toggle_night_mode
Hujjat 29.11.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 24-noyabrdagi 9 va 01-02/12-39-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1430, 2004-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 504-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
01-02/12-8-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasi “Bojxona xizmati toʻgʻrisidagi” Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida”gi 408-son qaroriga, 1997-yil 26-maydagi “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida”gi 256-son qaroriga va 2004-yil 17-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida”gi 399-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga transport vositalarini olib kirish, bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibini belgilab beradi.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olinmaydigan transport vositalariga tatbiq qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga transport vositalarini quyidagi shartlar bajarilganda olib kirishlari mumkin:
transport vositalari belgilangan tartibda deklaratsiya qilinganda;
tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganda yoki toʻlovlarning toʻlanishi taʼminlanganda;
zarur hollarda qonun hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan shartnoma taqdim etilganda;
vakolatli organlar ruxsatnomasi taqdim etilganda, agar tovar ushbu organlar nazoratida boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
transport vositalari — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasining (keyingi oʻrinlarda “TIF TN” deb yuritiladi) 8701 — 8705, 8709, 8711, 8716 tovar pozitsiyalarida tasniflanadigan va avtomobil yoʻllarida yoʻlovchilar, bagajlarni, yuklarni tashishga va maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan vositalar, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari.
tovar sifatida olib kiriladigan transport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalari hamda ularning raqamli agregatlari (dvigatel, kuzov va shassi);
xorijiy transport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan transport vositalari.
transport vositasining egasi — transport vositasiga mulk huquqida yoki boshqa ashyoviy huquqlarda egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
kirish (chiqish) bojxona posti — oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtish punktida joylashgan bojxona organi;
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti (keyingi oʻrinlarda “TIF bojxona posti” deb yuritiladi) — oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, tovarlar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazuvchi bojxona organi;
Keyingi tahrirga qarang.
YUYEBNK — yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi, Tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazish qoidalariga (roʻyxat raqami 875, 2000-yil 19-yanvar) muvofiq tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilishda foydalaniladigan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
XYT kitobchasi — 1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish kitobchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona Konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 290, 1996-yil 10-dekabr) muvofiq tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilishda foydalaniladigan hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
“Avto” YAAAT — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
3. Tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositasini TIF bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilish uchun kirish bojxona posti tomonidan belgilangan tartib asosida YUYEBNK rasmiylashtiriladi. Agar tovar sifatida olib kelinayotgan transport vositasi XYT kitobchasi asosida olib kirilayotgan boʻlsa, u holda YUYEBNK rasmiylashtirilmaydi va XYT kitobchasi tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositasini TIF bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilish uchun yetarli boʻlib hisoblanadi.
4. Tovar sifatidagi transport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tranzit ravishda olib oʻtilgan taqdirda uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish maqsadida kirish bojxona postida YUYEBNK yoki XYT kitobchasi rasmiylashtiriladi va chiqish bojxona postida nazoratdan yechiladi.
5. Tovar sifatida olib kirilgan transport vositasi faoliyat hududida transport vositasi egasining doimiy yashash joyi boʻlgan TIF bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
6. Tovar sifatida olib kirilgan transport vositasi erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng uning egasiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq “Transport vositasini olib kirish guvohnomasi” (keyingi oʻrinlarda “guvohnoma” deb yuritiladi) beriladi.
Transport vositasi va raqamli agregatlarning har biriga alohida guvohnoma beriladi.
7. Guvohnoma qatʼiy hisobda turadigan, himoya darajasiga, seriyaga, hududiy kodga va tartib raqamiga ega boʻlgan “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadigan gerbli (maxsus) blankalarda ishlab chiqariladi.
8. Mazkur bob talablari chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositalari uchun ham tatbiq etiladi.
III. Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
9. Yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning umumiy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovar sifatida olib kirilgan transport vositasi erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, TIF bojxona posti tomonidan guvohnoma beriladi.
Ishlab chiqarish uchun olib kelinayotgan raqamli agregatlarga (dvigatel, kuzov va shassi) guvohnoma berilmaydi.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun vaqtincha olib kirilayotgan xorijiy transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
10. Chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun xorijiy transport vositalarini vaqtincha olib kirishi mumkin.
Vaqtincha olib kirilayotgan xorijiy transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kirish bojxona postida uning haydovchisi tomonidan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1342, 2004-yil 23-aprel) bilan tasdiqlangan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasining 6-bandi “b” grafasida koʻrsatiladi.
