1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.04 Majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
MAJBURIY TARTIBDA SERTIFIKATLANADIGAN MAHSULOT TURLARI ROʻYXATIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son qaroriga muvofiq, shuningdek aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi xoʻjalik subyektlari tomonidan qoʻllaniladigan nazorat-kassa mashinalarining texnik tavsiflari va sifatiga qoʻyiladigan talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 55-1 pozitsiya qoʻshilsin:
55-1.
Nazorat-kassa mashinalari (maʼlumotlarni bosib chiqarish qurilmasi oʻrnatilgan elektron sanash mashinalari va kassa apparatlari)
8470 21 000 0, 8470 50 000 0
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 20-noyabr,
255-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 426-modda)