toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
SOLIQ VA BUDJET SIYOSATINING 2011 YILGA MOʻLJALLANGAN ASOSIY YOʻNALIShLARI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 30-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 493-modda bilan toʻldirilsin:
“493-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 1755-modda bilan toʻldirilsin:
“1755-modda. Xodimlar sonini yashirish
Xodimlar sonini yashirish —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
3) 255-moddaning birinchi qismi “492” raqamidan keyin “493” raqami bilan toʻldirilsin;
4) 264-moddaning birinchi qismidagi “1754-moddasida” degan soʻzlar “1754, 1755-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tekshiruvlarni oʻtkazish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi OʻRQ-601-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
5-modda. Ushbu Qonun 2011-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-dekabr,
OʻRQ-274-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 485-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)