“TOMOSHA” BOLALAR MUSIQIY TEATR-STUDIYASI FAOLIYATINI TASHKIL QILISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori bilan tasdiqlangan “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining ijrosini taʼminlash, mamlakatimizda iqtidorli yosh aktyorlar faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.10.00 Tasviriy sanʼat, haykaltaroshlik, musiqa;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Sen yolgʻiz emassan” jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida “Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi (keyingi oʻrinlarda teatr-studiyasi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
3. Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Toshkent viloyati hokimligi balansidagi “Turon” axborot-kutubxona markazi joylashtirilgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasi, 32-uy manzilidagi binoning bir qismini teatr-studiyasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Toshkent viloyati hokimligi ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan “Turon” axborot-kutubxona markazi joylashtirilgan binoning bir qismini teatr-studiyasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar, Hamza tumani, Quruvchilar koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan “Uy qurilish” madaniyat saroyi binosining Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markaziga tasarruf etish huquqisiz berilganligi inobatga olinsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-sentabrdagi 789-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son)
8. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-martdagi 99-f-sonli farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-dekabr,
285-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 49-son, 454-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son)