toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022
Hujjat 25.11.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR STANSIYALARI VA TARMOQLARINI TEXNIKAVIY EKSPLUATATSIYA QILISh QOIDALARI (I BOʻLIM)GA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1405-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 40-son, 431-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 9-son, 105-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Elektroenergetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2004-yil 2-sentabrdagi 295-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga (I boʻlim) (roʻyxat raqami 1405, 2004-yil 10-sentabr) oʻzgartirishlar va qoʻshimcha ilovaga* muvofiq kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-oktabr,
194-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 46-son, 419-modda)