1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.02.00 Notarial faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 20-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2165]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 3-oktabrdagi 225-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2065-1, 3.10.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 435-modda)
1. Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq 2011-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-dekabr,
303-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 15-moddasiga muvofiq notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov (bundan keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Komissiyaning ishchi organi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
2. Tanlov notarius lavozimi boʻsh boʻlgan taqdirda yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilganda oʻtkaziladi.
Notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan notarius lavozimi vaqtincha boʻshagan hollarda ham tanlov oʻtkazilishi mumkin.
3. Komissiya majlisining bayonnomalari har bir notarius lavozimi uchun alohida yuritilishi mumkin.
II. Tanlov oʻtkazishni tashkil etish
4. Notarius lavozimi boʻshagandan (vaqtincha boʻshagandan) keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) bu haqda buyruq chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini (buyruqni ilova qilgan holda) xabardor qiladi.
Tegishli adliya boshqarmasining xabarnomasi olingan yoki qoʻshimcha (yangi) notarius lavozimi taʼsis etilgan kundan boshlab yetti kun ichida ishchi organ tomonidan markaziy ommaviy axborot vositalarida, tegishli adliya boshqarmasi orqali mahalliy ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va tegishli adliya boshqarmasining rasmiy veb-saytida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon beriladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi;
tanlovda ishtirok etuvchilarga qoʻyiladigan talablar. Ushbu talablar mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq eʼlon qilinadi;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni taqdim etishning oxirgi sanasi. Bunda hujjatlarni taqdim etish muddati kamida bir oy etib belgilanadi;
tanlov oʻtkazish joyi va ayrim hollarda tanlov oʻtkazish sanasi.
Agar tanlov notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan boʻlsa, eʼlonda bu haqda koʻrsatib oʻtilishi lozim.
41. Tanlov eʼlon qilingandan keyin tegishli adliya boshqarmasi stajirovkadan oʻtgan va malaka imtihonini topshirgan barcha shaxslar tomonidan hujjatlar taqdim etilishini taʼminlaydi. Bunda, adliya boshqarmasi stajirovkadan oʻtgan va malaka imtihonini topshirgan, shu jumladan notariat sohasida ishlamayotgan shaxslarni yozma ravishda xabardor qiladi.
42. Adliya boshqarmalari tomonidan stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslarning hisobi yuritiladi hamda har chorak yakunidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar ishchi organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Stajirovka oʻtagan va malaka imtihonini topshirgan shaxslar haqida maʼlumot taqdim etiladi.
(41-42-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
5. Bitta notarial idoraning ikki yoki undan ortiq notarius lavozimlariga tanlovlar komissiyaning alohida majlislarida oʻtkaziladi.
6. Tanlovda yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga, yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yil muddatli ish stajiga ega boʻlgan, shu jumladan davlat notarial idorasida kamida ikki yil muddatli stajirovkani oʻtagan, malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ishtirok etishi mumkin. Bunda, sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar davlat notarial idorasida bir yil muddatli stajirovkani oʻtagan boʻlishi lozim.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 9-iyundagi 157-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-3, 09.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 296-modda)
Malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan fuqaro malaka imtihonini qayta topshirganidan keyin tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi.
Quyidagilar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas:
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxs;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs;
oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs.
7. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) tegishli adliya boshqarmasi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomning notarial tasdiqlangan nusxasi;
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
talabgorning malaka imtihonini topshirganligi toʻgʻrisida malaka komissiyasining (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda komissiyaning) qaroridan koʻchirma, mazkur bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
oxirgi ish joyidan berilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi tavsifnoma.
Mazkur Nizomning 6-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabgorlar malaka imtihonini qayta topshirganligi toʻgʻrisida malaka komissiyasining (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda komissiyaning) qaroridan koʻchirma taqdim etadi.
Oxirgi uch yil mobaynida notarius lavozimida ishlagan shaxslardan malaka imtihonini topshirganligi yoki qayta topshirganligi toʻgʻrisida malaka komissiyasining qaroridan koʻchirma talab qilinmaydi.
Notarius lavozimida ishlayotgan shaxs tanlovda ishtirok etishi uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi hamda mazkur bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga notarius lavozimidan ozod etilganligi haqidagi buyruq nusxasini taqdim etishi lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
8. Talabgorlar tomonidan adliya boshqarmasiga mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilishi kerak. Hujjatlarning toʻliq topshirilishini adliya boshqarmasi taʼminlaydi.
