|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
|
| T/r | Tadbirlar nomi | Bajarish muddatlari | Masʼul bajaruvchilar | Moliyalashtirish manbalari | Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va ulardan kutilayotgan natija |
| I. Bolalar maydonchalari faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
| 1. | Bolalar maydonchalariga faoliyat koʻrsatishi uchun jismoniy sogʻlomlashtirish inshooti pasporti va sertifikatini berish. | 2011 — 2015-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | Mahalliy hokimliklarning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylar mablagʻlari | Bolalar maydonchalarini pasportlashtirish joriy etiladi. Bolalar maydonchalarini sertifikatlash orqali ularga qoʻyilgan talabning bajarilishi taʼminlanadi. Belgilangan meʼyor va talablarga muvofiq maqsadli foydalanish taʼminlanadi. Yagona davlat xatlovidan oʻtkaziladi. |
| 2. | Respublikaning har bir tumanida (shahrida) 5 ta ragʻbatlantiruvchi mukofot taʼsis etuvchi “Eng yaxshi bolalar maydonchasi” tanlovining Nizomini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda tasdiqlash va 2011-yildan boshlab joriy etish. | 2011-yil fevral | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Homiylar mablagʻlari | Nizom loyihasi ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Eng yaxshi namunaviy maydoncha aniqlanadi. Raqobatchilik asosida bolalar maydonchalarining holati yaxshilanadi. |
| 3. | Eng namunali bolalar maydonchalarida ishlarni tashkil etish boʻyicha tushuntirishlar olib borish hamda koʻrgazmali treninglar oʻtkazish orqali ilgʻor tajribalarni ommalashtirish. | 2011-yildan boshlab har yili | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH | — | Eng namunali zamonaviy bolalar maydonchasi tanlab olinib tajriba almashinadi. Barcha bolalar maydonchalarining yaxshilanishiga eʼtibor beriladi. |
| 4. | Bolalar maydonchalarida texnika xavfsizligiga rioya etish qoidalarini ishlab chiqish. | 2011-yil I chorak | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | — | Texnika xavfsizligiga rioya qilish qoidalari ishlab chiqiladi. Bolalar xavfsizligini taʼminlashga erishiladi. |
| 5. | Bolalar uchun moʻljallangan gazeta va jurnallarda “Bolalar maydonchalarida” turkumida maqolalar chop etib borish. | Doimiy | Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari | — | Bolalar maydonchalari ahamiyati aholi oʻrtasida ommalashadi. Ularni saqlash va rivojlantirishga eʼtibor kuchaytiriladi. |
| 6. | Ota-onalar oʻrtasida: — bolala� maydonchalaridan toʻgʻri foydalanish va ularni saqlash; — bolalarning jismoniy va maʼnaviy rivojlanishida maydonchalarning ahamiyati xususida davra suhbatlari oʻtkazish va targʻibot-tashviqot ishlari olib borish; — maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablarida “Bolalar maydonchalari”ni ommalashtirish boʻyicha bukletlar chiqarish. |
2011-yildan boshlab doimiy | Xalq taʼlimi vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” YIH | — | Ota-onalar oʻrtasida ishlab chiqilgan xavfsizlik qoidalarini targʻib qilishda va bolalarning sogʻligʻi uchun jismoniy mashqlar foydasi taraflari tushuntiriladi. |
| II. Bolalar maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, rivojlantirish hamda ularning boshqaruv tizimini takomillashtirish | |||||
| 7. | Bolalar maydonchalariga qoʻyiladigan talablar asosida hamda aholi sonini, uy-joylarning turi va joylashishini inobatga olgan holda bolalar maydonchalarining 5 ta tipdagi namunaviy loyihalarini ishlab chiqish. | 2011 I chorak | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi | Madaniyat va sport ishlari vazirligiga koʻzda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida | Hududlarda tashkil qilinadigan va tiklanadigan bolalar maydonchalarining namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishiga erishiladi. |
| 8. | Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va oʻyin qurilmalarini yalpi xatlovdan oʻtkazish, ularni tegishli uy-joy mulkdorlari shirkatlari tasarrufiga berish yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish. | Bir oy muddatda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | — | Bolalar maydonchalarini va ulardagi mavjud sport va oʻyin qurilmalari ahvoli yalpi xatlovdan oʻtkaziladi. Oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra tuman (shahar) hokimliklari tomonidan barcha bolalar maydonchalarini uy-joy mulkdorlari shirkatlari balansiga oʻtkazish yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga biriktirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bolalar maydonchalarini va ulardagi sport va oʻyin qurilmalarini soz holatida saqlashga erishiladi. |
| 9. | Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish: har bir mahalla, daha va mikrotumanlarda ilgari tashkil etilgan bolalar maydonchalarini tiklash va bolalar maydonchalari boʻlmagan mahalla, daha va mikrotumanlarda yangilarini qurish; turar joy dahalari va mahallalarda rekreatsiya zonalari tashkil etish; bolalar maydonchalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish; bolalar maydonchalarini sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlash. |
