1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini tashkil etish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-sonli “Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Statistik axborotlarning yagona tizimini yanada rivojlantirish, maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibini takomillashtirish va ularning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikdan bosh tortishiga koʻmaklashadigan shart-sharoitlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashtirilgan hisobini yuritish yuzasidan masʼul organ etib belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasini joriy etishga doir tashkiliy tadbirlar rejasini tasdiqlasin, unda quyidagilarni nazarda tutsin:
maʼlumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasi faoliyati konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
tegishli dasturiy taʼminotni yaratish yuzasidan texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash;
maʼlumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasida axborotlarni toʻplash va ishlashning tashkiliy-funksional sxemasini tasdiqlash;
maʼlumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasini yuritish uchun zarur boʻlgan kelgusida uni takomillashtirib borish imkoniyatiga ega dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy etish;
markazlashtirilgan hisobga olish tizimini yaratish va kelgusida qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish hajmini aniqlash;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli organlar tomonidan markazlashtirilgan hisobga olish tizimini, shu jumladan muayyan hududda uni tajriba testidan oʻtkazish orqali bosqichma-bosqich joriy etish;
maʼlumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasidan toʻliq foydalanishni boshlashni ushbu qarorda belgilangan muddatda taʼminlaydigan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
b) maʼlumotlarning markazlashtirilgan elektron bazasini va tajriba testidan oʻtkazishni joriy etishga doir tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish yakunlariga koʻra, zarurat boʻlganda, Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom normalarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
4. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli organlar:
maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar hisobining ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq yuritilishini taʼminlasinlar;
ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli organlarning budjetdan tashqari mablagʻlari maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tizimini yaratish va joriy etish tadbirlarini moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2012-yil 1-yanvardan boshlab sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar tasdiqlangan Nizomga muvofiq hisobga olinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar malakasini oshirish kurslarini tashkil etsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 17-fevral,
39-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-fevraldagi 39-son qaroriga ILOVA
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli barcha organlar (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) uchun maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
2. Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, ishlash, umumlashtirish, jamlash, saqlash va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish, shuningdek ularni davlat organlariga taqdim etish hisobga olishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
3. Quyidagilar hisobga olish prinsiplari hisoblanadi:
qonuniylik;
axborotlarning xolisonaligi, ishonchliligi va taqqoslanuvchanligi;
axborotlarning ushbu Nizomda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan doirada foydalanilishi va oshkoraligi;
hisobga olishning majburiyligi va bir xildaligi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maʼlumotlarning idoraviy bazasi — tegishli hududdagi idoraviy taalluqli huquqbuzarliklar boʻyicha bitta vakolatli organ barcha boʻlinmalarining (tuman, shahar, viloyat, respublika boʻgʻinining) qarorlari asosida maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotlarning idoraviy elektron bazasi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha;
maʼlumotlarning hududiy bazasi — tegishli hududdagi barcha vakolatli organlarning qarorlari asosida maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotlarning hududiy elektron bazasi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha;
maʼlumotlarning yagona bazasi — respublika boʻyicha maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan maʼlumotlarning yagona markazlashtirilgan elektron bazasi;
vakolatli organning hududiy boʻlinmasi — viloyat (tenglashtirilgan) boʻgʻinining (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) vakolatli organi boʻlinmasi;
vakolatli organning markaziy boʻlinmasi — respublika boʻgʻinining vakolatli organi boʻlinmasi.
5. Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarning markazlashtirilgan hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan maʼlumotlarning yagona bazasini shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
Maʼlumotlarning yagona, hududiy va idoraviy bazalari cheklangan holda foydalaniladigan axborot resurslari hisoblanadi.
Maʼlumotlarning yagona bazasi maʼlumotlarning hududiy bazalari asosida shakllantiriladi.
6. Maʼlumotlarning hududiy bazalari maʼlumotlarning idoraviy bazalari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda ichki ishlar boshqarmalari deb ataladi) shakllantiriladi.
7. Maʼlumotlarning idoraviy bazalari hisobga olish hujjatlari asosida vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari tomonidan shakllantiriladi.
Quyidagilar hisobga olish hujjatlari hisoblanadi:
ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish № 1-AP shaklidagi kartochkasi, (keyingi oʻrinlarda № 1-AP shaklidagi kartochka deb ataladi);
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼmuriy jazoga tortilgan (protokol tuzilmasdan) shaxslarni hisobga olish № 2-AP shaklidagi kartochkasi (keyingi oʻrinlarda № 2-AP shaklidagi kartochka deb ataladi);
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni ijro qilish haqidagi bildirishnoma (keyingi oʻrinlarda bildirishnoma deb ataladi).
Hisobga olish hujjatlari va maʼlumotlar bazalari davlat tilida yuritiladi.
8. Vakolatli organlarning barcha boʻgʻinlari (tuman, shahar, respublika) ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda kartochkalar va bildirishnomalarni vakolatli organning tegishli hududiy boʻlinmalariga taqdim etadilar.