Hujjatlar ularni taqdim etishning oxirgi sanasigacha qabul qilingan boʻlishi lozim. Hujjatlar toʻliq topshirilgandan keyin adliya boshqarmasi tomonidan ular qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirilmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi va devonxonada roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelib tushgan har bir talabgorning hujjatlari ishchi organ tomonidan alohida oʻrganib chiqiladi. Talabgorni tanlovda ishtirok etishini rad etishga asoslar mavjud boʻlsa, ishchi organ tomonidan bu haqda xulosa tuziladi. Mazkur xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
Barcha talabgorlarning hujjatlarini oʻrganish natijalariga koʻra, ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida yoki tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi va u komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi. Tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosada tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatib oʻtilishi lozim, agar tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda tanlov oʻtkaziladigan sana koʻrsatilmagan boʻlsa.
10. Quyidagi hollarda ishchi organ tomonidan tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tuziladi:
tanlovda ishtirok etish uchun birorta ham talabgor boʻlmasa;
tanlovda ishtirok etish uchun faqatgina bitta talabgor tomonidan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra barcha talabgorlarga tanlovda ishtirok etish rad etilgan boʻlsa;
tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra faqatgina bitta talabgor tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan boʻlsa, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
mazkur Nizomda belgilangan boshqa hollarda.
Tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon tegishli xulosa komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab yetti kun muddat ichida berilishi lozim. Mazkur Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshisi va 27-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda, tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish koʻrsatilgan muddat ichida komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi.
11. Agar qayta eʼlon berilgandan keyin tanlovda ishtirok etish uchun bitta talabgor qolgan boʻlsa, u muqobil nomzodsiz tanlovda ishtirok etishga qoʻyiladi.
12. Mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda va tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim qilmaganda, mazkur Nizomning 175, 24, 36 va 38-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek Toshkent shahri va Toshkent viloyatining davlat notarial idoralaridagi notarius lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda qatnashadigan talabgor Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlmasa, talabgorga tanlovda ishtirok etish rad etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
13. Tanlovda ishtirok etishi rad etilgan har bir talabgorga komissiya raisi tomonidan tegishli xulosa tasdiqlangandan keyin ikki kunlik muddatda ishchi organ tomonidan mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
Tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosa tasdiqlangan taqdirda, keyingi kundan kechiktirmay bu haqda talabgorlarga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
14. Tanlov tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa tasdiqlangan kundan boshlab besh kundan soʻng, lekin oʻn besh kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
Tanlov kuni haqida talabgorlarga tanlov oʻtkaziladigan kundan kamida bir hafta oldin mazkur Nizomning 2a-ilovasiga muvofiq shaklda yozma xabarnoma yuboriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
15. Tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxati tanlov oʻtkazilishidan besh kun oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining fuqarolarni qabul qilish xonasiga osib qoʻyiladi.
17. Agar tanlov kuni talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov kunini kamida bir haftagacha boʻlgan muddatga kechiktirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu haqda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan barcha talabgorlarga tanlov oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti koʻrsatilgan yozma xabarnoma yuboriladi.
Agar keyingi tanlov kuni ham talabgorlarning barchasi kelmasa yoki talabgor (talabgorlar) kelmaganligi oqibatida bitta talabgor qolgan taqdirda, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
171. Tanlovning birinchi bosqichi talabgorlarning ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy, xorijiy tillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovi shaklida oʻtkaziladi.
Test sinovi kompyuterlar hamda kuzatuv (video) moslamasi bilan jihozlangan alohida xonada oʻtkaziladi.
172. Test sinovi jami 50 ta savoldan iborat boʻlib, kompyuterda topshiriladi va har bir savol uchun 2 daqiqa vaqt beriladi.
173. Test sinovini oʻtkazishda ishchi organ xodimi kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
174. Test sinovi jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
qonun hujjatlaridan, maʼlumot beruvchi va maxsus adabiyotlardan, har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
test sinovi natijalari aniqlangunga qadar uzrli sabablarsiz test sinovi oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
175. Agar talabgor test sinovini topshirgunga qadar unda qatnashishni davom ettirishdan bosh tortsa, u olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi, davom ettirmaslik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
176. Test sinovi savollari va javoblarini tayyorlash hamda ularni zaruratga koʻra yangilab borilishini taʼminlash ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
177. Talabgorga tanlovning ikkinchi bosqichida test sinovi natijalariga koʻra quyidagicha ball qoʻshib beriladi:
40 tadan 50 tagacha toʻgʻri javob uchun — 5 ball;
30 tadan 39 tagacha toʻgʻri javob uchun — 4 ball;
25 tadan 29 tagacha toʻgʻri javob uchun — 3 ball.
