DAVLAT SUD EKSPERTLARINING HAYOTI VA SOGʻLIGʻINI DAVLAT TOMONIDAN MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 30-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlari ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-dekabr,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qaroriga ILOVA
Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda “davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish” deb ataladi) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
davlat sud eksperti — davlat sud-ekspertiza muassasasining oʻz xizmat vazifalarini bajarish tartibida sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;
naf oluvchi — sugʻurtalangan shaxs oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan (halok boʻlgan) taqdirda sugʻurta tovonini olish huquqiga ega boʻlgan shaxs;
sugʻurta qilingan shaxs — foydasiga sugʻurta amalga oshiriladigan va sugʻurta badali toʻlangan davlat sud eksperti;
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzgan va sugʻurtalovchi bilan sugʻurta munosabatlariga kirishgan tegishli sud-ekspertlik tashkilotlari;
sugʻurtalovchi — umumiy sugʻurta qilish sohasida majburiy sugʻurtalash uchun litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurta kompaniyasi;
sugʻurta summasi — davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi uning doirasida sugʻurta tovoni toʻlash majburiyatini olgan pul mablagʻlari summasi;
sugʻurta tovoni — har bir sugʻurta qilingan shaxs uchun sugʻurta summasi doirasida ushbu Nizomda qayd etilgan holatlarda sugʻurta hodisasi yuz berganda sugʻurta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi;
sugʻurta mukofoti — ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
sugʻurta hodisasi — davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi davrida oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi;
davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi — (keyingi oʻrinlarda “davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi” deb ataladi) sugʻurtalovchi u boʻyicha sugʻurta hodisasi vujudga kelganda kelishilgan toʻlov (sugʻurta mukofoti) yuzasidan sugʻurta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) mehnatda mayib boʻlganligi yoki u mehnat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanganligi munosabati bilan sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurta summasi doirasida qoplash majburiyatini oladigan sugʻurta shartnomasi;
4. Sugʻurta hodisasi munosabati bilan sugʻurta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) yetkazilgan maʼnaviy zarar davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha qoplanmaydi.
5. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish polisi davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilishning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
II. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish va shartnoma shartlarini oʻzgartirish tartibi
6. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida bir yil muddatga tuziladi.
7. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizani taqdim qiladi.
8. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurtalash muddati davomida amal qiladi.
9. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurtalovchining hisob raqamiga davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti kelib tushgan kundan keyingi uch ish kunidan kechikmay beriladi.
10. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilish davrida davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun taqdim qilingan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlardagi har qanday oʻzgarishlar haqida sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga uch ish kunidan kechikmay xabar qilishi shart.
11. Sugʻurta qildiruvchidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish uchun taqdim etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida ariza olinganda sugʻurtalovchi, zarurat boʻlganda, davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga qoʻshimcha bitimni tuzadi va sugʻurta polisini qaytadan rasmiylashtiradi.
12. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilish davrida shartnoma shartlari oʻzgargan taqdirda oʻzgargan shartlarga koʻra sugʻurta mukofotiga tuzatish kiritiladi. Bunda sugʻurta mukofoti boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida tomonlarning majburiyatlari davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga tuzilgan qoʻshimcha bitim tuzilgan kundan boshlab uch ish kuni davomida bajarilishi lozim.
III. Sugʻurta summasi, sugʻurta mukofoti va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash tartibi
13. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summasi har bir sugʻurta qilingan shaxs uchun davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida amal qilgan eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida belgilanadi.
14. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta qilingan shaxslar sonini sugʻurta summasiga va 3,4 foiz miqdorida belgilangan sugʻurta tarifiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi.
Sugʻurta tariflarining davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qiladigan muddat mobaynida oʻzgarishi sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlov vaqtida amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
15. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta qildiruvchi tomonidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi.
