1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.05 Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASINING
Qarori
GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARIDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 304-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 10-iyuldagi 323-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 321-modda), “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 5-fevraldagi 26-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 4 — 6-son, 47-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Togʻkontexnazorat”ning 1996-yil 12-dekabrdagi va Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasining 1996-yil 25-noyabrdagi 84-son qarori (roʻyxat raqami 304, 1997-yil 29-yanvar) bilan tasdiqlangan Geologiya-qidiruv ishlarida xavfsizlik qoidalariga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.