25 tadan kam boʻlgan toʻgʻri javob uchun ball qoʻshib berilmaydi.
178. Test sinovi jarayoni videotasvirga olinadi. Videotasvir test sinovi jarayoni boʻyicha eʼtirozlar boʻlganda foydalanish uchun ishchi organda bir yil davomida saqlanadi.
179. Test sinovi natijalari u oʻtkazilgan paytning oʻzida aniqlanadi va ishchi organ tomonidan komissiyaga taqdim etiladi.
1710. Test sinovi natijalari tanlovning ikkinchi bosqichida olinadigan ballarga qoʻshib hisoblanadi.
1711. Talabgorlar test sinovini topshirmagunga qadar tanlovning ikkinchi bosqichiga qoʻyilmaydi.
(171 — 1711-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
18. Test sinovi natijalari aniqlangandan keyin tanlovning ikkinchi bosqichi talabgorlarning kasbiy bilimlarini aniqlash maqsadida barcha talabgorlar uchun bir yoʻla bir xonada yozma-ogʻzaki suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Tanlovning ikkinchi bosqichi jarayonida komissiya aʼzolari va talabgorlardan tashqari begona shaxslarning hozir boʻlishiga ruxsat berilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
19. Komissiyaning masʼul kotibi mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar asosida talabgorlar boʻyicha maʼlumot tayyorlaydi va ularni test sinovi natijalari bilan birgalikda komissiyaning har bir aʼzosiga taqdim etadi.
Komissiya majlisida masʼul kotib unda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarini hamda tanlovda ishtirok etishga qoʻyilgan talabgorlar roʻyxatini, shu jumladan tanlov kuni kelgan va kelmagan talabgorlarning roʻyxatini va test sinovi natijalarini oʻqib eshittiradi. Shuningdek, masʼul kotib tanlovning ikkinchi bosqichini oʻtkazishning qisqacha mazmunini, shu jumladan mazkur Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan talablarni tushuntiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
20. Tanlovning ikkinchi bosqichini oʻtkazishning qisqacha tartibi tushuntirilgandan soʻng, har bir talabgorga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tanlov varaqasi tarqatiladi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
Har bir tanlov varaqasi tanlovda ishtirok etayotgan barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. Tanlov varaqasining birinchi beti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Komissiya aʼzolarining har biriga komissiyaning ushbu majlisida ishtirok etayotgan barcha talabgorlarni baholash uchun mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda bittadan baholash byulleteni beriladi. Baholash byulletenlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi komissiya aʼzolari roʻyxatiga imzo qoʻydirilgan holda tarqatilishi lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
21. Tanlovning ikkinchi bosqichi beshta savoldan iborat boʻlgan bilet asosida oʻtkazilib, bunda har bir biletning orqa tomonida komissiya raisi va masʼul kotibining imzolari boʻlishi lozim.
22. Biletdagi savollarga yozma javoblar faqatgina tanlov varaqasiga yoziladi. Talabgorga javob yozish uchun tanlov varaqasi yetarli boʻlmagan taqdirda, unga qoʻshimcha tanlov varaqasi beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
qonunchilik hujjatlaridan, maʼlumot beruvchi va maxsus adabiyotlardan har qanday turdagi texnika vositalaridan yoki boshqa materiallardan (maʼlumotlardan) foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
oʻz tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlov oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
24. Agar talabgor oʻz tanlov varaqasini topshirgunga qadar tanlovning ikkinchi bosqichida qatnashishni davom ettirishdan bosh tortsa, u olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
25. Biletdagi savollarga javob tayyorlab boʻlgan talabgor komissiyaga javob beradi. Komissiya aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida savollar berishi mumkin.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
26. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish va test sinovi natijalari bilan birgalikda tanlovning yakuniy natijalarini aniqlash uchun komissiya aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Hisoblash guruhi tomonidan test sinovi natijalari va baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi yigʻma baholash byulleteniga kiritiladi va komissiya aʼzolariga eʼlon qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
27. Tanlov natijasiga koʻra eng koʻp ball olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi.
Gʻolib deb topilgan talabgorning balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Eng koʻp ball toʻplagan talabgorning yoki mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan asoslarga koʻra tanlovda ishtirok etgan talabgorning balli tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam boʻlsa, komissiya tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
28. Ballar teng boʻlib qolganda, tanlov gʻolibi eng koʻp bir xil ball olgan talabgorlar orasidan ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi.
