1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KIChIK VA O‘RTA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, uni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan zamonaviy xorijiy uskunalar va texnologiyalar bilan ta’minlash maqsadida, shuningdek jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lardan samarali foydalanish manfaatlarini ko‘zlab:
1. Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalash uchun xalqaro moliya tashkilotlarining kredit majburiyatlarini, shuningdek xorijiy sarmoyadorlarning mablag‘larini respublikaning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda boshqa tijorat banklari orqali jalb etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining taklifi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, asosan xalq iste’mol mollari ishlab chiqariladigan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik va o‘rta qo‘shma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infrastrukturani rivojlantirish yo‘li bilan raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda pul bilan ta’minlanadi.
3. Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlik, “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda Biznes-fond, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlap Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy kreditlarni jalb etish hisobiga kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishning 1997-yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlarini ilovaga* muvofiq ishlab chiqsin.
* Ilova berilmaydi.
4. “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi xorijiy valyutada olinadigan kreditlarni ta’minlash uchun berilgan garovlarni belgilangan tartibda sug‘urta qilishni amalga oshirsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zinvestloyiha” kompaniyasi bilan birga kichik va o‘rta tadbirkorlik uchun xorijda ishlab chiqarilgan asbob-uskuna va texnologiyalar zamonaviy turlarining ko‘rik-savdolarini muntazam suratda o‘tkazib tursin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilib, bunda loyihalarni tanlab olish tizimini hamda xorijiy kredit majburiyatlarining mablag‘lari hisobidan olingan hamda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi uchun qarz oluvchilarning huquqiy javobgarligi belgilanishini nazarda tutsin.
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-yanvar,
PF-1702-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 72-modda; 2007-y., 23-son, 232-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 25-son, 282-modda )