1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.09.00 O‘rta ta’lim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek budjet mablag‘laridan foydalanishda ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining barcha maktab-internatlarga belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-bobi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi maktab-internatlarning amaldagi namunaviy shtatiga, o‘quvchilarning soniga qarab, ilovaga muvofiq, normativlar bo‘yicha buxgalter lavozimini kiritsin va 2007-yilda ularni malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishni ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
3. Maktab-internatlarrahbarlari va buxgalterlari zimmasiga tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta’limi muassasalarini moliyalash bo‘limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklatilsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
4.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab-internatlar shtat jadvali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro‘yxatga olish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan xarajatlar smetasini tovarlar va xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni faqat g‘aznachilik bo‘linmalari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
belgilangan standartlarga muvofiq maktab-internatlar buxgalterlik hisob-kitobi va hisobotini olib borish;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoni tahririda)
to‘lovlar, oylik maoshni belgilash va to‘lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek xalq ta’limi muassasalarida moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borish;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
yuridik shaxs maqomiga ega xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan umumta’lim maktablari Direktorlar fondining budjet mablag‘larining boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
oylik maoshi va unga teng to‘lovlarni to‘lash uchun naqd pul beruvchi moddiy-mas’ul shaxs (kassir)ning vazifasi umumta’lim maktablarining ma’muriy-xo‘jalik bo‘yicha direktor o‘rinbosari yoki xo‘jalik mudiri zimmasiga ularning lavozimi uchun belgilangan okladiga ular tomonidan ushbu funksiya amalda bajarilganda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35,2 foizi miqdorida qo‘shimcha oylik maoshi belgilash bilan yuklanadi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, moliya organlari va xalq ta’limi hududiy bo‘linmalari:
ikki oy muddatda umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) shtat jadvali va xarajatlar smetasini mazkur qaror qoidalariga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
2007-yilning 15-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxs maqomiga ega barcha umumta’lim maktablari (maktab-internatlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining mutasaddi hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisobraqamlarning ochilishini yakunlasin.
6. Quyidagi tartib belgilansin, unga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tuman (shahar) moliya organlari va bo‘linmalari yuridik shaxs maqomiga ega umumta’lim maktablari (maktab-internatlari)ni moliyalashtirish yilida moliyalashtirishga yo‘naltirilgan davlat va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli foydalanish ustidan har chorakda nazoratni amalga oshirishlari shart.