Sugʻurta qildiruvchining hisob raqamidagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlash ish beruvchining ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga moʻljallangan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
16. Agar sugʻurtalovchi davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlagan boʻlsa, davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta summasi toʻlangan sugʻurta tovoni summasi miqdoriga kamaytiriladi. Bunda sugʻurta qildiruvchi toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga hamda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining qolgan amal qilish muddatiga mutanosib ravishda sugʻurta mukofotini yetti ish kuni mobaynida qoʻshimcha ravishda toʻlashi shart.
IV. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
17. Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurtalovchidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
sugʻurta qilingan shaxslarning soni kamayganda sugʻurta mukofotining sugʻurtalangan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish huquqiga ega.
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurta mukofotini toʻlashi;
sugʻurta qilingan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, mazkur shartnoma boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishi;
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi borasida oʻziga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran yigirma ish kunidan kechiktirmay sugʻurtalovchiga yozma shaklda maʼlum qilishi shart.
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
sugʻurta qildiruvchini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida sugʻurta qildiruvchi va (yoki) sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) toʻgʻrisida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechiktirmay bu haqda sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablarini dalillar bilan asoslagan holda yozma shaklda xabar qilishi;
ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sugʻurta tovonini toʻlashi shart.
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi yoki sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi sharoitlarini tekshirishda, zaruriyat boʻlganda, oʻzining ishonchli shaxsini jalb etgan holda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sugʻurta qildiruvchidan sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
22. Naf oluvchi:
sugʻurta tovonini olish haqidagi talab bilan sugʻurtalovchiga murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida va tartibda sugʻurta tovonini olish;
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlari toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalovchidan bepul axborot olish;
sugʻurtalangan shaxs oʻz mehnat vazifalarini bajarayotganda halok boʻlganligi (vafot etganligi) haqida sugʻurta qildiruvchiga xabar qilish;
sugʻurta hodisasini tekshirishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni sugʻurta qildiruvchidan olish huquqiga ega.
V. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash tartibi va shartlari
23. Sugʻurtalovchi quyidagi holatlarda:
a) sugʻurta qilingan shaxs ishlagan davrda yoki ishdan boʻshagandan keyin bir yil ichida oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan halok boʻlgan (vafot etgan)da sugʻurta summasining 100 foiz miqdorida;
b) sugʻurta qilingan shaxsga oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan nogironlik berilgan boʻlsa:
oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ishlab chiqarishda yuzaga kelgan baxtsiz hodisa maxsus tergovining dalolatnomasi, Tibbiy mehnat ekspert komissiyasining xulosasi, nizo vujudga kelganda — sud qarorini);
Sugʻurta qilingan shaxs vafot etgan taqdirda ham sugʻurta qilingan shaxsning vafot etganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilinadi.
(24-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
25. Sugʻurta hodisasi tan olinganda sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi, u har qaysi tomon uchun bir nusxadan — uch nusxada, sugʻurtalovchi, sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) tomonidan imzolanadi.
26. Sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bu haqda sugʻurta qilingan shaxsga (naf oluvchiga) uning sugʻurta tovonini toʻlash talabidan iborat boʻlgan ariza bilan yozma murojaatidan keyin oʻn besh ish kunidan kechikmay rad etish asoslari koʻrsatilgan holda xabar qilingan boʻlishi kerak.
27. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
28. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
29. Davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish qonunchiligi buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
ikkinchi tomondan, ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdik:
1. Shartnomaning predmeti
1. Sugʻurtalovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq sugʻurta hodisasi yuz bergan taqdirda belgilangan toʻlov (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta qilingan shaxsga yoxud naf oluvchiga mehnatda olgan mayibligi, sugʻurta qilingan shaxsning ushbu shartnoma amal qiladigan davrda mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni sugʻurta summasi miqdorida toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
2. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti
2. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta summasi ______________________________ _________________________________________________ soʻmni tashkil etadi.
(summa raqamlar va soʻz bilan yoziladi)
3. Ushbu shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofoti _____________________________ _________________________________________________ soʻmni tashkil etadi.