Eng koʻp ovoz olgan talabgor tanlovda gʻolib deb topiladi. Ovozlar takroran teng boʻlib qolsa, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
281. Tanlovda gʻolib deb topilmagan va olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50 foizini toʻplagan talabgorlarga ularning roziligi bilan komissiyaning ushbu majlisi davomida tanlov oʻtkazilgan, biroq unda gʻolib aniqlanmagan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda ikki marta eʼlon berilgan, lekin ushbu boʻsh oʻringa birorta ham talabgor tanlovda ishtirok etmagan boshqa boʻsh notarius oʻrnida ishlash taklif etilishi mumkin. Bunda mazkur boʻsh notarius oʻrni, qoida tariqasida, talabgor tanlovda ishtirok etgan hududdagi adliya boshqarmasi tizimida boʻlishi lozim.
(281-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
Agar talabgor taklif etilgan boʻsh notarius oʻrnida ishlashga rozi boʻlsa, bu haqda komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
282. Tanlovlarda ketma-ket ikki marta ishtirok etib, ularning har birida olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 50 foizidan kam ball toʻplagan talabgor ikkinchi tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab olti oy davomida eʼlon qilingan tanlovlarga qoʻyilmaydi.
(281-282-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
29. Tanlov oʻtkazish boʻyicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi va u komissiya raisi, masʼul kotibi va tanlovda qatnashgan boshqa komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;
tanlovda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
talabgorlarning tanlovning birinchi bosqichidagi test sinovi natijalari;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
tanlov gʻolibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa — ovoz berish natijalari;
tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
tanlov yakunlari boʻyicha komissiya qarori, shu jumladan tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor;
komissiya qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Talabgorlar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda komissiya qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
Test sinovi natijalari, tanlov varaqalari, baholash byulletenlari, komissiya aʼzolari roʻyxati hamda yigʻma baholash byulleteni majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
(29-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
30. Komissiya majlisining bayonnomasi bir nusxada tuziladi. Tanlovdan soʻng uch kun ichida bayonnomadan koʻchirma tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilish uchun adliya boshqarmasiga yuboriladi. Bayonnoma tanlov boʻyicha yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
Komissiya bayonnomasidan koʻchirma mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat ichida tanlovda ishtirok etgan barcha talabgorlarga yuboriladi.
31. Tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor komissiya majlisida “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga asosan quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
“Notarius vazifasini halol va vijdonan bajarishga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga tantanali qasamyod qilaman”.
32. Talabgor notarius qasamyodi matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qasamyod qabul qilingan sana va joy bayon etilgan tegishli hujjatni imzolaydi.
Mazkur hujjat ham komissiya majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
33. Tanlovda gʻolib deb topilgan talabgorning notarius qasamyodini qabul qilishdan bosh tortishi uning notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishi deb hisoblanadi.
V. Notarius lavozimiga tayinlash
34. Komissiyaning tanlov yakunlari boʻyicha qabul qilgan qarori adliya boshqarmasi uchun tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlashga asos boʻladi.
Agar tanlov notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi munosabati bilan oʻtkazilgan boʻlsa, tanlov gʻolibi bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.
341. Notarius lavozimiga birinchi marta tayinlangan shaxslarga adliya boshqarmasi rahbarining buyrugʻi bilan soha boʻyicha yetarli tajriba va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda notarius lavozimida kamida uch yil ishlayotgan notarius bir yil muddatga murabbiy-notarius etib tayinlanadi.
Murabbiy-notarius yangi tayinlangan notariusning faoliyati boʻyicha masʼul hisoblanadi va uni doimiy ravishda nazorat qilib boradi.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
35. Tanlov gʻolibi bilan mehnat shartnomasini tuzish va uni notarius lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi komissiya bayonnomasidan koʻchirma olingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay chiqariladi.
