Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2156]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
1. Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 24-noyabrdagi 9 va 01-02/12-39-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1430, 2004-yil 14-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 504-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
01-02/12-8-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga ILOVA
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
1. Avtotransport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi oʻrinlarda davlat bojxona xizmatining hududiy organlari deb yuritiladi) bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
avtotransport vositalari — yoʻlovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga moʻljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar hamda mototransport vositalari;
tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan avtotransport vositalari;
xorijiy avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatda turgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
chet el fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
avtotransport vositasining egasi — avtotransport vositasining mulkdori yoki qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada avtotransport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi fuqaro yoki yuridik shaxs;
(2-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
kirish (chiqish) bojxona posti — oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining oʻtish punktida joylashgan bojxona organi;
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti (keyingi oʻrinlarda “TIF bojxona posti” deb yuritiladi) — oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, tovarlar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazuvchi bojxona organi;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
“Avto” YAAAT — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositalari — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb yuritiladi) hududiy organlarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan xorijiy davlatga olib chiqilayotgan avtotransport vositalari;
tovar sifatida tranzit olib oʻtilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning roʻyxatga olish idoralarida roʻyxatdan chiqarilgan yoki roʻyxatida boʻlmagan xorijiy davlatga Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtilayotgan avtotransport vositalari;
Oʻzbekiston Respublikasi avtotransport vositalari — DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatda turgan va xorijiy davlatlar hududiga:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
yuklar va yoʻlovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib chiqiladigan avtotransport vositalari.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
21. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:
anklavlarda roʻyxatga olingan shaxslar tomonidan aynan shu yerda foydalanish maqsadida olib kirilayotgan/chiqilayotgan avtotransport vositalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boshqa davlatlarning obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
xorijiy davlat hududida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining obyektlarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda maʼmuriy-texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan avtotransport vositalariga.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
II. Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan xorijiy avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
3. Xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
4. Xorijiy avtotransport vositasining kirish va chiqish bojxona postlari oraligʻida tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtirilmaydigan hollarda, unga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtiriladigan hollarda xorijiy avtotransport vositasining yuk tortgichiga mazkur Nizomning 2-ilovasida, tirkamasiga yoki yarim tirkamasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
5. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” avtotransport vositasi bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
6. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni rasmiylashtirish uchun xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) tomonidan taqdim etilgan fuqarolik pasporti, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va ogʻzaki maʼlumotlar asos boʻladi.
7. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” “Avto” YAAAT dasturi orqali ikki nusxada kirish bojxona posti xodimi tomonidan chop etiladi.
“Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ning birinchi nusxasi kirish bojxona posti ish yurituvida qoladi, ikkinchi nusxasi esa xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi.
8. Xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”da aks ettirilgan maʼlumotlarni tekshirib chiqadi, toʻgʻriligini oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi va avtotransport vositasini belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi.
9. Kirish bojxona posti xodimi oʻz imzosi va shaxsiy muhrini qoʻyish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni rasmiylashtiradi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanishda uning egasi (haydovchisi) doimiy ravishda oʻzi bilan birga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni olib yurishi shart.
11. Xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqilishida uning egasi (haydovchisi) tomonidan chiqish bojxona postiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” taqdim etiladi.
12. Chiqish bojxona posti xodimi oʻz imzosi va shaxsiy muhrini qoʻyish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ni nazoratdan yechadi.
13. Xorijiy avtotransport vositasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtirilib, uning tirkamasi yoki yarim tirkamasi respublika hududida almashtiriladigan hollarda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” TIF bojxona postida nazoratdan yechilib, mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklda yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
14. Avval rasmiylashtirilgan va nazoratda qolib ketgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”si mavjud boʻlgan shaxsga masalaga oydinlik kiritilgunga qadar yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi va nazoratdan yechilmaydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
15. Xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yoʻlovchi tashishda qoʻllaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno. Mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yigʻimni toʻlagan holda xorijiy avtotransport vositasini ushbu muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.
Xalqaro yuk va yoʻlovchi tashishda qoʻllaniladigan xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod qilgan holda boʻlishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
16. Bir yil davomida bojxona bojlari va soliqlardan toʻliq ozod etilgan muddat oʻtgandan soʻng xorijiy avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishiga qaytarib olib chiqib ketish muddati oʻtgan har bir kun uchun dvigatel hajmining har kub. santimetridan — 0,01 AQSH dollari miqdorida yigʻimni toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
17. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatini uzaytirish uchun xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan avval Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining mazkur xorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi hududiy boshqarmasiga muddatni uzaytirishni soʻrab murojaat qilishi lozim.
Murojaatga bojxona organlarining hisob raqamiga mazkur Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi vakolatli bank tomonidan berilgan hujjat nusxasi ilova qilinadi.
Davlat bojxona qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmasi vaqtincha olib kirish muddatini yigʻim qancha muddat uchun toʻlangan boʻlsa, shuncha muddatga uzaytiradi va “Avto” YAAATda avval kiritilgan muddatni oʻzgartiradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
18. Xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish boʻyicha murojaat qilmasa, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilishi bilan bir qatorda ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan yigʻim undiriladi, xalqaro yuk va yoʻlovchi tashishda qoʻllaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
bojxona postida yoki davlat bojxona xizmatining hududiy organlari tomonidan undiriladi hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
20. Xorijiy avtotransport vositasini olib chiqish muddatini buzganlik uchun tegishli chora koʻrilib, yigʻim toʻliq undirilgunga qadar avtotransport vositasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Yigʻim quyidagi hollarda toʻlanmaydi:
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
agar vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
21. Belgilangan muddatda respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari toʻgʻrisida har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt oʻtgan holatlar yuzasidan davlat bojxona xizmatining hududiy organlari tomonidan DYHXXning hududiy organlariga avtotransport vositalari va ularni olib kirgan shaxslar boʻyicha tegishli maʼlumotlar taqdim etiladi.
