1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
2.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
XALQ XOʻJALIGIDA HISOB-KITOBLAR OʻZ VAQTIDA OʻTKAZILISHI UCHUN KORXONA VA TASHKILOTLAR RAHBARLARINING MASʼULIYATINI OSHIRISH BORASIDAGI CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
Korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yetkazib berilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun isteʼmolchilarning oʻz vaqtida hisob-kitob qilishlarini taʼminlash, xalq xoʻjaligida toʻlov intizomining ahvoli uchun rahbarlarning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.07 Ayrim turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitobning xususiyatlari]
2. Tovarlar amalda joʻnatilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar koʻrsatilgan kundan boshlab toʻqson kun oʻtgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun mablagʻlar kelib tushmaganligi muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi deb hisoblansin, qonunchilikda belgilangan hollar bundan mustasno.
Muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi mavjudligiga yoʻl qoʻyayotgan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxona rahbarlari va bosh buxgalterlariga nisbatan juda qattiq maʼmuriy va moddiy javobgarlik choralari, hatto jinoiy javobgarlikka tortish chorasi qoʻllanilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasining Prokuraturasi toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga mahsulot yetkazib berayotgan (ishlar, xizmatlarni bajarayotgan) mansabdor shaxslarni javobgarlikka, shu jumladan jinoiy javobgarlikka tortish ustidan nazoratni koʻchaytirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF–5684-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi vazirliklar, davlat qoʻmitalarining, hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralarining korxonalar va tashkilotlar boʻyicha debitorlik-kreditorlik qarzi, shu jumladan muddati oʻtib ketgan qarzdorlik holati toʻgʻrisida har oylik statistika hisobotini ishlab chiqsin va 1995-yilning iyulidan joriy etsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasining Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat mulki qoʻmitasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan xoʻjalik subyektlarining kasodga uchraganligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda ishlarni qoʻzgʻatish borasidagi faoliyatni kuchaytirsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 980-modda)
8. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi amaldagi qonunlarga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga oid takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 12-may,
PF-1154-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 5-son, 89-modda; 1999-y., 7-son, 168-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son; 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2021-y., 06/21/6325/0972-son)