1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.17.00.00 Harbiy xizmatchilar maqomi. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatdan boʻshatilgan fuqarolar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish / 15.17.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 1990-YIL 7-MAYDAGI FARMONINI AFGʻONISTON RESPUBLIKASIDA VA BOShQA DAVLATLAR HUDUDIDA URUSh HARAKATLARIDA QATNAShGAN FUQAROLARGA NISBATAN JORIY ETISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Uy-joylarni xususiylashtirish va bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida Afgʻoniston Respublikasida va boshqa davlatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan fuqarolarni ijtimoiy himoyalashni taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.08.00 Fuqarolarning ayrim toifalarini davlat uy-joy fondiga qarashli uy-joy binolari bilan taʼminlash]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 7-maydagi Farmonining Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilariga hozir ular yashab turgan davlatga va idoralarga qarashli uylar hamda ular yashab turgan davlatga va idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni shaxsiy mulk qilib berishga doir qismi 1979-yil dekabridan 1990-yil fevraligacha boʻlgan davrda Afgʻoniston Respublikasidagi urush harakatlarida ishtirok etgan fuqarolarga, shuningdek turli yillarda boshqa mamlakatlar hududida urush harakatlarida qatnashgan sobiq harbiy xizmatchilarga nisbatan joriy etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki haftalik muddatda mazkur Farmonni amalga oshirishni taʼminlaydigan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 11-dekabr,
PF-505-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 2-son, 64-modda)