1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.06.00 Fermer xo‘jaliklari. Klaster va issiqxona xo‘jaliklari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar);
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“ShAXSIY YORDAMChI VA DEHQON XO‘JALIKLARINI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh HAMDA MAMLAKATNI OZIQ-OVQAT BILAN TA’MINLAShDA ULARNING ROLINI KUChAYTIRISh BORASIDAGI ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 18 MARTDAGI PF-1737-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashda ularning rolini kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-martdagi PF-1737-son Farmoni 4-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dehqon xo‘jaliklaridan undirib olinadigan yer solig‘i summasi mablag‘larining 5 foizi hamda fermer xo‘jaliklaridan undirib olinadigan yagona yer solig‘i summasi mablag‘larining 2,5 foizi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 18-martdagi PF-1737-son Farmonining sarlavhasi va matniga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 7-sentabr,
PF-2933-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 7-sentabrdagi PF-2933-son Farmoniga ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1997-YIL 18 MARTDAGI PF-1737-SON FARMONIGA KIRITILADIGAN O‘ZGARTIRIShLAR
1. Farmonning sarlavhasi va matnidagi “shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar o‘rniga “dehqon va fermer xo‘jaliklari” so‘zlari yozilsin.
2. Farmonning 3, 4, 5 va 6-bandlaridagi “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari uyushmasi” so‘zlari almashtirilib, “Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi” deb yozilsin.
3. 4 va 7-bandlaridagi “Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari o‘zgartirilib, “Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” deb yozilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 197-modda)