OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI VA SENATINING “SURXONDARYo VILOYATINING BANDIXON TUMANINI TUGATIB, UNING HUDUDINI QIZIRIQ TUMANIGA BIRLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA”GI QARORLARINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatish hamda uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 3-noyabrdagi 181–II-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish toʻgʻrisida” 2010-yil 4-dekabrdagi 134–II-sonli qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish boʻyicha Respublika komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
2. Respublika komissiyasi (B.A.Xoʻjayev):
ikki oy muddatda Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanini tugatib, uning hududini Qiziriq tumaniga birlashtirish bilan bogʻliq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni taʼminlasin;
ikki hafta muddatda Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qiziriq tumani davlat boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq toʻlash fondlarini aniqlashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda Qiziriq tumani budjetining va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilasin;
Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda tashkiliy davrda iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlasin.
3. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimligi boshqaruv apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 18 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Surxondaryo viloyati hokimligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda Surxondaryo viloyati Bandixon tumanini tugatib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilishi munosabati bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalari tugatilishi va ular sonining qisqarishi natijasida boʻshab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin, zaruriyat boʻlganda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasinlar;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qiziriq tumanini yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tadbirlar kompleksini ishlab chiqsinlar
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan statistika koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining maʼmuriy hududi kengayishi munosabati bilan yer hisobotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
7. Surxondaryo viloyatining Bandixon tumani tugatilib, uning hududi Qiziriq tumaniga birlashtirilishi munosabati bilan:
Bandixon tumani ichki ishlar boʻlimlarining amaldagi xodimlari soni, Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani ichki ishlar organlarining tegishli boʻlinmalariga berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida;
Bandixon tumanida faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va davlat notarial idoralari ularga tartib raqami berilgan holda hamda Bandixon tumani sud ijrochilarining amaldagi soni, Qiziriq tuman sud ijrochilari boʻlimiga berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida saqlab qolinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan Bandixon tumani prokuraturasi, shu jumladan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boʻlimlari xodimlarining shtatdagi sonini Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanining tegishli boʻlinmalarga berish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A.Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-dekabr,
312-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-dekabrdagi 312-son qaroriga 2-ilova
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani hokimligi apparati
tuzilmasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 516-modda)