toggle_night_mode
Hujjat 23.04.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“PAXTA TOLASI VA LINTNI EKSPORTGA VA RESPUBLIKA KORXONALARIGA REALIZATSIYA QILIShDA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻINI HISOBVARAQ-FAKTURALARDA AKS ETTIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 13-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1974-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (1)-son), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq va budjet siyosatining 2011-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 485-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 3-sentabrdagi PQ-1398-son “2010-yil hosili paxta xomashyosini oʻz vaqtida va sifatli yigʻib-terib olishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, 9-son, 371-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 1-maydagi 50, 2009-19-son “Paxta tolasi va lintni eksportga va respublika korxonalariga realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturalarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1974, 2009-yil 26-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 26-son, 307-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri P. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-aprel,
26-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-aprel,
2011-13-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 15-son, 155-modda)