1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang)]
[TSZ:
1.Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TOʻLOV INTIZOMINI VA OʻZARO HISOB-KITOBLAR TIZIMINI MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlarning toʻlov intizomiga rioya qilish uchun javobgarligini oshirish, oʻzaro qarzlarni qisqartirishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta bank”, “Gʻalla-bank”, “Mevasabzavotbank” va boshqa tijorat banklari korxonalar va tashkilotlar tomonidan kafolatlangan toʻlovlarsiz mahsulot yetkazib berilishiga yoʻl qoʻymagan holda, ularning oʻzaro hisob-kitoblari tizimi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar.
Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlari hosil boʻlganligi uchun tijorat banklarning rahbarlari korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari bilan birgalikda shaxsan javob beradilar.
xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli banklarning kafolatlari mavjud boʻlganda, toʻlovlar olinganda, akkreditiv qilingandan keyin eksportga mahsulot yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) yuzasidan kontraktlar tuzsinlar va ularni bajarsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Bosh bojxona boshqarmasi xaridorlarga xizmat koʻrsatuvchi banklarning kafolati olingani toʻgʻrisida vakolatli bankning tasdiqlovchi hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda tovar-moddiy boyliklarning respublikadan tashqariga chiqarilishiga yoʻl qoʻymasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi 1996-yil 1-fevraldan boshlab buxgalteriya hisobi tizimiga korxona va tashkilotlar balanslarida toʻlov muddati oʻtib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni ajratib koʻrsatish joriy etilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-yanvar,
PF-1363-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-2-son, 6-modda; 2003-y., 6-7-son, 92-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 22-son, 257-modda)