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar qarorlari asosida maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 327-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 654-modda)
Maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisida ularga nisbatan qaror (ajrim) chiqarilgan yoki Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (MJK) 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan shaxslar hisobga olinadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka toʻldirilmaydi, shu jumladan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 21-moddasi asosida ogohlantirish munosabati bilan.
9. Maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisida qaror chiqargan mansabdor shaxs kartochka va bildirishnomani ushbu Nizomga qatʼiy muvofiq elektron formatda (keyingi oʻrinlarda elektron kartochka va elektron bildirishnoma deb ataladi) toʻldiradi, soʻngra ularni belgilangan namunada bir nusxada qogʻozga koʻchiradi (keyingi oʻrinlarda qogʻoz kartochka va qogʻoz bildirishnoma deb ataladi) va imzolaydi.
Kartochka va bildirishnomani imzolagan mansabdor shaxs uning ishonchliligi, toʻliq toʻldirilganligi hamda ularni taqdim etishning ushbu Nizomda belgilangan tartibi va muddatlariga rioya qilinganligi uchun javob beradi.
Kartochka va bildirishnomalar vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalarida ushbu Nizomda belgilangan muddatlarga muvofiq saqlanadi.
Kartochka va bildirishnomalarni koʻchirish uchun qoʻllaniladigan qogʻoz sifatiga qoʻyiladigan talablar vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
10. Hisobga olishning toʻliqligini taʼminlash maqsadida vakolatli organning barcha boʻgʻinlari har chorakda bir marta (hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasigacha) taqdim etilgan kartochka va bildirishnomalarni tegishli hududiy boʻlinmada maʼlumotlarning idoraviy bazasi bilan solishtiradi. Solishtirishni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishgan holda vakolatli organning markaziy boʻlinmasi tomonidan belgilanadi.
11. Vakolatli organning hududiy boʻlinmalari mavjud boʻlmagan taqdirda maʼlumotlarning idoraviy bazasini shakllantirish, kartochka va bildirishnomalarni saqlash vakolatli organning markaziy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
12. Quyidagilar Ichki ishlar vazirligining hisobga olishni taʼminlash boʻyicha vakolatiga kiradi:
maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona bazasini shakllantirish;
maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish, maʼlumotlarning hududiy bazalarini shakllantirish va yuritish boʻyicha ichki ishlar organlari faoliyatini nazorat qilish;
ichki ishlar organlarida maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni taʼminlash;
ichki ishlar organlari tomonidan maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;
13. Quyidagilar hisobga olish boʻyicha vakolatli organlar markaziy va hududiy boʻlinmalarining vakolatiga kiradi:
maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish, maʼlumotlarning idoraviy bazalarini shakllantirish va yuritish, maʼlumotlarni ichki ishlar organlariga berish boʻyicha idoraviy boʻysunuvchi organlar (mansabdor shaxslar) faoliyatini nazorat qilish;
maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning saqlanishini va ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni taʼminlash.
II. Maʼmuriy huquqbuzarliklarni va ularni sodir etgan shaxslarni hisobga olish daftarini rasmiylashtirish, yuritish, saqlash
14. Vakolatli organlar tomonidan Maʼmuriy huquqbuzarliklarni va ularni sodir etgan shaxslarni hisobga olish daftari (keyingi oʻrinlarda Daftar deb ataladi) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq yuritiladi.
Daftarga barcha maʼmuriy huquqbuzarliklar va ularni sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoziladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish tugatilgan taqdirda Daftarning 6-ustunida tegishli yozuv qayd etiladi.
15. Daftar kalendar yil boshidan eʼtiboran yuritiladi. U tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib bogʻlangan boʻlishi kerak. Oxirgi sahifasida ipning bogʻlangan joyiga qogʻoz yelimlanadi, unga vakolatli organ muhri tushiriladi va unda mazkur organ Rahbari tasdiqlagan ishonch yozuvi boʻladi.
16. Daftardagi barcha yozuvlar aniq holda, koʻk yoki qora rangli siyohlar (pasta) bilan qayd etiladi. Unda oʻchirib yozishga, tuzatishga yoki ilgari qayd etilgan yozuvlarni tuzatish vositalari yordamida yoʻqotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zarur holatlarda, xato bilan qayd etilgan yozuvlar ilgari qayd etilgan matnni aniq oʻqish mumkin boʻlgan holda oʻchiriladi. Yangi yozuv aynan shu ustunda qayd etiladi. Bu holda Daftarning yuritilishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs tuzatishni sana koʻrsatilgan holdagi imzosi bilan tasdiqlaydi.
17. Daftar 3 yil saqlanadi, soʻngra dalolatnomaga muvofiq yoʻq qilinadi.
18. Daftarning saqlanishi, undagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida, toʻliq va ishonchli holda qayd etilganligi uchun javobgarlik hisobga olish-roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimlari boshliqlari, ular boʻlmaganda esa — vakolatli organning Rahbari zimmasiga yuklanadi.
