Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Chigitni plyonka ostiga ekkan holda Andijon texnologiyasi boʻyicha hosil yetishtirish asosida paxtachilik samaradorligini oshirish, shuningdek 2003-yil hosili uchun xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining chigitni plyonka ostiga ekish va 2003-yil hosili uchun xoʻjaliklarni polietilen plyonka bilan taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan taklifi
1-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi 2003-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarni xomashyo (granulalar) bilan
2-ilovaga muvofiq taʼminlasin.
3. “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi, Andijon va Fargʻona viloyatlari hokimliklari tayyor polietilen plyonkaning belgilangan sifat standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqarilishini tashkil etsinlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Anduslubpaxta” ilmiy-ishlab chiqarish tijorat markazi bilan birgalikda ularning ishlab chiqarilishiga qarab Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarga, keyinchalik respublika paxtachilik xoʻjaliklariga yetkazib berish uchun,
1-ilovaga muvofiq hajmlarda oʻz vaqtida yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
5. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi granulalar va tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarga, polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ni tashish, shuningdek tayyor mahsulotni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga yetkazib berish uchun belgilangan tartibda temir yoʻl vagonlari uzluksiz berilishini taʼminlasin.
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi 2003-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar) sotishda;
“Jizzaxplastmassa” aksiyadorlik jamiyati, “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasi va “Beshariq” korxonasi paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga
1-ilovaga muvofiq tayyor polietilen plyonkasi sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan istisno tariqasida ozod etilsin.
7. “Oʻzagromashservis” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi mashina-traktor parklari va xoʻjaliklardagi plyonka ostida chigit ekish uchun mavjud maxsus chigit ekish seyalkalari va moslamalarini va ularning texnik holatini oʻn kun muddatda xatlovdan oʻtkazsinlar va 2003-yil 20-fevralgacha ularni ishga toʻliq tayyorlab qoʻysinlar.
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomasiga binoan yetishmayotgan seyalkalarning 2003-yil 15-fevralgacha ishlab chiqarilishini va ularning xoʻjaliklarga yetkazib berilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.