1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari;
3.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TEMIR YOʻL TrANSPORTINI MONOPOLIYADAN CHIQARISH VA AKSIYALASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Temir yoʻl transportining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, tarmoqni monopoliyadan chiqarish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish asosida transport kommunikatsiyalarini rivojlantirishni, harakatdagi sostavni texnika bilan qayta jihozlashni taʼminlash, respublika aholisiga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga temir yoʻl transporti xizmati koʻrsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.03.00 Monopoliyaga qarshi siyosat (shuningdek, 09.02.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.01 Umumiy qoidalar;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yoʻl transporti / 09.15.03.03 Temir yoʻl xoʻjaligini ekspluatatsiya, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish]
1. Quyidagilar temir yoʻl transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblansin:
mononoliyadan chiqarish chora-tadbirlarini izchil amalga oshirish va temir yoʻl transporti xizmatlari bozorida raqobat muhitini shakllantirish;
ijtimoiy infratuzilma, yuk va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish obyektlarini, taʼmirlash-qurilish, savdo va taʼminot tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish, ular negizida mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etish;
boshqaruv tizimiga va tashish jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi xoʻjalik aloqalariga bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish;
temir yoʻl kompleksini rekonstruksiya qilish, yangilash va zamonaviylashtirishga chet el investitsiyalarini keng jalb qilish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
mamlakat iqtisodiyotining samarali va barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlashda temir yoʻl transportining ahamiyatini kuchaytirish, temir yoʻl transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirish.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang)]
2 Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-oktabrdagi 401-son qarori bilan tuzilgan Temir yoʻl transporti korxonalari va tashkilotlarini monopoliyadan va davlat tasarrufidan chiqarish hamda aksiyalashtirish masalalari boʻyicha maxsus komissiyaning:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yoʻlovchilar tashish boʻyicha hududiy direksiyalari hamda Orolboʻyi boʻlimi negizida funksional tarkibiy boʻlinmalar va korxonalar tashkil etish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish, yoʻlovchilar va yuk tashish vagonlari, refrijerator va konteyner xoʻjaligini taʼmirlash korxonalarini bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish;
yuk va yoʻlovchilar tashishni tashkil etish va amalga oshirish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan ijtimoiy obyektlarni, yordamchi va xizmat koʻrsatish korxonalarini davlat tasarrufidan va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimidan chiqarish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3 Belgilab qoʻyilsinki, yuk va yoʻlovchilar tashuvchi, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi, shuningdek yuk joʻnatuvchilar va yoʻlovchilarga transport-ekspeditorlik va servis xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar:
davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi, shu jumladan xususiy mulk sifatida sotiladi, shuningdek turli tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilishi mumkin;
koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasaytirish maqsadida oʻz faoliyatini raqobat asosida amalga oshiradi.
4. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
temir yoʻl transportining barqaror va samarali ishlashini, yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash, koʻrsatiladigan transport xizmatlari sifatini oshirish;
vokzallarda va poyezdlarda yoʻlovchilarga servis xizmati koʻrsatish, boshqa servis xizmatlari koʻrsatish boʻyicha mulkchilikning nodavlat shakllaridagi korxonalar, shu jumladan xususiy korxonalar tashkil etishni ragʻbatlantirish;
temir yoʻllarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning tarmoqlarini yanada rivojlantirish va ularning poyezdlar oʻtkazish qobiliyatini oshirish, yagona texnika siyosati asosida ilgʻor texnologiyalarni, menejmentning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
chet el investitsiyalarini keng jalb qilish va temir yoʻl transporti hamda xalqaro yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish.
5. Poyezdlar harakati xavfsizligi boʻyicha bosh taftishchi apparati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidan chiqarilsin va uning negizida mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat”) tashkil etilsin.
Belgilansinki, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
6. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
temir yoʻllardan texnik foydalanish, yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligiga, shuningdek yuk va yoʻlovchilar tashishda koʻrsatiladigan xizmatlarga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
yuk va yoʻlovchilarni temir yoʻllarda xavfsizligiga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
temir yoʻl transport sohasidagi faoliyatini sertifikatlashtirish, standartlashtirish va litsenziyalashni tashkil etish;
loyihalarni ekspertiza qilishda hamda temir pul transportining yangidan qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish ishlarida ushbu obyektlarda poyezdlarning xavfsiz harakat qilishini taʼminlash yuzasidan qatnashish;
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilarni xavfsiz tashish boʻyicha xalqaro tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasini tuzish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-noyabrdagi PF-982-son Farmonining 2- va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan oʻn kun muddatda qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 3-martdagi 108-sonli ““Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 2-mart,
PF-2815-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2001-y., 3-con, 54-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)