toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI” DAVLAT KORXONASINING USTAVIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qarorini bajarish yuzasidan hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi ishining iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilashda ijro etuvchi organ faoliyatini va xodimlarning moddiy manfaatdorligini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-apreldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ustaviga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 4-son qaroriga
ILOVA
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasining Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2.2-bandning 2.2.9-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2.2.9. Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida qimmatbaho metallar, uran hamda ularga yoʻldosh foydali qazilmalarga oid geologiya-qidiruv ishlarini bajarish”.
2. 3.12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.12.Bosh direktor Kuzatuvchi kengash bilan kelishgan holda Kombinat xodimlarining ish haqi miqdorini tasdiqlaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 6-modda)