III. Hisobga olish hujjatlarini tuzish va ishlash
1-§. Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish kartochkalari, № 1-AP va № 2-AP shakllari
19. Vakolatli organlarning barcha boʻgʻinlari (tuman, shahar, respublika boʻgʻinining) № 1-AP va № 2-AP shakllaridagi elektron kartochkalarni qaror chiqarilgandan keyin bir sutka mobaynida maʼlumotlarning idoraviy bazasiga kiritadilar.
Qogʻoz kartochkalar har oʻn kunda — har qaysi oyning 10, 20 va 30-sanasida vakolatli organning hududiy boʻlinmasiga yuboriladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan sanalar ishlanmaydigan kunga (dam olish, bayram kunlariga) toʻgʻri kelsa kartochkalar ishlanmaydigan kundan keyingi birinchi kunda joʻnatiladi.
20. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar kartochkalarni ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq tuman (shahar boʻgʻini) ichki ishlar organlariga yuboradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 327-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 654-modda)
21. Agar kartochkalarning ushbu Nizom talablari buzilgan holda toʻldirilganligi aniqlansa ular darhol vakolatli organ tomonidan tuzatiladi. Tuzatilgan elektron kartochkalar qogʻoz kartochkalarga majburiy almashtirilgan holda ushbu Nizomning 19-bandiga muvofiq maʼlumotlarning idoraviy bazasiga kiritiladi.
22. Vakolatli organlarning hududiy boʻlinmalari har kuni, yangi maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda esa — ularning idoraviy bazaga tushishiga koʻra elektron kartochkalarni maʼlumotlarning hududiy bazasiga joʻnatadi.
Vakolatli organda hududiy boʻlinmalar boʻlmagan taqdirda elektron kartochkalarni maʼlumotlarning hududiy bazasiga joʻnatish vakolatli organning markaziy boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
23. Ichki ishlar boshqarmalari har kuni elektron kartochkalarni maʼlumotlarning yagona bazasiga joʻnatadi.
24. Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jazoni ijro etish tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi. Saqlash muddati tugagach elektron kartochkalar maʼlumotlar bazasidan chiqariladi, kartochkalari chiqarilgan shaxslar toʻgʻrisidagi qisqacha maʼlumotlardan iborat boʻlgan hisobot yoziladi. Ayni bir vaqtda qogʻoz kartochkalar va bildirishnomalar dalolatnoma boʻyicha, yoʻq qilingan hisobga olish hujjatlarining umumiy soni koʻrsatilgan va hisobotga asoslangan holda yoʻq qilinadi. Yoʻq qilinganlik toʻgʻrisidagi hisobotlar va dalolatnomalar 3 yil saqlanadi.
25. № 2-AP shaklidagi kartochka Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 283-moddasiga muvofiq, huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan taqdirda tuziladi.
2-§. № 1-AP shaklidagi kartochka tarkibi va uni toʻldirish tartibi
26. № 1-AP shaklidagi elektron kartochkani toʻldirish “Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va tugʻilgan sanasi” rekvizitlari bilan boshlanadi.
27. 1 va 3-satrlarda huquqbuzarlikni aniqlagan (protokol tuzgan, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻagan), shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni/protokolni koʻrib chiqqan va qaror chiqargan vakolatli organning (mansabdor shaxsning) nomi koʻrsatiladi, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq ularning kodi qayd etiladi.
Agar maʼmuriy huquqbuzarlikni aniqlagan (protokol tuzgan, huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻagan), shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni/protokolni koʻrib chiqqan va qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs) aynan bitta organ boʻlsa 3-satr toʻldirilmaydi.
28. “Huquqbuzarlik sodir etilgan joy” deb nomlangan 2-satrda aholi punkti, tuman, shahar, viloyat (respublika) nomi koʻrsatiladi, mintaqa kodi qayd etiladi (ushbu Nizomga 6-ilova).
29. 4-satrda vakolatli organ Daftari boʻyicha ishning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami yoki maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi protokolning tartib raqami va uning qoʻzgʻalgan/tuzilgan sanasi koʻrsatiladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 272-moddasiga hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 86-moddasi uchinchi qismiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida protokol tuzilmagan boʻlsa, u holda “ish/protokol/tartib raqami” ustuniga P/T (“protokol tuzilmagan” soʻzlari) yoziladi.
30. 5-satrda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqqan va qaror chiqargan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, 6-satrda ish koʻrib chiqilgan sana, 7-satrda — kartochkaga tuzatish kiritilgan sana, 7.1-satrda tuzatish kiritish sababi: “1” — toʻldirishdagi xato; “2” — qaror qayta koʻrib chiqilgan soʻzlari qayd etiladi.
31. 8-satrda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks normalari boʻyicha huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi koʻrsatiladi.
