Oʻzbekiston Respublikasi Parvoz xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Oʻzbekiston Respublikasi havo kodeksining
20-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida meʼyoriy bazani takomillashtirish maqsadida Davavianazorat tomonidan “Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarning markirovkasiga talablar” (OʻzR AQ 150) Aviatsion qoidalari ishlab chiqildi. Buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Parvoz xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarining markirovkasiga talablar” (OʻzR AQ 150) Aviatsion qoidalari
* tasdiqlansin.
2. Mazkur Aviatsion qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik hujjat sifatida tasdiqdan oʻtgandan boshlab oʻn kundan soʻng amalga kiritilsin.
3. Ishboshqaruvchi (Sh.N. Shamsiyeva) tomonidan devonxona (O.V. Demidenko) bilan hamkorlikda Aviatsion qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik hujjat sifatida tasdiqdan oʻtgandan boshlab oʻn kun ichida koʻpaytirilib barcha ekspluatantlar va manfaatdor tashkilotlarga tarqatilishi taʼminlansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazorat Davavianazorat SLNB boshligʻi O.N. Lim zimmasiga yuklatilsin.