Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2003 YIL HOSILI UChUN BOShOQLI DON EKINLARINI KUZGI EKIShNI UYuShQOQLIK BILAN OʻTKAZISh ChORA-TADBIRLARI, DON YETIShTIRISh VA DAVLAT RESURSLARIGA XARID QILISh HAJMLARI TOʻGʻRISIDA
2003-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha oqilona joylashtirish, kuzgi ekishni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishni taʼminlash, shuningdek lalmi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
2003-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini
1-ilovaga muvofiq joylashtirish;
ekin maydonlarini sugʻoriladigan yerlarda 41 ming gektarga, lalmi yerlarda 108 ming gektarga koʻpaytirish nazarda tutilgan 2003-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekish maydonlari va yalpi hosili boʻyicha takliflari
2-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
3. “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi:
joriy yilning 10-sentabrigacha boshoqli don ekinlari urugʻliklarini tozalash, navlarga ajratish, sarxillash, sertifikatsiyalash, qoplarga joylashtirish va xoʻjaliklarga sotish ishlarini tutatsin Xoʻjaliklarga konditsiyasiz va dorilanmagan urugʻlar berishni qatʼiy taqiqlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2003-yil hosilidan
4 va
5-ilovalarga muvofiq hajmlarda yuqori sifati boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlanishini taʼminlasin
2002-yil 1-noyabrgacha 2003-yil hosilidan davlat ehtiyojlari uchun boshoqli don xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari tuzilishini taʼminlasin;
2003-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga shakllangan xarid narxlaridan (2002-yil don hosiliga preyskurant va shartnoma narxlaridan) kelib chiqib avans bersin;
2003-yil hosili uchun respublikaning elita-urugʻchilik xoʻjaliklariga boshoqli don ekinlarining 1200 tonna superelita va elita urugʻlari xorijiy ilmiy muassasalardan olib kelinishini taʼminlasin.
4. Bugʻdoyning 1200 tonna hajmidagi chetdan olib kelinadigan superelita va elita urugʻligi bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
5. “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi ham chetdan olib kelingan, ham respublikada 2002 va 2003-yillar hosilidan tayyorlangan boshoqli ekinlar doni urugʻligini, qayta ishlovchi korxonalar xarajatlariga hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi qoʻshilgan, don qiymati chiqarib tashlangan narxlar boʻyicha sotsin.
6. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshoqli don ekinlari urugʻliklarini viloyatlararo tashish uchun vagonlar uzluksiz berilishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari:
boshoqli don ekinlarining unumdor yerlarda, xoʻjaliklarda qabul qilingan almashlab ekish sxemalari va ekinlarning navbat bilan ekilishi hisobga olingan holda joylashtirilishini va ekilishini taʼminlasinlar;
mazkur qarorda tasdiqlangan boshoqli don ekinlarining navlar boʻyicha joylashtirilishiga qatʼiy amal qilgan holda bugʻdoyning tezpishar va sermahsul navli urugʻlarini eksinlar. Meliorativ holati yomon boʻlgan, shoʻrlangan yerlarga oldin shoʻr yuvilgandan keyin eksinlar;
tuproqning sifatli tayyorlanishiga, dalalarni tekislash va begona oʻtlardan tozalashga, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarni ish holatiga keltirishga, boshoqli don ekinlari ekishni qulay agrotexnika muddatlarida — sugʻoriladigan yerlarda 15 — 20-oktabrgacha, lalmi yerlarda — 15-noyabrgacha tugallash maqsadida ekishdan keyin sugʻorish oʻtkazilishiga alohida eʼtiborni qaratsinlar.
Bu talablarning bajarilishi uchun xoʻjaliklar, qishloq va suv xoʻjaligi hududiy organlari, tumanlar va viloyatlar hokimliklari rahbarlari shaxsan javob beradilar.