8.1-satrda maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan) sana aks ettiriladi.
32. 9-satrda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 23 va 24-moddalariga muvofiq maʼmuriy jazo choralari aks ettiriladi.
9.1-satrida quyidagi kodlarni qoʻyish yoʻli bilan asosiy jazo choralari koʻrsatiladi:
“1” — jarima;
“2” — maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish uchun qurol hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan predmetni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish;
“3” — maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki shunday narsa boʻlgan predmetni musodara qilish;
“4” — mazkur shaxsga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish;
“5” — maʼmuriy qamoqqa olish.
9.2-satrda jazoni ijro etish tugagan sana koʻrsatiladi.
Agar qoʻshimcha jazo sifatida predmetlarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish yoki musodara qilish qoʻllansa, u holda unga muvofiq boʻlgan kod 9.3-satriga qoʻyiladi. 9.4-satrda “6”-kodni qoʻyish yoʻli bilan xorijiy fuqarolarni yoki fuqaroligi yoʻq shaxslarni mamlakatdan maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish koʻrsatiladi.
33. 10.1 va 10.2-satrlarda yozilgan va undirilgan jarima miqdori soʻmlarda, 11.1 va 11.2-satrlarda tegishli ravishda haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyilgan va musodara qilingan predmet qiymatlari koʻrsatiladi.
34. 12-satrda maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻladi:
12.1 va 12.2-satrlarda — huquqbuzarning tugʻilgan sanasi, oyi, yili va yashash joyi (qisqartirmasdan);
12.3-satrda shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — yashash guvohnomasi, “3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi, “4” — haydovchilik guvohnomasi, “5” — harbiy guvohnomasi yoki shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma;
12.4-satrda — soliq toʻlovchining identifikatsiyalash tartib raqami;
12.5-satrda — huquqbuzarning jinsi: “1” — er, “2” — ayol;
12.6-satrda — huquqbuzarning fuqaroligi: “1” — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, “2” — xorijiy fuqaro, “3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs;
12.7-satrda — mashgʻulotlarining turi: “1” — oʻqish, “2” — ish, “3” — mashgʻulotining turi noaniq, shuningdek oʻqish, ish joyi va lavozimi;
12.8-satrda — huquqbuzarlikni sodir etish vaqtidagi holati: “1” — alkogolli, “2” — giyohvandlik, “3” — boshqacha holatdagi mastlik.
35. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirish 13-satrda aks ettiriladi. Quyidagi koʻrib chiqish natijalari 13.1-satrda koʻrsatiladi:
“1” — qaror oʻzgarishsiz qoldirilgan;
“2” — ish yangidan koʻrib chiqishga joʻnatilgan;
“3” — ishni koʻrib chiqish tugatilgan;
“4” — jazo chorasi oʻzgartirilgan.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish tugatilgan taqdirda kartochka maʼlumotlar bazasidan chiqariladi.
Jazo choralari oʻzgartirilganda yoki ishni yangidan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha boshqacha qaror chiqarilganda kartochkaga ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan tartibga rioya qilingan holda, yakuniy qaror qabul qilgan organ tomonidan tuzatish kiritiladi. Bunda 13-satrda ish yuzasidan shikoyat yoki protest bildirilganligi toʻgʻrisida yozuv qayd etiladi.
36. 14-satrda kartochka toʻldirilgan sana koʻrsatiladi va ishni koʻrib chiqqan shaxsning imzosi qoʻyiladi.
37. Ushbu Nizomning 26—36-bandlari qoidalari № 2-AP shaklidagi kartochkani tegishli rekvizitlar boʻyicha toʻldirishda qoʻllanadi.
3-§. Maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish haqidagi bildirishnoma
38. Huquqbuzardan yoki qarorni ijro etish zimmasiga yuklangan mansabdor shaxsdan maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni (ajrimni) ijro etish haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar (kvitansiya, toʻlanganlik toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasi, ijro etish tugaganligi toʻgʻrisidagi qaror va boshqalar) olingan taqdirda vakolatli organ ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan tartibda bildirishnoma joʻnatadi.
Vakolatli organ tomonidan jarima summasi, uni № 1-AP shaklidagi kartochkaning 10.2-satrida koʻrsatgan holda toʻliq undirilgan taqdirda bildirishnoma joʻnatilmaydi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 283-moddasiga muvofiq huquqbuzarlik sodir etilgan joyda jarima solingan taqdirda ham bildirishnoma tuzilmaydi.
39. Elektron bildirishnomani maʼlumotlarning hududiy va yagona bazasiga joʻnatish ushbu Nizomning 22 va 23-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
40. Maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni majburiy ijro etishni amalga oshiruvchi organ huquqbuzardan maʼmuriy jazoga tortish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim)ning ijro etilganligi haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar (kvitansiya, toʻlov toʻgʻrisidagi toʻlov topshiriqnomasi va boshqalar) olingan taqdirda, amalga oshirilgan undirish toʻgʻrisidagi yozuvni qayd etgan holda, 3 ish kuni mobaynida ularni maʼmuriy jazoga tortish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organga (mansabdor shaxsga) qaytaradi.
