1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
“FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 26-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pensiya tayinlash uchun (7-modda) yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi”;
2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogiron farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega”;
“z) bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda. Basharti, ayol oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi”;
“k) nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VII qism);
l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji qishloq joyda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VIII qism)”;
4) 15-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi”;
“18-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiya
Pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan (17-modda) umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi”;
6) 22-moddaning matnidagi “toʻliq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
15) 66-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yoʻqotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga toʻlguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining “b” bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarining oʻrnini qoplovchi pulni ish haqi toʻlashga moʻljallangan mablagʻlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazadi”.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi OʻRQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun 2011-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 1-moddasi 15-bandining qoidalari 2016-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
OʻRQ-272-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 483-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)