OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Qarori
SURXONDARYo VILOYATINING HUDUDIDA ChEGARA ZONASI OʻRNATILGAN TUMAN, ShAHAR, ShAHARChA QIShLOQ KENGAShLARI, TEMIR YOʻL BEKATLARI, TAYYORAGOHLAR VA MAʼMURIY-HUDUDIY BOʻLINMALAR ROʻYXATIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1084-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-son “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarining maʼmuriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 130-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasining 2001-yil 9-noyabrdagi 5 va 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1084, 2001-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2001-yil, 22-son) bilan tasdiqlangan Surxondaryo viloyatining hududida chegara zonasi oʻrnatilgan tuman, shahar, shaharcha qishloq kengashlari, temir yoʻl bekatlari, tayyoragohlar va maʼmuriy-hududiy boʻlinmalar roʻyxatiga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.