Tanlov gʻolibini notarius lavozimiga tayinlash haqidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi nusxasi uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
36. Talabgor tanlovning har qanday bosqichida, shuningdek notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi qabul qilingunga qadar tanlovda ishtirok etishdan yoki notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechishga haqli. Buning uchun talabgor Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ariza bilan murojaat etishi lozim. Bunday talabgorlar olti oy davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 29-dekabrdagi 391-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-6, 29.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 654-modda)
Agar tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor tanlov oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun ichida tegishli adliya boshqarmasiga mehnat shartnomasini tuzish va notarius lavozimiga tayinlanish uchun murojaat qilmasa, bu holat notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechish deb hisoblanadi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
37. Agar tanlovda gʻolib deb topilgan talabgor notarius lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi adliya boshqarmasining buyrugʻi qabul qilingunga qadar notarius lavozimiga tayinlanishdan voz kechsa, tanlovda mazkur talabgordan soʻng eng yuqori ball olgan talabgor komissiya qarori asosida notarius lavozimiga tayinlanadi. Bunda ushbu talabgor tanlovda olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning kamida 50 foizini toʻplagan hamda mazkur Nizomning 281-bandiga muvofiq boshqa boʻsh notarius oʻrniga tayinlanmagan boʻlishi lozim.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-dekabrdagi 310-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165-4, 30.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 647-modda)
38. Mazkur Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq tanlov kuni kelmaganligi sababli tanlovda ishtirok etmagan talabgorlar bir yil davomida keyingi tanlovlarga qoʻyilmaydi, kelmaganlik sababi uzrli deb topilgan hollar bundan mustasno.
VII. Tanlov boʻyicha hujjatlarni yuritish
39. Oʻtkazilgan har bir tanlov boʻyicha materiallar ishchi organning alohida yigʻma jildida yuritiladi.
40. Tanlovni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar har bir tanlov boʻyicha yigʻma jildlarga tikilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (doimiy saqlanishi nazarda tutilgan komissiya qarori va bayonnomasidan tashqari) oʻn yil mobaynida saqlanadi.
VIII. Yakuniy qoidalar
41. Komissiya qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan _____________________________________ ________________________________________________________________ notarius lavozimiga
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)
oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi.
_________________________________________________________ sababli Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga muvofiq Sizga tanlovda ishtirok etish rad etildi.
Oliy malaka komissiyasi ishchi organi rahbari
_____________
_______________________
(imzo)
(F.I.O.)
(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan________________________ _____________________________________________________notarius lavozimiga
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)
oʻtkaziladigan tanlov boʻyicha _____________________________________________ ___________________________________________________________ sababli hamda
(tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish sabablari aniq koʻrsatilishi lozim)
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ___-bandiga muvofiq tanlov oʻtkazishga qayta eʼlon berish toʻgʻrisida xulosaga kelindi.
Qayta eʼlon beriladigan tanlovda ishtirok etish uchun takroran hujjatlar topshirishingiz mumkinligi bildiriladi*.
Oliy malaka komissiyasi ishchi organi rahbari
_______________________
_______________________
(imzo)
(F.I.O.)
* Tanlovda ishtirok etish kuni kelmagan yoki tanlovda ishtirok etishdan yoxud tanlovda qatnashishni davom ettirishdan voz kechgan talabgorlarga yuborilgan xabarnomada mazkur xatboshi yozilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan______________________________________ ________________________________________________________________ notarius lavozimiga
(notarius lavozimiga tanlov oʻtkazilayotgan davlat notarial idorasining nomi)
oʻtkaziladigan tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etgan hujjatlaringiz koʻrib chiqildi va Siz tanlovda ishtirok etishga qoʻyildingiz.
Tanlov 20___ yil ___ _______ kuni soat __:__da Oʻzbekiston Res�ublikasi Adliya vazirligi binosining ____ xonasida (katta majlislar zalida) oʻtkaziladi.
Tanlov kuni kelmasangiz, Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) 38-bandiga muvofiq keyingi tanlovlarga bir yil davomida qoʻyilmasligingiz toʻgʻrisida ogohlantirilasiz.
Oliy malaka komissiyasi ishchi organi rahbari
_______________
_______________________
(imzo)
(F.I.O.)
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2015-yil 21-maydagi 158-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2165-5, 21.05.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 267-modda)