1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.05.00 Budjet tashkilotlari va muassasalarini moliyalashtirish;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
YuRIDIK ShAXS MAQOMI BERILADIGAN BUDJET TAShKILOTLARI TOʻGʻRISIDAGI BUYRUQNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 14-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 861-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-martdagi PQ–609-son “Umumtaʼlim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 14-son, 136-modda), 2007-yil 2-oktabrdagi PQ–700-son “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 40-son, 413-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-maydagi 139-son “Xalq taʼlimi muassasalari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 46-son, 504-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 1999-yil 17-dekabrda 236, 210 va 737-son bilan tasdiqlangan Yuridik shaxs maqomi beriladigan budjet tashkilotlari toʻgʻrisidagi buyruq (roʻyxat raqami 861, 1999-yil 28-dekabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-oktabr,
83-son
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-oktabr,
37-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 4-oktabr,
06-3/275-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 40-41-son, 361-modda)