IV. Maʼlumotlarning yagona bazasiga murojaat qilish tartibi
41. Shaxsni maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishda, shuningdek Jinoyat kodeksi moddalari boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortishda shaxsning maʼmuriy javobgarlikka tortilganligini tekshirish toʻgʻrisidagi talabnoma joʻnatilishi shart (ushbu Nizomga 7-ilova).
42. Talabnoma tekshirilayotgan har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Talabnoma ushbu Nizomga aniq muvofiq holda toʻldiriladi, vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va vakolatli organ muhri (shtampi) bilan tasdiqlanadi.
Elektron aloqa mavjud boʻlgan taqdirda talabnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan elektron formatda bajariladi.
Soʻrovsiz rejimda zarur axborot olish uchun vakolatli organning markaziy boʻlinmasida maʼlumotlarning yagona bazasidan elektron tartibida uzoqdan turib foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
43. Talabnomani rasmiylashtirishda tekshirilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi hamda yashash joyi bosh kelishikda, qisqartirishlarsiz koʻrsatiladi.
44. Ushbu Nizomni buzgan holda rasmiylashtirilgan talabnoma ijro etilmasdan qaytariladi, bu haqda talabnomada tegishli yozuv qayd etiladi.
45. Talabnoma u Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tushgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida ijro etiladi va soʻrovnomani yuborgan organga pochta orqali joʻnatiladi yoki shaxsan taqdim etiladi.
46. Maʼlumotlar bazasida tekshirilayotgan shaxsga oid maʼlumot boʻlmasa, talabnomaning orqa tomoniga “Maʼlumotlarga ega emasmiz”, “Maʼlumotnoma OʻzIIV xodimi (familiyasi, ismi) tomonidan berildi” matni bilan shtamp qoʻyiladi va tekshirish sanasi koʻrsatiladi.
Hisobga olish hujjatida tekshirilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar topilganda ular talabnomaning orqa tomonida koʻrsatiladi va “Maʼlumotnoma OʻzIIV xodimi (familiyasi, ismi) tomonidan berildi” matni yozilib, shtamp bilan tasdiqlanadi va tekshirish sanasi qayd etiladi.
U yoki bu shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida axborot talab qilgan davlat organlari olingan axborotni oshkor qilganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Maʼmuriy jazolangan shaxslarni hisobga olish
KARTOChKASI
№ 1-AP shakli
1.___________________________________________________________ (protokol tuzgan, ish qoʻzgʻagan organning nomi)
1. /_/_/_/
2. ___________________________________________________________ (huquqbuzarlik sodir etilgan joy)
2. /_/_/_/_/_/
3. ___________________________________________________________ (ishni/protokolni koʻrib chiqqan vakolatli organ)
3. /_/_/_/
4. ___________________________________________________________ (Daftar boʻyicha ishning roʻyxatdan oʻtkazish/protokol tartib raqami)
4. /_/_/_/_// /_/_/_/_// /_/_/_/_//
4.1. Protokol tuzilgan/ish qoʻzgʻatilgan sana: _____ yil “___” ________________
5. ___________________________________________________________ _____________________________________________________________ (ishni koʻrib chiqqan shaxsning F.I.O. va lavozimi)
7.1. /_/
6. Ish koʻrib chiqilgan sana: _______ yil “____” __________________
7. Kartochkaga tuzatish kiritilgan sana: _______ yil “____” _________________
7.1. Tuzatish kiritish sabablari: “1” — toʻldirishdagi xato; “2” — qarorni qayta koʻrib chiqish
8. Huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi: MJK ____ qismi____-moddasi 8.1. Huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan sana): _____ yil “____” ___________________
9. Maʼmuriy jazo choralari (MJKning 23, 24-moddalari): 9.1. asosiylari: “1” — jarima; “2” — predmetni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; “3” — predmetni musodara qilish; “4” — maxsus huquqdan mahrum qilish; “5” — maʼmuriy qamoqqa olish. 9.2. muddati: ______ yil “____” _____________________ga�a 9.3. qoʻshimcha ravishda: “2” — predmetni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish; “3” — predmetni musodara qilish; 9.4. xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni mamlakatdan maʼmuriy chiqarib yuborish — “6”.
11. Predmetning qiymati: 11.1. haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyilganiniki: _____ soʻm; 11.2. musodara qilinganiniki:_____soʻm.
12. __________________________________________________________ _____________________________________________________________ (huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning F.I.O.)
