1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.01.00 Nogironlar uchun imtiyozlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.09.00.00 Imtiyozlar / 06.09.04.00 Pensionerlarga imtiyozlar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.13.00 Sanatoriya-kurort davolanish;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
NOGIRONLAR VA PENSIONERLARNI SANATORIYA-KURORT YOʻLLANMALARI BILAN BEPUL TAʼMINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1489-1]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2012-yil 15-martdagi 15, 29-sonli “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2356, 27.04.2012-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 24-maydagi № № 99 va 44 son, Nogironlar va pensionerlarni sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 1489, 2005-yil 6-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 27-son, 196-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.