8. “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” kompaniyalari don ekinlari uchun azotli, fosforli va kaliyli oʻgʻitlar oʻz vaqtida, ulardan fosforli va kaliyli oʻgʻitlar ekishdan oldin va ekish bilan birga solish uchun joriy yilning 10-oktabrigacha, azotli oʻgʻitlar esa 2003-yilning 1-martigacha yetkazib berilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi boshoqli don ekinlari ekish mashinalarining zarur kompleksi oʻz vaqtida taʼmirlanishi va tayyorlanishini tugallasinlar. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi xoʻjaliklarning buyurtmalari boʻyicha takomillashtirilgan konstruksiyali don seyalkalari va ularga ehtiyot qismlar tayyorlanishini tashkil etsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” “Oʻzneftmahsulot” kompaniyalari kuzgi don ekishda, eng avvalo oʻz vaqtida mineral oʻgʻitlar, neft mahsulotlarini oʻz vaqtida yetkazib berishda, yerlarni haydashda, haydov traktorlari, seyalkalarni tayyorlashda, ularga ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlar keltirishda xoʻjaliklarga aniq yordam koʻrsatish yuzasidan bir hafta muddatda tadbirlar ishlab chiqsinlar va oʻz tasarrufidagi har bir boʻlinmaga yetkazsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Bosh vazir oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-avgustdagi 290-son
qaroriga1-ILOVA
2003-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
(ming ga) |
|
Ekin maydoni |
shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda navlar boʻyicha: |
|
Hammasi |
shu jumladan: |
Umanka |
Kroshka |
Knyajna |
Polovchanka |
Kupava |
Delta |
Chil laki |
Hosildor |
Gʻayrat |
Boʻzsuv-1 |
|
sugʻoriladigan yerlarda |
lalmi yerlarda |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
50 |
50 |
|
|
18 |
|
24,4 |
|
|
5,6 |
|
|
|
| viloyatlar: |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Andijon |
74 |
74 |
|
|
29 |
|
20,6 |
|
|
|
|
|
|
| Buxoro |
61 |
61 |
|
2 |
23,4 |
|
35,6 |
|
|
|
|
|
|
| Jizzax |
216 |
116 |
100 |
9,8 |
30,2 |
|
48,8 |
|
1,6 |
18,3 |
|
|
|
| Qashqadaryo |
230 |
140 |
90 |
13,6 |
32 |
|
40 |
14,8 |
2,4 |
18 |
5,8 |
|
|
| Navoiy |
42 |
38 |
4 |
4 |
7,4 |
1,6 |
20,2 |
|
|
4 |
|
|
|
| Namangan |
78 |
78 |
|
|
38,6 |
8,4 |
|
|
5,2 |
|
|
6,8 |
|
| Samarqand |
172 |
102 |
70 |
|
17,6 |
12,9 |
|
|
|
9 |
3,8 |
|
|
| Surxondaryo |
101 |
95 |
6 |
|
36,9 |
14,7 |
38,5 |
|
|
1 |
|
|
|
| Sirdaryo |
91 |
91 |
|
7,2 |
30,2 |
1,6 |
42,8 |
|
|
8 |
|
|
|
| Toshkent |
135 |
115 |
20 |
|
35,2 |
|
38,8 |
|
|
|
9,2 |
17,2 |
10,4 |
| Fargʻona |
105 |
105 |
|
|
20,4 |
11,2 |
64,8 |
|
|
2,8 |
|
1,6 |
|
| Xorazm |
35 |
35 |
|
5,2 |
4 |
2,8 |
2 |
|
11,2 |
4 |
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| JAMI |