11. Xorijiy transport vositasi qayta olib chiqib ketilishini nazorat qilish maqsadida uning haydovchisi tomonidan taqdim etiladigan haydovchining pasporti, transport vositasining texnik pasporti, texnik taloni asosida kirish bojxona posti tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ikki nusxada “Transport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” (keyingi oʻrinlarda “majburiyatnoma” deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi va tegishli maʼlumotlar “Avto” YAAATga kiritiladi.
Majburiyatnomaning birinchi nusxasi bojxona posti ish yurituvida qoladi, ikkinchi nusxasi esa xorijiy transport vositasi haydovchisiga beriladi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy transport vositasidan foydalanishda uning haydovchisi doimiy ravishda oʻzi bilan birga majburiyatnomani olib yurishi shart.
13. Xorijiy transport vositalari ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq olib kirilganda bojxona toʻlovlaridan toʻliq ozod qilish uch oygacha boʻlgan muddatiga beriladi.
Ushbu muddat tugagach, xorijiy transport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqib ketilishi yoki davriy bojxona toʻlovlarini toʻlagan holda vaqtinchalik olib kirish rejimiga yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
14. Xorijiy transport vositasini qayta olib chiqib ketish muddati mazkur Nizomning 13-bandida qayd etilgan muddat doirasida bojxona organlari tomonidan uzaytirilishi mumkin. Bunda, ushbu transport vositasi haydovchisining murojaati va uning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati inobatga olinadi.
15. Qayta olib chiqib ketish muddatini uzaytirish uchun xorijiy transport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan uch kun avval Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining ushbu xorijiy transport vositasi turgan joydagi hududiy boshqarmasiga muddatni uzaytirishning sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi ikki kunlik muddat ichida:
kirish bojxona posti boʻysunadigan Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga va murojaat qilgan shaxsga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma maʼlum qiladi;
“Avto” YAAATda avval kiritilgan muddatni oʻzgartiradi.
16. Xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining diplomatik agentlari hamda maʼmuriy-texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish maqsadida olib kiriladigan transport vositalari xalqaro huquq va davlatlararo bitimlar meʼyorlariga asosan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilib, vakolatli organlar tomonidan akkreditatsiya qilingan muddatlarni inobatga olgan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda joylashtiriladi.
17. Qayta olib chiqib ketishda xorijiy transport vositasi ushbu xorijiy transport vositasiga kirish bojxona postida rasmiylashtirilgan majburiyatnomani “Avto” YAAATdan nazoratdan yechish orqali nazoratdan chiqariladi. Shu maqsadda xorijiy transport vositasining haydovchisi chiqish bojxona postiga kirish bojxona posti tomonidan yozib berilgan majburiyatnomani taqdim etadi. Chiqish bojxona posti mansabdor shaxsi majburiyatnomada chiqish sanasini koʻrsatgan holda uni imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi. Bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan majburiyatnoma bojxona posti ish yurituvida qoladi.
18. Xorijiy transport vositasi musodara qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida yengib boʻlmas kuch yoki yoʻl transport hodisasi yuz berishi natijasida foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelganda, majburiyatnoma musodara qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organ joylashgan, yengib boʻlmas kuch yoki yoʻl transport hodisasi yuz bergan hududdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan nazoratdan yechiladi.
19. Yengib boʻlmas kuch holati ushbu holat yuz bergan hududdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda tasdiqlanadi.
V. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yuk va yoʻlovchi tashish maqsadida vaqtincha olib kirilayotgan xorijiy transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
20. Xorijiy transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan odamlar va yuklarni xalqaro tashuvlarda foydalaniladigan konteynerlar, poddonlar va koʻp martalab ishlatiladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlarini bojxona toʻlovlaridan toʻliq ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishiga ruxsat beriladi.
Koʻrsatilgan transport vositalari xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan olib kirilishi mumkin.
Koʻrsatib oʻtilgan transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari, koʻp martalab ishlatiladigan idishlar va upakovkalarning boshqa turlarini chetdan vaqtinchalik olib kelishni bojxona toʻlovlaridan toʻliq ozod qilish transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatiga, lekin transport vositalari, ularga ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va transport asbob-uskunalari uchun — bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga hamda koʻp martalab ishlatiladigan idishlar va upakovkalar uchun — uch oydan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi.
21. Vaqtincha olib kirilayotgan xorijiy transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kirish bojxona postida uning haydovchisi tomonidan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 1342, 2004-yil 23-aprel) bilan tasdiqlangan T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasining 6-bandi “b” grafasida koʻrsatiladi.
22. Xorijiy transport vositasini qayta olib chiqib ketilishi ustidan bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida kirish bojxona posti tomonidan ikki nusxada majburiyatnoma yoziladi.
Majburiyatnomaning birinchi nusxasi bojxona posti ish yurituvida qoladi, ikkinchi nusxasi esa xorijiy transport vositasi haydovchisiga beriladi.
23. Xorijiy transport vositasini qaytarib olib chiqib ketish muddati ushbu transport vositasi haydovchisining murojaati hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tashish uchun ketadigan vaqtni inobatga olgan holda kirish bojxona posti tomonidan belgilanadi.