12.1. Tugʻilgan sanasi: ______ yil “___” ___________________
12.2. ________________________________________________________ _____________________________________________________________ (huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning yashash joyi)
12.3. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — yashash guvohnomasi, “3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi, “4” — haydovchilik guvohnomasi, “5” — harbiy guvohnoma yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnomasi № _____________ _______ yil “___” _______________da berilgan _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ (kim tomonidan berilgan)
12.3. /_/
12.4. Soliq toʻlovchining identifikatsiyalash raqami: _______________
12.5. Huquqbuzarning jinsi : “1” — er; “2” — ayol.
12.5. /_/
12.6. Fuqaroligi: “1” — Oʻzbekiston fuqarosi; “2” — xorijiy fuqaro; “3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs.
12.6. /_/
12.7. Mashgʻulotlarining turi: “1” — oʻqish; “2” — ish; “3” — mashgʻulotlarining turi noaniq. Oʻqish, ish joyi, lavozimi:______________________________________ _____________________________________________________________
13.1. Shikoyat yoki protestni koʻrib chiqish natijasi: “1” — qaror oʻzgarishsiz qoldirilgan; “2” — ish yangidan koʻrib chiqish uchun joʻnatilgan; “3” — ishni koʻrib chiqish tugatilgan; “4” — jazo chorasi oʻzgartirilgan.
13.1. /_/
14. _______ yil “___” _____________ ____________ (ish koʻrib chiqilgan sana va koʻrib chiqqan shaxsning imzosi)
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Maʼmuriy jazolangan shaxslarni hisobga olish
KARTOChKASI (protokol tuzilmasdan)
Forma № 2-AP
1.___________________________________________________________ (ishni koʻrib chiqqan organning nomi)
1. /_/_/_/
2. ___________________________________________________________ (huquqbuzarlik sodir etilgan joy)
2. /_/_/_/_/_/
3. ___________________________________________________________ (Daftar boʻyicha ishning roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami)
4. _____________________________________________________________ _______________________________________________________________ (ishni koʻrib chiqqan shaxsning F.I.O. va lavozimi)
6.1. /_/
5. Ish koʻrib chiqilgan sana: _______ yil “____” ______________________ 6. Kartochkaga tuzatish kiritilgan sana: ______ yil “____” _____________ 6.1. Tuzatish kiritish sabablari: “1” — toʻldirishdagi xato.
7. Huquqbuzarlikning kvalifikatsiyasi: MJK ____ qismi _____-moddasi 7.1. Huquqbuzarlik sodir etilgan (aniqlangan sana): _____ yil “____” ___________________
9. Jarima miqdori ________________________________soʻm.
10. ____________________________________________________________ _______________________________________________________________ (huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning F.I.O.)
10.1. Tugʻilgan sanasi: ______ yil “___” ___________________
11. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: “1” — pasport, “2” — yashash guvohnomasi, “3” — fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi, “4” — haydovchilik guvohnomasi, “5” — harbiy guvohn�ma yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnomasi № _____________ _______ yil “___” _______________da berilgan _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ (kim tomonidan berilgan)
11. /_/
12. _______ yil “___” _____________ _____________________________ (ish koʻrib chiqilgan sana va koʻrib chiqqan shaxsning imzosi)
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Maʼmuriy jazoni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish haqida
Otasining ismi _________________________________________________________
Tugʻilgan sanasi _____ yil “___” _____________
Yashash joyi _____________________________________________________________ _______________________________________________________________________ (qisqartirishlarsiz)
Ish/protokolning tartib raqami: 2___ yil ___________ “___”__________________
(keragining ostiga chizilsin)
(tuzilgan sanasi)
Huquqbuzarlik kvalifikatsiyasi: MJK (_____)____ qismi, _____-moddasi
(ostiga chizilsin yoki boshqa hujjat nomi koʻrsatilsin)
Maʼmuriy huquqbuzarliklarni va ularni sodir etgan shaxslarni hisobga olish
DAFTARI
Boshlangan: 20__ yil “___” ___________ № ___________dan
Tugagan: 20__ yil “___” ______________ № ____________da
Daftar rekvizitlari
T/r
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan sana, protokolni tuzgan, ishni qoʻzgʻash toʻgʻrisida qaror, ajrim chiqargan organ (mansabdor shaxs)
Huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi, manzili, ish joyi va lavozimi, pasporti maʼlumotlari
