YOʻLOVCHILAR TASHISH YOʻNALISHLARINI JOYLASHTIRISH UCHUN TENDERLAR OʻTKAZISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarida band boʻlgan avtomobilda tashuvchilarni tender boʻyicha tanlash mexanizmini takomillashtirish, shuningdek avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun tenderlar oʻtkazishda qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tenderlar oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 16-fevral,
34-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 34-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari 6-bandining sakkizinchi xatboshidagi “belgilangan shakldagi” soʻzlari “qatʼiy hisobda turadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda:
“2. Tashuvchiga tender oʻtkazilmasdan yoʻnalishda ishlash huquqining birkitilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
yangi yoʻnalish ochilgandan keyin uch-toʻrt oy mobaynida yangi yoʻnalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajarilishi;
koʻcha-yoʻl tarmogʻida oldindan kutilmagan vaziyatlarda, ayrim uchastkalar, transport uzellari va maydonlari yopilganda vaqtinchalik yoʻnalishlar joriy etilishi;
yoʻnalishlarning tashkilotlar buyurtmalari boʻyicha soatbay haq toʻlash asosida bajarilishi;
dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalarning faoliyat koʻrsatish davrida mavsumiy yoʻnalishlar tashkil etilishi;
maxsus yoʻnalishlar (tashkilotlar xodimlarini ishga olib borish va ishdan olib ketish kabilar uchun) tashkil etish”;
“6. Tender kamida ikki qatnashchi mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi.
Tenderda qatnashish uchun buyurtmanomalar mavjud boʻlmaganda yoxud unda atigi bir nafar tashuvchi qatnashganda Departament ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroriy tender tashkil etishi kerak, bunda yoʻnalishlar paketiga yoki yoʻnalishga qoʻyiladigan talablarning qayta koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Agar takroriy tenderni oʻtkazishda yoʻnalishga (yoʻnalishlar paketiga) yana atigi bir nafar tashuvchi talabgor boʻlsa, tender komissiyasi ushbu tashuvchiga yoʻnalishda (yoʻnalishlar paketida) ishlash huquqini mazkur tashuvchining tender takliflari qoʻyilayotgan talablarga muvofiq boʻlgan taqdirda birkitib qoʻyish huquqiga egadir”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 7-8-son, 58-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)