1390 |
1100 |
290 |
41,8 |
322,9 |
53,2 |
376,5 |
14,8 |
20,4 |
70,7 |
18,8 |
25,6 |
10,4 |
|
shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda navlar boʻyicha: |
shu jumladan lalmi yerlarda navlar boʻyicha: |
|
Oʻzbekiston-1 |
Krasota |
Deya |
Starshina |
Bal tazar |
Temur arpasi |
Yangi navlar |
Hosildor |
Grekum |
Surxak-5688 |
San-zarb |
Krasnovodapad |
Boshqa navlar |
Arpa |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
2 |
|
|
|
|
|
|
|
| viloyatlar: |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Andijon |
|
12,9 |
4,8 |
3,1 |
|
|
3,6 |
|
|
|
|
|
|
|
| Buxoro |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Jizzax |
|
|
|
|
|
|
7,3 |
5 |
8 |
43 |
|
8 |
21 |
15 |
| Qashqadaryo |
|
|
|
|
|
4,4 |
9 |
17,7 |
2 |
1 |
28 |
18 |
8,3 |
15 |
| Navoiy |
|
|
|
|
|
|
0,8 |
1 |
|
|
|
|
2 |
1 |
| Namangan |
|
|
|
|
15,2 |
|
3,8 |
|
|
|
|
|
|
|
| Samarqand |
48,4 |
|
|
|
|
7,3 |
3 |
10,2 |
3,8 |
|
|
10 |
26 |
20 |
| Surxondaryo |
|
|
|
|
|
|
3,9 |
1 |
|
|
|
1 |
2 |
2 |
| Sirdaryo |
|
|
|
|
|
|
1,2 |
|
|
|
|
|
|
|
| Toshkent |
|
|
|
|
|
|
4,2 |
5,4 |
|
1,6 |
|
|
10 |
3 |
| Fargʻona |
|
|
|
|
|
|
4,2 |
|
|
|
|
|
|
|
| Xorazm |
|
|
|
|
|
|
5,8 |
|
|
|
|
|
|
|
| |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Jami |
48,4 |
12,9 |
4,8 |
3,1 |
15,2 |
11,7 |
48,8 |
40,3 |
13,8 |
45,6 |
28 |
37 |
69,3 |
56 |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-avgustdagi 290-son
qaroriga2-ILOVA
Ekin maydoni va 2003-yil hosilini boshoqli don ekinlari yalpi hosili
|
Ekin maydoni, ming ga |
Hosildorlik, gektaridan sentner |
Qishloq xoʻjaligi korxonalarida yalpi don hosili, ming tonna |
Bundan tashqari: |
|
qishloq xoʻjaligi korxonalarining ekin maydoni |
shu jumladan: |
Hammasi |
shu jumladan: |
Hammasi |
ulardan: |
shu jumladan bugʻdoy |
dehqon xoʻjaliklariga tegishli ekin maydoni, ming ga |
dehqon xoʻjaliklari tomonidan olinadigan yalpi don hosili |
|
sugʻoriladigan yerlardagi ekin maydoni |
lalmi kor yerlardagi ekin maydoni |
sugʻoriladigan yerlarda |
lalmi yerlarda |
sugʻoriladigan yerlarda |
lalmi yerlarda |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
50 |
50 |
— |
28,2 |
28,2 |
— |
141,0 |
141,0 |
— |
141,0 |
9 |
25 |
| viloyatlar: |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Andijon |
74 |
74 |
— |
56,0 |
56,0 |
— |
414,4 |
414,4 |
— |
414,4 |
6,5 |
39 |
| Buxoro |
61 |
61 |
— |
38,0 |
38,0 |
— |
231,8 |
231,8 |
— |
225 |
1,7 |
68 |
| Jizzax |
216 |
116 |
100 |
22,4 |
33,0 |
10 |
482,8 |
382,8 |
100 |
456 |
3,5 |
12 |
| Qashqadaryo |
230 |
140 |
90 |
25,8 |
36,0 |
10 |
594,0 |
504,0 |
90 |
553 |
25 |
60 |
| Navoiy |
42 |
38 |
4 |
31,7 |
34,0 |
10 |
133,2 |
