Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Amudaryo etagida suv miqdorining koʻpayishini va joriy yilda Tuyamoʻyin suv omborida suv zaxirasining yetarli hajmda toʻplanishini hisobga olib hamda yer va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda Xorazm viloyati hokimligining 2002-yil hosili uchun ilovaga
* muvofiq qoʻshimcha ravishda sholi ekish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining sholikorlik xoʻjaliklarini serhosil va rayonlashtirilgan sholi navlarining konditsiyali urugʻlari bilan zarur miqdorda taʼminlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda bir hafta muddatda:
qoʻshimcha ravishda sholi ekish hajmlarini sholikorlik xoʻjaliklariga yetkazsin;
ekishni va ekinlarni parvarish qilish agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida oʻtkazish boʻyicha zarur tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
qoʻshimcha ravishda tovar sholi xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzishni tugallasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.S. Yusupov zimmasiga yuklansin.