toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq hamda aholini ish bilan ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan aholini ish bilan ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni kuchaytirsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risida
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilotlar faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
2. Aholini ish bilan ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik (keyingi o‘rinlarda qonun hujjatlarini buzganlik deb ataladi) uchun, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tashkilotlar ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 50-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari bo‘yicha ekspertlari (keyingi o‘rinlarda inspektorlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasi talablariga rioya etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalarining davlat mehnat huquq inspektorlari (keyingi o‘rinlarda inspektor deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
5. Inspektorlar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
aholini ish bilan ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tashkilotlar tomonidan rioya etilishini (keyingi o‘rinlarda qonun hujjatlariga rioya etish deb ataladi) belgilangan tartibda tekshirish;
tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshirishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni va boshqa ma’lumotlarni olish;
qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshirishlarning har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
qonun hujjatlarining buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar (keyingi o‘rinlarda ko‘rsatma deb ataladi) berish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilarning sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida bo‘linmalari) faoliyatini yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yish.
Inspektorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
7. Belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshirishlar davomida aniqlangan qonun hujjatlari buzilishi tekshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnoma qonun buzilishi holatini aniqlagan inspektor, shuningdek tashkilot rahbari (uning vakili), guvohlar va jabrlanganlar (agar shundaylar bo‘lsa) tomonidan imzolanadi.
Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda dalolatnomada bu haqda yozuv qayd etiladi. Tashkilot rahbari (uning vakili) dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va uning mazmun-mohiyati bo‘yicha mulohazalarini taqdim etish, shuningdek o‘zining imzolashni rad etishi sabablarini bayon qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
III. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i va (yoki) hayotiga xavf soladigan tashkilotlar faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish tartibi
20. Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida bo‘linmalari) faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar to‘xtatib qo‘yiladi.
21. Agar tekshirish davomida mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf soladigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishning ishlab chiqarish omillari va (yoki) holatlari aniqlansa, ko‘rsatib o‘tilgan holatlar inspektor tomonidan tekshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.
Tekshirish dalolatnomasi asosida, belgilangan tartibda inspektor tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tashkilot sodir etishi kerak bo‘lgan tadbirlar va xatti-harakatlar ko‘rsatilgan holda tashkilotning (uning alohida bo‘linmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni 10 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror chiqariladi.
22. Ko‘rsatma unda ko‘rsatilgan muddatda ijro etilishi lozim.
Tashkilot qarorning ijrosi to‘g‘risida qarorda ko‘rsatilgan muddatlarda ushbu Nizomga 2a-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha inspektorni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
23. Qarorning ijro etilishi nazorat tartibida tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma bilan tasdiqlanadi yoxud qonun buzilishi bartaraf etilishi boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi, ular tekshirish dalolatnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
24. Inspektorning qarori yuzasidan shikoyat qilinishi tashkilotni ushbu qarorni bajarish majburiyatidan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishdan ozod qilmaydi.
25. Qonun buzilishi bartaraf etilgandan so‘ng inspektor bir kun muddatda ushbu Nizomga 2b-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tashkilotning (uning alohida bo‘linmalarining) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni qayta boshlashga yozma ruxsat beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Tashkilot tomonidan qaror bajarilmagan yoki, agar qarorda ko‘rsatilgan muddatda qonun buzilishi bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi axborot taqdim etilmagan yoki nazorat tartibidagi tekshirishda qonun buzilishi bartaraf etilmaganligi aniqlangan taqdirda mehnat organi mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf soladigan tashkilot (uning alohida bo‘linmalari) faoliyatini va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Qaror yuzasidan yuqori mehnat organiga yoki iqtisodiy sudga belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
IV. Yakunlovchi qoidalar
28. Inspektorning qonuniy talablarini bajarmaslik yoki uning o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
29. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Tashkilotning faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida 20 __yil “__” __________gi -son
‎QAROR

‎‎_________________________________________________ asosida o‘tkazilgan

‎(Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida tekshiruvni ro‘yxatga olish sanasi va raqami, mehnat organining tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘ining sanasi va tartib raqami)

tekshirishning 20__ yil “___” _____________dagi __-son Dalolatnomasiga
‎muvofiq __________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

(talablari buzilgan normativ-huquqiy hujjatning nomi va modda (band)lari)

‎__________________________________________________________________

talablar buzilganligi uchun “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga hamda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan ____________________________bo‘yicha

‎‎(tashkilotning nomi va manzili)

20___ yil “___” ___________dan

20__ yil “__” _____gacha ‎

‎‎__________________________________________________________________

(asbob-uskunadan foydalanish yoki uchastka, sex ishi, tashkilot faoliyati)‎‎

‎TO‘XTATIB QO‘YILSIN va quyidagi tadbirlar bajarilsin __________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(Mehnat bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

Qarorni oldim:‎
20__ yil “___” ________‎

_____________________‎

_____________________

(mansabdor shaxs imzosi)‎

(F.I.O.)‎

Izoh. Tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ikki nusxada tuziladi. Uning birinchi nusxasi tashkilotga beriladi, ikkinchi nusxasi mehnat bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektorida qoladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 886-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA
(2a-ilovaning belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)

‎20 __yil “__” __________gi _____-son qarorning ijrosi to‘g‘risida
‎AXBOROT


‎Shuni xabar qilamanki, _____________________________________________

‎‎(asbob-uskunalar, uchastka, sex, tashkilot)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

faoliyati vaqtincha to‘xtatilgandan keyin tashkilot faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida 20__yil “___” __________dagi ____-son qarorga asosan biz quyidagi ishlarni bajardik: _________________________________________________‎‎

__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________‎
‎To‘xtatib turilgan vaqt _____________________________________________

(ish kunlari soni)‎

Sizdan to‘xtatib qo‘yilgan ___________________________________________
‎__________________________________________________________________

(asbob-uskuna, uchastka, sex, tashkilot)

‎faoliyatini qayta boshlashga ruxsat berishingizni so‘rayman.

_____________________‎

_____________________‎

_____________________‎

(lavozimi va tashkilotning to‘liq nomi)‎

(mansabdor shaxs imzosi)

(F.I.O.)‎

Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2b-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Tashkilotning faoliyatini hamda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni tiklashga
‎20__ yil “__” __________gi ____-son
‎RUXSATNOMA

‎‎____________________________________________________________ bo‘yicha

‎(tashkilot nomi)

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasi hamda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tashkilot faoliyatini to‘xtatib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan 20__ yil “___” ____________dan boshlab ____________________________________
‎‎___________________________________________________________________
‎___________________________________________________________________

(asbob-uskunalar, uchastka, sex, tashkilot)

faoliyatini qayta boshlashga RUXSAT BERAMAN.

_____________________‎

______________________‎

_____________________‎

(Mehnat bo‘yicha (bosh) davlat texnik inspektori ‎

(imzo)‎

(F.I.O.)‎

(2b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 1-2-son, 4-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son, 31.12.2018-y., 09/18/1066/2428-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)