2011-yil fevral | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ATD | — | Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritiladi. Bolalar maydonchalari tashkil qilish boʻyicha ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida bolalar maydonchalarini tashkil etish parametrlari shakllantiriladi. Aholining (bolalarning) dam olishi, jismoniy tiklanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. |
| 10. | Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil qilish Dasturini amalga oshirish boʻyicha mutasad�i idora va tashkilot vakillaridan iborat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida hududiy komissiyalar tashkil etish. | 2011-yil fevral | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan .hududiy komissiyalar tarkibini va ularning vazifalarini tasdiqlash. Dasturni amalga oshirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish va uning bajarilishini taʼminlash. |
| 11. | Tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlarga asosan bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish ishlarini amalga oshirish, shu jumladan yangidan tashkil etish, taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish hamda ularni sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlash. | 2011 — 2015-yillar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | mahalliy davlat organlarining budjetdan tashqari moliyaviy manbalari va homiylar mablagʻlari | 2011 — 2015-yillarda barcha bolalar maydonchalari zamonaviy qiyofaga keltiriladi, ular sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlanadi. Respublikaning har bir mahallasida kamida bitta, koʻp kvartirali uyli aholi massivlarida esa — har toʻrtta uy uchun kamida bittadan zamonaviy bolalar maydonchalari boʻlishiga erishiladi. |
| 12. | Qayta tiklangan va yangidan barpo etilgan bolalar maydonchalarini foydalanishga tantanali vaziyatda topshirish marosimlarini oʻtkazish. | Bayramlar arafasida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi | — | Bolalar maydonchalarini tantanali topshirish, aholi oʻrtasida ushbu ishlarni ommalashtirish, gazeta, jurnal va televideniye orqali keng yoritib borish. |
| 13. | Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari bilan taʼminlash maqsadida ularni respublika korxonalarida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 2011-yildan boshlab | Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | Tadbirkorlar, korxona va tashkilotlarning oʻz mablagʻlari | Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari ishlab chiqish loyihalarini Mahalliylashtirish dasturiga kiritish. |
| 14. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar mahsulotlari koʻrgazmalarini oʻtkazish. | 2011-yildan boshlab har yili mart oyida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi | — | Bolalar maydonchalari uchun zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari koʻrgazmalarini oʻtkazish rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bolalar maydonchalarini zamonaviy sport va oʻyin qurilmalari bilan jihozlashga keng imkoniyat yaratiladi. |
| 15. | Dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish. | 2011 — 2015-yillar | Iqtisodiyot vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | — | Dasturning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boriladi va uning natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda axborot berib boriladi. |
| III. Bolalar maydonchalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish sarf-xarajatlarini moliyalashtirish | |||||
| 16. | Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni qoplash uchun ishtirokchilar mablagʻlarini jalb etish va sarflash tartibini belgilash. | 2011 — 2015-yillar | Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | — | Mahalliy aholi, jumladan, tegishli hududda istiqomat qiladigan tadbirkorlar, shuningdek, korxona va tashkilotlar hamda boshqa homiylar mablagʻlari, mahalliy davlat organlarining budjetdan tashqari moliyaviy mablagʻlarini jalb etish va sarflash tartibi belgilanadi. |
| 17. | Bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etishning 2011 — 2015-yillarga moʻljallangan hududiy manzilli dasturlarini amalga oshirishning moliyaviy manbalari va miqdorini aniqlash. | 2011-yil fevral | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari | — | Bolalar maydonchalarini tiklash, tashkil etish va ularni foydalanishga yaroqli holda saqlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlarning miqdori va manbai aniqlanadi. |
| 18. | Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar va fermyerlarni: bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga; hududiy komissiya ishchi guruhiga keng jalb qilish. |
2011-yildan boshlab | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermyerlar | — | Mahalliy aholi, jamoat tashkilotlari, jamgʻarmalar, ishlab chiqarish korxonalari, xususiy tadbirkorlar, fermyerlar bolalar maydonchalarini tiklash va tashkil etish hamda ularni qayta jihozlash ishlariga keng jalb qilinadi. Belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda homiylik mablagʻlari koʻlami ortadi. |