Qayta olib chiqib ketish muddatini uzaytirish uchun xorijiy transport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan uch kun avval transport vositasi turgan hududdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga muddatni uzaytirishning sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda murojaat qilishi lozim.
24. Qayta olib chiqib ketish muddati mazkur Nizomning 20-bandida qayd etilgan muddat doirasida uzaytirilishi mumkin. Muddatni uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi ikki kunlik muddat ichida:
kirish bojxona posti boʻysunadigan Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga va murojaat qilgan shaxsga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma maʼlum qiladi;
“Avto” YAAATda avval kiritilgan muddatni oʻzgartiradi.
25. Qayta olib chiqib ketilayotgan xorijiy transport vositasi ushbu Nizomning 17 va 18-bandlarida koʻrsatilgan tartibda nazoratdan yechiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma va majburiyatnoma oʻrniga dublikat berish
26. Guvohnoma dublikatini olish uchun transport vositasi haydovchisi guvohnomaning yoʻqolishi yoki yaroqsiz holga kelishining sabablarini koʻrsatgan holda ushbu guvohnomani bergan TIF bojxona posti boʻysunadigan Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga yozma ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Guvohnoma dublikatini olish uchun yuridik shaxs tomonidan murojaat qilinganda, murojaatnoma ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanadi.
27. Guvohnomaning dublikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatnoma kelib tushganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining topshirigʻiga asosan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnomani rasmiylashtirgan TIF bojxona posti tomonidan yangi guvohnoma yozib beriladi. Berilgan guvohnomaning tepa oʻng burchagiga “Dublikat” deb yozilib, yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning raqami koʻrsatiladi va bojxona postining mansabdor shaxsi imzosi hamda shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
Yoʻqolgan guvohnomalar raqamlari boʻyicha hududiy bojxona boshqarmalari tomonidan yoʻqolganligi aniqlangan kundan soʻng bir ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga maʼlumot yuboriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga hududiy boshqarmalardan maʼlumot kelib tushgandan soʻng uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli maʼlumot yuboriladi.
28. Majburiyatnomaning dublikatini olish uchun transport vositasi joylashgan hududdagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasiga transport vositasi haydovchisi yozma ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga mazkur Nizomning 11-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar nusxalari ilova qilinishi lozim.
29. Majburiyatnoma dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan “Avto” YAAATdan oldingi yozilgan majburiyatnomaga tegishli maʼlumotlar va transport vositasini qaytarib olib chiqish muddati tekshiriladi. Transport vositasini qaytarib olib chiqish muddati oʻtib ketganligi aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlari asosida tegishli choralar koʻriladi.
30. Koʻrib chiqish yakuni boʻyicha uch ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi tomonidan “Avto” YAAATdan bosmadan chiqarish orqali majburiyatnoma dublikati beriladi. Majburiyatnomaning yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari imzosi va kotibiyat muhri bilan tasdiqlanadi.
VII. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar sifatida olib kirilayotgan transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish
31. Transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga erkin muomalaga chiqarish yoki olti oydan ortiq muddatga vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan shaxslar bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan soʻng 10 kun muddat ichida transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
32. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan transport vositalarini va ularning raqamli agregatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos guvohnoma boʻlib hisoblanadi.
Vakolatli idoralar tomonidan musodara qilingan transport vositalari va ularning raqamlari agregatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun guvohnoma talab etilmaydi.
Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalari uchun berilgan guvohnomalar 5 yil davomida, vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalari uchun berilgan guvohnomalar esa vaqtinchalik olib kirish muddati tugagandan soʻng 3 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida saqlanadi.
33. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan xorijiy transport vositalarini vaqtincha olib kirish muddati:
uch oydan olti oygacha boʻlgan taqdirda — transport vositasi bojxona organlarida hisobga qoʻyiladi;
olti oydan ortiq boʻlgan taqdirda — xorijiy raqamlarni milliy raqamlarga almashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
VIII. Yakuniy qoidalar
34. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan har chorak yakuni boʻyicha erkin muomalaga chiqarilgan hamda vaqtincha olib kirilgan transport vositalari boʻyicha solishtirish ishlarini amalga oshiradilar.
Zarur boʻlgan hollarda bojxona organlari qidirilayotgan xorijiy transport vositasi roʻyxatdan oʻtgan xorijiy davlat bojxona organiga tegishli soʻrovnoma yuboradilar.
35. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirilgan xorijiy transport vositalari belgilangan muddatlarda olib chiqilmagan taqdirda, bojxona organlari ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻzaro axborot almashinuvi yoʻli bilan ushbu transport vositalarini qidirib topish choralarini koʻradilar.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari xorijiy transport vositalarining qaytarib olib chiqish muddatlari buzilganligi hollari aniqlangan kundan boshlab, uch ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish uchun bojxona organlarini xabardor qiladilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari maʼlumoti asosida bojxona organining mansabdor shaxsi aniqlangan qonunbuzilish holati yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻradi.
37. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi
‎Davlat gerbi

