toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QIShLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY LOYIHALAR ASOSIDA XUSUSIY UY-JOY QURILIShINI KENGAYTIRIShGA OID QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 17-IYUNDAGI PQ-1354-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joy qurilishini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 17-iyundagi PQ-1354-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 13-sentabr,
201-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-sentabrdagi 201-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi Nizom 9-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 8-bandidagi “qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi maqsadidagi yerlar tarkibiga” soʻzlari “har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan hamda oʻrmon fondi yerlari toifasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 321-modda)