Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oziq-ovqat mahsulotlari asosiy turlarining tasdiqlangan balanslariga muvofiq va asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini oʻz vaqtida xarid qilish hamda 2002-yilda ularga davlat ehtiyojlarini qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2002-yilda ijtimoiy soha muassasalarini taʼminlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari resurslari hajmlari toʻgʻrisidagi takliflariga 1-ilovaga
* muvofiq rozilik berilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiluvchi vazirliklar, idoralar 1 va 2-ilovalarda
* koʻrsatilgan tovar ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar belgilangan tartibda tuzilishini hamda davlat ehtiyojlari uchun oziq-ovqat xaridi budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va ijtimoiy soha muassasalarining oʻz mablagʻlari hisobiga toʻliq hajmda oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
uch kun muddatda 2002-yil uchun oziq-ovqat resurslarining hisoblab chiqilgan hajmlarini maxsus isteʼmolchilar va ularga tenglashtirilgan kontingent, shuningdek ijtimoiy soha muassasalari uchun oziq-ovqatlar xarid qiluvchi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eʼtiboriga yetkazsin;
ijtimoiy soha muassasalari, maxsus isteʼmolchilar va ularga tenglashtirilgan kontingentlarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi ustidan har chorakda monitoring oʻtkazsin hamda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
5 Belgilansinki, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari tegishli kontingentning asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlanishi va ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq shaxsan javob beradilar.
6 Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 8-apreldagi 136-son
qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy soha muassasalari, maxsus isteʼmolchilarni va davlat zaxirasini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash tartibining 1.2-bandi oltinchi xatboshidagi “quruq sut, bolalar ovqati” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.