22. Belgilangan muddatda respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan avtotransport vositalari toʻgʻrisida davlat bojxona xizmatining hududiy organlari tomonidan DYHXXning hududiy organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar har oy yakuni boʻyicha yangilanib boriladi.
23. DYHXXning hududiy organlari tomonidan davlat bojxona xizmatining hududiy organlari maʼlumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan choralarni koʻrish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.
24. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan musodara qilingan hollarda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli qarori asosida rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi yengib boʻlmas kuch yoki yoʻl-transport hodisasi yuz berishi natijasida foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli hujjatlari asosida majburiyatnoma rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
26. Oʻzbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish”, “vaqtincha olib kirish” yoxud boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi oʻrinlarda BYD deb yuritiladi) rasmiylashtirgan TIF bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
27. Agar “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelganda dublikat olish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) avtotransport vositasi joylashgan hududdagi davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga mazkur Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar bilan murojaat qiladi.
28. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari tomonidan “Avto” YAAATdan foydalangan holda oldingi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ga yozilgan tegishli maʼlumotlar va avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati tekshiriladi. Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati oʻtib ketganligi aniqlangan taqdirda, davlat bojxona xizmatining hududiy organining mansabdor shaxsi tomonidan qonun hujjatlari asosida tegishli choralar koʻriladi.
29. Koʻrib chiqish yakuni boʻyicha bir ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma”ning yuqori oʻng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va davlat bojxona xizmatining hududiy organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari imzosi va boshqarma muhri bilan tasdiqlanadi.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
IV. Bojxona chegarasidan tovar sifatida olib oʻtilayotgan avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
50. Tovar sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va tranzit olib oʻtilayotgan avtotransport vositasiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish toʻgʻrisida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi. Uning TIF yoki chiqish bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilish uchun kirish bojxona postida tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
51. Avtotransport vositasi jismoniy shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilganda ularning bojxona rasmiylashtiruvi avtotransport vositasi egasining doimiy yashash joyida, yuridik shaxslar tomonidan olib kirilganda esa faoliyat hududida joylashgan TIF bojxona postida amalga oshiriladi.
52. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan soʻng, TIF bojxona posti tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar (keyingi oʻrinlarda elektron maʼlumotlar deb yuritiladi) DBQning elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olinmaydigan avtotransport vositalariga elektron maʼlumotlar yuborilmaydi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
54. Avtotransport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga “erkin muomalaga chiqarish” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan shaxslar BYD rasmiylashtirilgan kundan soʻng 10 kun muddat ichida avtotransport vositasini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
55. Roʻyxatdan oʻtkazishda, avtotransport vositasining turi, rusumi, markasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan shakllantirilgan elektron maʼlumotlarda qanday bayon etilgan boʻlsa, aynan shu nom bilan qayd etilishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
56. Oʻzbekiston Respublikasidan tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositasiga elektron maʼlumotlar yuborilmaydi hamda DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan chiqarish uchun asos BYD hisoblanadi.
(56-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
57. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos elektron maʼlumotlar hamda BYD hisoblanadi.
Vakolatli idoralar tomonidan musodara qilingan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan maʼlumotlar va BYD talab etilmaydi.
“Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron maʼlumotlar 3 yil davomida, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron maʼlumotlar esa vaqtincha olib kirish muddati tugagandan soʻng 3 yil davomida bojxona organlarining maʼlumotlar bazasida saqlanadi.
DYHXXning hududiy organlarida avtotransport vositalarini qayd etish va boshqa oʻzgartirishlar kiritish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hujjatlar (maʼlumotlar) toʻplami 5 yil davomida saqlanadi.
“Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalarini oʻzga shaxsga foydalanishga, egalik qilishga berish yoki oʻzgacha ravishda oʻtkazish elektron maʼlumotlar qayta rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
60. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari DYHXXning hududiy organlari bilan har chorak yakuni boʻyicha erkin muomalaga chiqarilgan hamda vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalari boʻyicha maʼlumotlarni solishtiradilar.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
63. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotda koʻrsatilgan avtotransport vositasi DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olinmaganligi aniqlangan taqdirda DYHXXning hududiy organlari tomonidan ushbu avtotransport vositasini qidirib topish choralari koʻriladi.
64. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatda koʻrsatilmagan, lekin DYHXXning hududiy organlarida roʻyxatga olingan xorijdan olib kelingan avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda, ushbu avtotransport vositasini respublika hududiga qonuniy olib kirilganligiga aniqlik kiritish maqsadida avtotransport vositasi va uning egasi haqida maʼlumotlar DYHXXning hududiy organlari tomonidan davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etiladi.
65. Mazkur bob talablari chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositasi uchun ham tatbiq etiladi.
V. Yakuniy qoida
66. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(II — V boblar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
(VI — VIII-boblar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan
maʼlumotlar
1. Bojxona organi nomi.
2. BYD raqami va sanasi.
3. Avtotransport vositasi rasmiylashtirilgan bojxona rejimining nomi.
4. Avtotransport toʻgʻrisida maʼlumot:
turi, rusumi;
ishlab chiqarilgan yili;
kuzov raqami;
dvigatel raqami;
shassi raqami.
5. Avtotransport vositasi egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va doimiy yashash manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar;
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa).
6. Avtotransport vositasi vaqtincha olib kirilganda vaqtincha olib kirishning yakuniy muddati.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 47-son, 439-modda; 2013-y., 51-son, 679-modda; 2017-y., 7-son, 102-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son; 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son; 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son; 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)