Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
ChIGIT EKISh UChUN AGROTEXNIKA TADBIRLARINI OʻTKAZISh ChORA-TADBIRLARI VA 2004 YILDA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI TOʻGʻRISIDA
2004-yil paxta hosili uchun agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari toʻgʻrisidagi taklifi
ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Paxta yetishtirishning koʻrsatilgan hajmlariga 2004-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat koʻrsatkichlari sifatida qaralsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Paxtachilikni rivojlantirish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
jahon bozorida paxta tolasiga shakllanayotgan konyunkturadan va almashlab ekish joriy etilishidan kelib chiqib chigitning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini joylashtirish;
chigitni plyonka ostida ekish maydonlari;
chigit navlarining jahon paxta bozorida xaridorgir boʻlgan istiqbolli navlari yaratilishini ragʻbatlantiruvchi seleksiya navlariga tuzatish koeffitsiyentlari boʻyicha takliflar kiritsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta narxlarini shakllantirish mexanizmi toʻgʻrisida” 2002-yil 20-avgustdagi PF-3114-son
Farmoniga muvofiq belgilanadigan paxta xomashyosining xarid narxlarini hisobga olgan holda tijorat banklari, “Paxtasanoat” hududiy birlashmalari bilan birgalikda, 2003-yil dekabr oyidan boshlab qishloq xoʻjaligi korxonalariga avans berishni va 2004-yil hosili uchun kontraktatsiya shartnomalari tuzgan fermer xoʻjaliklariga toʻgʻridan toʻgʻri imtiyozli kredit berishni agrotexnika tadbirlariga qatʼiy muvofiq holda amalga oshirsin.
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi amalda yetishtiriladigan paxta xomashyosi hajmining 50 foizi miqdorida;
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi
421-son, 2001-yil 2-maydagi
201-son va 2001-yil 26-noyabrdagi
461-son qarorlariga muvofiq Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilayotgan tumanlar va qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun paxta xomashyosi xaridining belgilangan tartibi va prinsiplari;
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan paxta xomashyosi uchun uning sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilish tartibi saqlab qolinsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasiga:
yerlarning oʻz vaqtida va sifatli shudgorlanishi, yuvilishi va tekislanishini, gipslangan va zichlashgan tuproqlarning imkoni boricha chuqur yumshatilishini, kuzgi shudgorlashdan oldin fosforli va organik oʻgʻitlar solinishini tashkil etish;
chigit ekish uchun moʻljallangan yerlarda yanvar-fevral oylarida pushta olish amaliyotini joriy etish;
kuchli shoʻrlangan yerlarga chigit ekmaslik;
yerlarning botqoqqa aylanishining, gʻoʻza zararkunandalari va kasalliklar bilan zararlanishining oldini olish uchun chigit ekish moʻljallangan maydonlar yaqiniga sholi va makkajoʻxori ekmaslik;
Qoraqalpogʻiston Respublikasining janubiy tumanlarida sholi ekmaslik;
shirkat xoʻjaliklari, fermer xoʻjaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida xoʻjalik ichki kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash tavsiya etilsin.
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan paxtachilik xoʻjaliklari kontraktatsiya shartnomalarini oʻz vaqtida tuzish yuzasidan javobgarlik — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
paxtachilik xoʻjaliklariga agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish uchun mexanizatsiyalashgan xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatish, texnikani taʼmirlash uchun zarur ehtiyot qismlar yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzagromashservis” uyushmasiga, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga;
paxtachilik xoʻjaliklarga tuzilgan shartnomalar boʻyicha mineral oʻgʻitlar va kimyolashtirish vositalarini oʻz vaqtida yetkazib berish yuzasidan javobgarlik — “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalariga;
haqining 30 foizini oldindan toʻlagan taqdirda xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarini yonilgʻi-moylash materiallari bilan uzluksiz taʼminlash yuzasidan javobgarlik — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasiga yuklansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 30-dekabrdagi 578-son
qaroriga ILOVA
2004-yilda paxta yetishtirishning prognoz hajmlari
| |
Yalpi hosil, ming tonna |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
176,0 |
| viloyatlar: |
|
| Andijon |
310,0 |
| Buxoro |
360,0 |
| Jizzax |
230,0 |
| Qashqadaryo |
410,0 |
| Navoiy |
110,0 |
| Namangan |
270,0 |
| Samarqand |
235,0 |
| Surxondaryo |
345,0 |
| Sirdaryo |
264,0 |
| Toshkent |
275,0 |
| Fargʻona |
340,0 |
| Xorazm |
275,0 |
| Jami |
3600,0 |