toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“O‘ZBEKISTON — VATANIM MANIM” QO‘ShIQ BAYRAMI HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining besh yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “O‘zbekiston — Vatanim manim” qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovining xalqimiz ma’naviy hayotida unutilmas voqea bo‘lganligini, minglab fuqarolarimiz tomonidan zo‘r mamnuniyat va ko‘tarinki ruh bilan qo‘llab-quvvatlanganligini e’tiborga olib, kelajagi buyuk davlatimiz va uning bunyodkor, bag‘ri keng, mehri daryo xalqini madh etuvchi, insonlar qalbida muqaddas Vatan tuprog‘ini, mustaqillikni ko‘z qorachug‘iday asrab-avaylash, buning uchun kerak bo‘lsa jon fido qilishga undovchi yuksak badiiy saviyadagi musiqa asarlari va qo‘shiqlarning yaratilishiga keng imkoniyat tug‘dirish maqsadida:
1. Har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi “O‘zbekiston — Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida qo‘shiq bayramini tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-avgust,
PF-1550-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 109-modda)