Olib qoʻyilgan buyumlar, hujjatlar, ushlangan transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqarilgan sana, qaror chiqargan vakolatli organ
1
2
3
4
5
jadvalning davomi
Huquqbuzarlikning MJK yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat normalari (modda, qism, band) boʻyicha kvalifikatsiyasi, undirish turi va miqdori
Olib qoʻyilgan buyumlar, hujjatlar, ushlangan transport vositalariga nisbatan qabul qilingan qaror (shu jumladan qaytarilgan sanasi, hujjatning turi va tartib raqami)
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha yuqori organ (sud) tomonidan chiqarilgan qaror
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorning kuchga kirish sanasi, uni ijro etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jazoning ijrosi tugagan sana
№ 1-AP shaklli kartochkani kiritgan mansabdor shaxs
1
2
3
4
5
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni/protokolni koʻrib chiqishga (maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi protokolni tuzishga, ish qoʻzgʻashga) vakolatli organlar
KLASSIFIKATORI
Kod
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga (ish boʻyicha koʻrib chiqishni qoʻzgʻashga) vakolatli organlar
010
Maʼmuriy sudlar
020
Iqtisodiy sudlar
030
Adliya organlari
040
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy taʼminlash departamenti organlari
060
Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyalar
070
Ichki ishlar organlari (militsiya)
071
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi
072
Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi
073
Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi
074
Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi
075
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi
076
(Qoʻriqlash bosh boshqarmasi)
080
Temir yoʻl transporti va metropoliten organlari
090
Havo transporti organlari
100
Suv transporti organlari
110
Ki�ik hajmli kemalar boʻyicha davlat inspeksiyasi organlari
120
Shahar hamda shaharlararo avtomobil transporti va elektrotransportda yoʻlovchilar tashish organlari
130
Mehnat boʻyicha davlat huquq va texnika inspektorlari
140
Mudofaa vazirligi organlari
150
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati organlari
160
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
170
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
180
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
190
Davlat veterinariya nazorati organlari
200
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer osti boyliklarini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi organlari
210
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat organlari
220
Bojxona organlari
230
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining davlat inspeksiyasi organlari
240
Davlat soliq organlari
250
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda uning mahalliy boʻlinmalari
260
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari
270
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari
280
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashinalar va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi) organlari
290
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi organlari
300
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi organlari
310
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlashtirish va sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari
320
Davlat statistika organlari
330
Davlat probir nazorati organlari
340
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi organlari
350
Arxitektura va qurilish organlari
360
Prokuror
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Mintaqalar, tumanlar (shaharlar)
KODLARI
Andijon viloyati
03000
Andijon tumani
03201
Buloqboshi tumani
03202
Baliqchi tumani
03206
Boʻz tumani
03209
Jalolquduq tumani
03211
Izboskan tumani
03214
Ulugʻnor tumani
03216
Koʻrgʻontepa tumani
03220
Oltinkoʻl tumani
03223
Marhamat tumani
03227
Shahrixon tumani
03230
Paxtaobod tumani
03232
Asaka tumani
03234
Xoʻjaobod tumani
03236
Andijon shahri
03401
Xonobod shahri
03408
Buxoro viloyati
06000
Buxoro shahri
06212
Olot tumani
06215
Buxoro tumani
06218
Vobkent tumani
06221
Gʻijduvon tumani
06224
Qorakoʻl tumani
06230
Qorovulbozor tumani
06232
Peshku tumani
06234
Romitan tumani
06238
Jondor tumani
06242
Shofirkon tumani
06246
Kogon tumani
06400
Kogon shahri
06401
Jizzax viloyati
08000
Arnasoy tumani
08201
Baxmal tumani
08204
Gʻallaorol tumani
08209
Jizzax tumani
08212
Doʻstlik tumani
08215
Zomin tumani
08218
Zarbdor tumani
08220
Yangiobod tumani
08221
Mirzachoʻl tumani
08223
Zafarobod tumani
08225
