Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublikamizda barkamol xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, isteʼdodli yoshlarning milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼnaviy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 1999-yil 10-iyundagi
Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoligi, izlanuvchan va tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan va taʼlim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin (taqdirlanganlar roʻyxati
ilova qilinadi).
2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 Mart xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanada sovrindorlik yorliqlari va nishonlari topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.
4. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (A.Koʻchimov) hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (M.Hazratqulov)ga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari D.Gʻulomova zimmasiga yuklansin.