼminlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sanatsiyalash (davlat hisobidan yordam berish) toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida:
2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot boʻlishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini oʻtkazish;
mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik toʻgʻrisidagi yoki sanatsiyalash haqidagi ishlarni xoʻjalik sudlarining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish;
qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani oʻtkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni oʻtkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash;
korxonalarni sanatsiyalashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qarzdor korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish hamda qarzdor korxona rahbariyatining ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlash;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish rejalarini va tugatish jarayoni nihoyasiga yetkazilgani toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;
3. Oʻzbekiston Respublikasini davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi huzurida iqtisodiy nochor korxonalar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Qoʻmita (bundan buyon — Qoʻmita) tashkil qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulki qoʻmitasining davlat boshqaruv organi huquqlariga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi boʻlib xizmat qiladi;
mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish chogʻida davlat manfaatlarini ifoda etadi;
barcha mulkchilik shaklidagi iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
korxonalar va tashkilotlar moliya-xoʻjalik holatining monitoringi, ular faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish xamda iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini qoʻllanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida meʼyoriy va uslubiy bazani yaratish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
iqtisodiy nochor xoʻjalik yuritish subyektini bankrot deb topish haqida yoki qarzdor korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisida iltimosnomalarni, bankrotlikning tashqi belgilariga ega boʻlgan korxonalarni qaytadan tashkil etish va tugatish mexanizmi boʻyicha, takliflarni bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritish;
xoʻjalik sudining qarorlariga muvofiq iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash yoki tugatish jarayonini tashkil etish kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan daʼvolari qondirilishiga koʻmaklashish, tugatish hamda sanatsiyalash jarayonida aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
iqtisodiy nochor korxonani qayta tashkil etish davrida bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga binoan shu korxona mulkini boshqarishga vakil qilingan organ vazifalarini bajarish;
bankrot korxonaning mol-mulkini kim oshdi savdolari orqali sotish borasidagi ishlarni tashkil etish;
iqtisodiy nochor korxonalar, ularning miqdorlari hamda yigʻilib qolgan qarzlarining turlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish;
nochor qarzdorning mulkini roʻyxatga olish va qiymatini baholash hamda uning kreditorlar oldidagi, budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazib baholash borasidagi ishlarni tashkil qilish;
bankrotlik xavfini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnoma asosida yordam koʻrsatish.
iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tashkil etish dasturlarini tuzishda, xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb topilgan nochor qarzdor korxonalarni tugatishda ishtirok etish;
tugatish jarayonida ishonchli shaxs sifatida qatnashish, bankrot boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektni tugatish boʻyicha tugatuvchi komissiyalarni tashkil qilish;
toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan korxonalarni sanatsiyalash va bankrot boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish uchun ajratilgan mablagʻlarni tasarruf etish;
oʻz vakolati doirasida ijro etish uchun majburiy boʻlgan qarorlar va normativ hujjatlar chiqarish;
belgilangan tartibda markaziy iqtisodiy organlardan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlardan oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
ekspertizalarni oʻtkazish, nochor qarzdorlarni tugatish yoki korxonalarni sanatsiyalash rejalarini ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning, auditorlik firmalarining mutaxassislarini jalb etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan Mehnat vazirligi teng ulushlarda bir yoʻla qoʻshadigan 100 mln. soʻm;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan tushadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoladigan ulushning 5 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda qoʻshadigan mablagʻlar;
korxonalarning davlatga tegishli mulkidagi ulushi boʻyicha qoʻshilgan va boshqa maqsadlarda foydalanilgan dividendlar.
9. “Oʻzistiqbolstat” Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari Qoʻmitaning takliflariga muvofiq unga qarzdor korxonalarning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish chogʻida zarur boʻladigan ana shunday qarzdorlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilishini taʼminlasinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida:
korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining maʼmuriy-jinoiy javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi;
hozir amalda boʻlgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni roʻyobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-dekabr,
PF-1658-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 8-modda; 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 17-18-son, 127-modda)