AA 00 000000-son*

TRANSPORT VOSITASINI OLIB KIRISH GUVOHNOMASI (IM40/0)

TRANSPORT VOSITASINI OLIB KIRISH GUVOHNOMASI (IM40/1)

TRANSPORT VOSITASINI VAQTINCHA OLIB KIRISH GUVOHNOMASI (IM 31)


‎__________________________________________________________________

(bojxona organi nomi)

‎Mazkur guvohnoma quyidagi transport vositasini tasdiqlaydi:
‎Turi, rusumi _______________________________________________________
‎Ishlab chiqarilgan yili _____________________________________________
Ekspluatatsiya muddati va qancha masofani bosib oʻtganligi ________________
‎Dvigatel hajmi _______ Dvigatel quvvati (kilovatt yoki ot kuchi) ________
‎Yuk koʻtarish qobiliyati ______________ Oʻrindiqlar soni ________________
‎Identifikatsiya raqami ____________ Kuzov raqami _____________________
‎Dvigatel raqami ___________________ Shassi raqami ___________________
‎‎TIF TN kodi ____________________ Roʻyxat raqami _____________________
‎Bojxona qiymati ___________________________________________________
‎‎Taqdim etilgan hujjatlarga koʻra qiymati _____________________________
‎Transport vositasi egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
‎‎__________________________________________________________________

(avtotransport vositasi egasining familiyasi, ismi, otasining ismi)

__________________________________________________________________

‎(yashash joyi va manzili)

Bojxona organining belgilari uchun __________________________________

‎(transport vositasi vaqtincha olib kirilganda

‎‎__________________________________________________________________

‎‎bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilganda, transport vositasi oʻzga shaxsga foydalanishga,

‎‎__________________________________________________________________

egalik qilishga berish yoki oʻzgacha ravishda oʻtkazishga cheklov qoʻyilganda koʻrsatiladi)

20__ yil “___” ________‎

M.Oʻ.

_____________________‎

(bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi)‎

Guvohnomani oldim‎ ‎‎____________________________________________

(transport vositasi egasining imzosi yoki uning vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi)

*Transport vositasini (vaqtincha) olib kirish guvohnomasi oʻzbek va rus tillarida chop etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
* majburiyatnoma oʻzbek va rus tillarida chop etilishi mumkin
Keyingi tahrirga qarang.