4. Sugʻurta mukofoti ushbu shartnoma tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida bir yoʻla toʻlanadi.
3. Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati
5. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bir yil mobaynida amal qiladi.
Sugʻurtalovchining majburiyatlari sugʻurta mukofoti sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan kundan keyingi kundagi 00 soat 00 minutdan boshlab kuchga kiradi va majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta davrining oxirgi sanasidagi 24 soat 00 minutda tugaydi.
6. Sugʻurta mukofoti sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchining hisob raqamiga naqd pulni oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi. Pul mablagʻlari sugʻurtalovchining hisob raqamiga tushgan sana davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi.
4. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
7. Sugʻurta qildiruvchi:
sugʻurtalovchidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining shartlarini tushuntirib berishni talab qilish;
sugʻurtalovchining sugʻurta pulini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
sugʻurta qilingan shaxslarning soni kamayganda sugʻurta mukofotining sugʻurta qilingan shaxslarning kamaygan soniga va davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasining tugallanmagan davriga mutanosib qismini olish huquqiga ega.
Sugʻurta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Sugʻurta qildiruvchi:
Nizomda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlashga;
sugʻurta qilingan shaxslarni davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan tanishtirishga, shu jumladan, ushbu shartnoma boʻyicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishga;
sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) yozma shakldagi ariza bilan murojaat qilgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni mobaynida sugʻurtalovchi haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishiga;
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi borasida oʻziga maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran 20 ish kunidan kechikmay sugʻurtalovchiga yozma shaklda bildirishga majburdir.
Sugʻurta qildiruvchi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
9. Sugʻurtalovchi:
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlarini tekshirishda ishtirok etish va zarur boʻlgan hollarda tegishli ekspertlarni jalb etish;
sugʻurta qilingan shaxsning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi holatlariga doir axborotlarni tekshirish huquqiga ega.
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
10. Sugʻurtalovchi:
davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi shartlari bilan sugʻurta qildiruvchini tanishtirishi, shu jumladan, uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan sugʻurta qildiruvchi va (yoki) sugʻurta qilingan shaxs (naf oluvchi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;
sugʻurta pulini toʻlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi sugʻurta tovonini toʻlash uchun murojaat etganidan keyin oʻn besh ish kunidan kechikmay bu haqda sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablari dalillar bilan asoslangan holda yozma shaklda xabar qilishi;
Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kunidan kechikmay qaror qabul qilishi va sugʻurta pulini toʻlashi shart.
Sugʻurtalovchi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
5. Tomonlarning javobgarligi
11. Tomonlar davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
6. Nizolarni hal etish tartibi
12. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
7. Yakunlovchi qoida
13. Ushbu shartnomani tuzish va oʻzgartirish tartibi, sugʻurta mukofotini toʻlash tartibi, ushbu shartnoma boʻyicha koʻrilgan zarar miqdorini aniqlash va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan Nizomga muvofiq belgilanadi.
8. Tomonlarning rekvizitlari:
Sugʻurtalovchi _____________________
Sugʻurta qildiruvchi:_______________
Manzili: ________________________
Manzili: ________________________
tel: ____________ faks: ____________
tel: ____________ faks: ____________
h/r ______________________________
h/r ______________________________
MFO _________ STIR: ____________
MFO _________ STIR: ____________
_________________________________
_________________________________
(F.I.O., lavozimi)
(F.I.O., lavozimi)
_______________
_______________
(imzo)
(imzo)
M.Oʻ.
M.Oʻ.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomni oldim.
ish koʻruvchi shaxs ________________________________________________________
(vakolatli shaxsning F.I.O. va lavozimi)
Sizdan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan shartlarda davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni soʻraydi.
1. Sugʻurtalanuvchining rekvizitlari:
pochta manzili: __________________________________________________________
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 522-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2021-y., 09/21/706/1080-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.08.2024-y., 09/24/458/0573-son)