Paxtakor tumani
08228
Forish tumani
08235
Jizzax shahri
08401
Qashqadaryo viloyati
10000
Gʻuzor tumani
10207
Shahrisabz tumani
10208
Dehqonobod tumani
10212
Qamashi tumani
10220
Qarshi tumani
10224
Muborak tumani
10226
Koson tumani
10229
Kitob tumani
10232
Nishon tumani
10235
Kasbi tumani
10237
Mirishkor tumani
10239
Chiroqchi tumani
10242
Yakkabogʻ tumani
10250
Qarshi shahri
10401
Navoiy viloyati
12000
Konimex tumani
12204
Qiziltepa tumani
12208
Karmana tumani
12214
Navbahor tumani
12215
Nurota tumani
12218
Tomdi tumani
12221
Xatirchi tumani
12224
Navoiy shahri
12401
Zarafshan shahri
12404
Uchquduq tumani
12406
Namangan viloyati
14000
Mingbuloq tumani
14204
Kosonsoy tumani
14207
Namangan tumani
14212
Chortoq tumani
14215
Norin tumani
14216
Pop tumani
14219
Toʻraqoʻrgʻon tumani
14224
Uychi tumani
14229
Uchqoʻrgʻon tumani
14234
Yangiqoʻrgʻon tumani
14242
Namangan shahri
14401
Chust tumani
14405
Samarqand viloyati
18000
Oqdaryo tumani
18203
Bulungʻur tumani
18206
Jomboy tumani
18209
Ishtixon tumani
18212
Kattaqoʻrgʻon tumani
18215
Narpay tumani
18218
Qoʻshrabod tumani
18221
Payariq tumani
18224
Pastdargʻom tumani
18227
Paxtachi tumani
18230
Samarqand tumani
18233
Nurobod tumani
18235
Urgut tumani
18236
Toyloq tumani
18253
Samarqand shahri
18360
Kattaqoʻrgʻon shahri
18405
Surxondaryo viloyati
22000
Boysun tumani
22204
Muzrabot tumani
22207
Denov tumani
22209
Jarqoʻrgʻon tumani
22212
Qiziriq tumani
22215
Sariosiyo tumani
22217
Termiz tumani
22220
Sherobod tumani
22223
Shoʻrchi tumani
22224
Qumqoʻrgʻon tumani
22226
Angor tumani
22229
Oltinsoy tumani
22232
Uzun tumani
22233
Termiz shahri
22401
Sirdaryo viloyati
24000
Oqoltin tumani
24206
Boyovut tumani
24212
Sayxunobod tumani
24216
Guliston tumani
24220
Sardoba tumani
24226
Mirzaobod tumani
24235
Xovos tumani
24255
Guliston shahri
24401
Sirdaryo tumani
24407
Shirin shahri
24410
Yangiyer shahri
24413
Toshkent shahri
26000
Uchtepa tumani
26263
Bektemir tumani
26264
Yunusobod tumani
26266
Mirobod tumani
26273
Shayxontohur tumani
26277
Olmazor tumani
26280
Sirgʻali tumani
26283
Yakkasaroy tumani
26287
Hamza tumani
26290
Chilonzor tumani
26294
M. Ulugʻbek tumani
26296
Toshkent viloyati
27000
Oqqoʻrgʻon tumani
27206
Ohangaron tumani
27212
Bekobod tumani
27220
Boʻstonliq tumani
27224
Boʻka tumani
27228
Yuqori Chirchiq tumani
27232
Zangiota tumani
27237
Quyi Chirchiq tumani
27242
Parkent tumani
27246
Qibray tumani
27248
Piskent tumani
27250
Oʻrta Chirchiq tumani
27253
Chinoz tumani
27256
Yangiyoʻl tumani
27259
Olmaliq shahri
27404
Angren shahri
27407
Bekobod shahri
27413
Chirchiq shahri
27419
Fargʻona viloyati
30000
Oltiariq tumani
30203
Qoʻshtepa tumani
30206
Bogʻdod tumani
30209
Buvayda tumani
30212
Beshariq tumani
30215
Quva tumani
30221
Uchkoʻprik tumani
30221
Rishton tumani
30224
Toshloq tumani
30227
Oʻzbekiston tumani
30230
Fargʻona tumani
30233
Dangʻara tumani
30236
Yozʼyovon tumani
30241
Soʻx tumani
30243
Furqat tumani
30245
Fargʻona shahri
30401
Qoʻqon shahri
30405
Quvasoy shahri
30408
Margʻilon shahri
30412
Xorazm viloyati
33000
Bogʻot tumani
33204
Gurlan tumani
33208
Qoʻshkoʻpir tumani
33212
Urganch tumani
33217
Hazorasp tumani
33220
Xonqa tumani
33223
Yangibozor tumani
33225
Shovot tumani
33230
Yangiariq tumani
33233
Urganch shahri
33401
Xiva tumani
33408
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
35000
Amudaryo tumani
35041
Qoraoʻzak tumani
35208
Ellikqalʼa tumani
35210
Kegeyli tumani
35212
Qonlikoʻl tumani
35218
Moʻynoq tumani
35222
Nukus tumani
35225
Taxtakoʻpir tumani
35230
Toʻrtkoʻl tumani
35233
Chimboy tumani
35240
Shumanay tumani
35243
Nukus shahri
35401
Beruniy tumani
35405
Qoʻngʻirot tumani
35409
Taxiatosh shahri
35411
Xoʻjayli tumani
35416
Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi
41000
Toshkent-shimol stansiyasidagi ichki ishlar tarmoq boshqarmasi (IITB)
41101
Andijon stansiyasidagi IITB
41103
Samarqand stansiyasidagi IITB
41104
Qoʻqon stansiyasidagi IITB
41105
Xovos stansiyasidagi IITB
41106
Buxoro stansiyasidagi IITB
41107
Qarshi stansiyasidagi IITB
41208
Urganch stansiyasidagi IITB
41209
Margʻilon stansiyasidagi IITB
41210
Qoʻngʻrot stansiyasidagi IITB
41211
Xoʻjayli stansiyasidagi IITB
41212
Termiz stansiyasidagi IITB
41215
Toshkent-janubiy stansiyasidagi IITB
41216
Toshkent-aeroport IITB
41217
Nukus aeroportining militsiya tarmoq boʻlimi
41418
Urganch shahri aeroportining militsiya tarmoq boʻlimi
41421
Namangan shahri aeroportining militsiya tarmoq boʻlimi
41422
Maʼmuriy jazoga tortilgan shaxslarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Shaxslarning maʼmuriy javobgarlikka tortilishini tekshirish toʻgʻrisida