toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrugʻi
IDORAVIY MANSUBLIGI, MULKChILIK VA XOʻJALIK YURITISh ShAKLLARIDAN QATʼI NAZAR KORXONA, MUASSASA, TAShKILOT IChKI MEHNAT TARTIBINING NAMUNAVIY QOIDALARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 21-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 746-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3506, 20.03.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova) va Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 1-2-son, 1-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri tomonidan 1999-yil 7-mayda 834-son bilan tasdiqlangan Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibining namunaviy qoidalariga (roʻyxat raqami 746, 1999-yil 14-iyun) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2010-yil 2-sentabr,
163-B-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 335-modda)