129,2 |
4 |
125 |
5 |
20 |
| Namangan |
78 |
78 |
— |
45,0 |
45,0 |
— |
351,0 |
351,0 |
— |
344 |
9 |
45 |
| Samarqand |
172 |
102 |
70 |
29,0 |
42,0 |
10 |
498,4 |
428,4 |
70 |
445 |
20 |
90 |
| Surxondaryo |
101 |
95 |
6 |
39,2 |
41,0 |
10 |
395,5 |
389,5 |
6 |
385 |
17 |
85 |
| Sirdaryo |
91 |
91 |
— |
33,0 |
33,0 |
— |
300,3 |
300,3 |
— |
295 |
3,5 |
14 |
| Toshkent |
135 |
115 |
20 |
35,6 |
40,0 |
10 |
480,0 |
460,0 |
20 |
472,3 |
2 |
12 |
| Fargʻona |
105 |
105 |
— |
44,2 |
44,2 |
— |
464,1 |
464,1 |
— |
458 |
18,5 |
100 |
| Xorazm |
35 |
35 |
— |
41,6 |
41,6 |
— |
145,6 |
145,6 |
— |
145,6 |
14 |
80 |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| Jami |
1390 |
1100 |
290 |
33,3 |
39,5 |
10 |
4632,1 |
4342,1 |
290 |
4459,3 |
150 |
650 |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-avgustdagi 290-son
qaroriga4-ILOVA
2003-yilda “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalari tomonidan boshoqli don ekinlari urugʻi tayyorlash hajmi
| |
|
|
(ming tonna) |
| |
Boshoqli don ekinlari urugʻi tayyorlash, hammasi |
Sugʻoriladigan yerlar uchun urugʻlik tayyorlash |
Lalmi yerlar uchun urugʻlik tayyorlash |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
10 |
10 |
— |
| viloyatlar: |
|
|
|
| Andijon |
120 |
120 |
— |
| Buxoro |
8 |
8 |
— |
| Jizzax |
14,6 |
1,6 |
13 |
| Qashqadaryo |
44,1 |
32,4 |
11,7 |
| Navoiy |
3,1 |
2,6 |
0,5 |
| Namangan |
19,5 |
19,5 |
— |
| Samarqand |
30,5 |
21,4 |
9,1 |
| Surxondaryo |
17,5 |
16,7 |
0,8 |
| Sirdaryo |
3,3 |
3,3 |
— |
| Toshkent |
18,7 |
16,1 |
2,6 |
| Fargʻona |
16,9 |
16,9 |
— |
| Xorazm |
6,5 |
6,5 |
— |
| Jami |
312,7 |
275,0 |
37,7 |
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-avgustdagi 290-son
qaroriga5-ILOVA
2003-yilda “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlari urugʻi yetkazib berish hajmi
| |
|
|
(ming tonna) |
|
Hammasi |
“Andijonmahsulot” aksiyadorlik uyushmasidan yetkazib berish |
shu jumladan: |
|
boshqa viloyatlarning xoʻjaliklari tomonidan urugʻlik sifatida qaytarilgan holda ekish konditsiyalariga yetkazish maqsadida “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tizimi korxonalariga yetkazib berish |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
|
|
|
| 12,5 |
2,5 |
10 |
| viloyatlar: |
|
|
|
| Andijon |
18,5 |
18,5 |
— |
| Buxoro |
15,2 |
7,2 |
8 |
| Jizzax |
29 |
27,4 |
1,6 |
| Qashqadaryo |
35 |
2,6 |
32,4 |
| Navoiy |
9,5 |
6,9 |
2,6�� |
| Namangan |
19,5 |
— |
19,5 |
| Samarqand |
25,5 |
4,1 |
21,4 |
| Surxondaryo |
23,7 |
7 |
16,7 |
| Sirdaryo |
22,8 |
19,5 |
3,3 |
| Toshkent |
28,8 |
12,7 |
16,1 |
| Fargʻona |
26,2 |
9,3 |
16,9 |
| Xorazm |
8,8 |
2,3 |
6,5 |
| Jami |
275 |
120 |
155 |