1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.02.00 Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish tartibi;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1948-4]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 4-yanvardagi 30/18-sonli “Bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3420, 08.02.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) 7, 17 va 51-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1948, 2009-yil 27-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 18-son, 229-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi yo‘riqnomagailovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2010-yil 24-iyul,
25/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 24-iyuldagi 25/3-sonli qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
“Mijozlar tomonidan bank hisobvaraqlari ochilayotganda, bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank omonati shartnomasi) tuziladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasi (jismoniy shaxslarning omonati bo‘yicha bank omonati shartnomasi) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi”.
2. 11-bandning so‘nggi jumlasi chiqarib tashlansin.
3. 25-bandning v) kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.