1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang);
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga qoʻshimchalar kiritilsin:
1. “Xalq xoʻjaligida hisob-kitoblar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 12-maydagi PF-1154-son Farmonida:
1-bandning oxiridagi “taqiqlansin” soʻzidan keyin vergul qoʻyilib, “Qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.” degan soʻzlar qoʻshilsin;
2-bandning birinchi xatboshi oxiridagi “hisoblansin” soʻzidan keyin vergul qoʻyilib, “qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.” degan soʻzlar qoʻshilsin.
2. “Toʻlov intizomini va oʻzaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 24-yanvardagi PF-1363-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshi oxiridagi “joʻnatsinlar” soʻzidan keyin vergul qoʻyilib, “qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno;” degan soʻzlar qoʻshilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-iyul,
PF-3274-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 92-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)