Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“ISLOM DUNYOSINING OʻZBEKISTONDAGI OʻLMAS TARIXIY OBIDALARI” FOTOALBOMINI NAShR ETISh TOʻGʻRISIDA
Diyorimiz islom dunyosining falsafiy taʼlimoti va merosi rivojiga ulkan hissa qoʻshgan buyuk allomalar va aziz-avliyolar vatani ekanini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik orasida keng targʻib qilish, xalqimizning maʼnaviy qadriyatlarini tiklash borasida istiqlol yillarida amalga oshirilgan katta ishlarni tasviriy yoʻsinda aks ettirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Islom dunyosining Oʻzbekistondagi oʻlmas tarixiy obidalari” nomli fotoalbom oʻzbek, ingliz va arab tilida nashr qilinsin.
2. Albomni tayyorlash boʻyicha ishchi guruh tarkibi
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ishchi guruh 10 kun muddatda albomning maʼno-mazmuni va badiiy jihatlarini ifoda etadigan ish rejasini ishlab chiqsin. Albom uchun arxiv hujjatlari, tarixiy fotosuratlar va boshqa tasviriy vositalarni tanlashda quyidagilarga eʼtibor qaratilsin:
Tarbiyaviy-maʼnaviy nuqtai nazardan biz kimlarning avlodlari boʻlganimizni, oʻz muqaddas dinimizga hamisha sodiq qolib, uni iymon-eʼtiqodimizning asosiy mezoni sifatida qalbimizda, onggu shuurimizda saqlab kelganimizni aks ettirish;
Koʻhna oʻzbek zaminining yuksak islomiy madaniyat beshigi ekani, yurtimizning musulmon dunyosida gʻoyat noyob boʻlgan osori atiqalarga boyligi, ular sobiq mustabid tuzum davrida ayovsiz toptalgani, mustaqillik yillarida qaytadan tiklanib, yangicha qadr-qimmat kasb etayotganini tarixiy hujjatlar, turli fotolavhalar va tasviriy sharhlar orqali koʻrsatib berish;
Islom madaniyatining noyob durdonalari sifatida jahonda tan olingan, Vatanimizda asrab-avaylab kelinayotgan nodir qoʻlyozma asarlar haqida atroflicha maʼlumot berish;
tarixiy-madaniy obidalarimizning oʻziga xos tarixiy-meʼmoriy jihatlari, ularni qayta tiklash va taʼmirlash, koʻhna qadamjolar, muborak ziyoratgohlarni obod qilish, yangi xotira majmualarini barpo etish boʻyicha yuksaltirish, yosh avlod qalbida milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kamol toptirishdagi oʻrni va ahamiyatini koʻrsatish;
bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar islom dinining asl mohiyati ezgulik, tinchlik, doʻstlik va hamkorlik, farovon hayot gʻoyalariga xizmat qilishini aks ettirish;
3. Ishchi guruhi, shuningdek, Oʻzteleradiokompaniya, “Oʻzbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yurtimizda yashab oʻtgan, islom dini taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan ulugʻ allomalar haqida filmlar asosida yaratilishiga har tomonlama koʻmaklashishni nazarda tutsin.
4. “Islom dunyosining Oʻzbekistondagi oʻlmas tarixiy obidalari” albomini nashr etish vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasiga topshirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi tomonidan taqdim etiladigan sarf-xarajatlar smetasi asosida albomni nashr etish uchun zarur mablagʻni ajratsin.
6. Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda albomni tarqatish va keng miqyosda targʻib etish chora-tadbirlarini belgilasin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-iyuldagi 300-son
qarorigaILOVA
“Islom dunyosining Oʻzbekistondagi oʻlmas tarixiy obidalari” albomini tayyorlash boʻyicha ishchi
| 1. |
Karomatov H. |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari, (ishchi guruh rahbari) |
| 2. |
Davron X. |
— |
Yoshlar telekanali bosh direktori (ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari) |
| 3. |
Yunusov O. |
— |
Prezident devoni yetakchi konsultanti (ishchi guruhi masʼul kotibi) |
| 4. |
Alimov B. |
— |
“Sharq” kompaniyasi raisi |
| 5. |
Joʻrayev X. |
— |
Madaniyat ishlari vazirligi |
| 6. |
Ibrohimov N. |
— |
Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti rektori |
| 7. |
Islomov Z. |
— |
Toshkent Islom Universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi mudiri |
| 8. |
Latipov I. |
— |
“Tasviriy oyina” uyushmasi raisi |
| 9. |
Minovarov Z. |
— |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari |
| 10. |
Murod Muhammad Doʻst |
— |
“Oʻzbekkino” kompaniyasi raisi |
| 11. |
Mahmud Hasaniy |
— |
OʻzFA Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi |
| 12. |
Otaxonov N. |
— |
“Movarounnahr” nashriyoti mudiri |
| 13. |
Rizayev Sh. |
— |
Filologiya fanlari nomzodi |
| 14. |
Safoyev S. |
— |
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 15. |
Shogʻulomov R. |
— |
Davlat matbuot qoʻmitasi raisi |
| 16. |
Gʻulomov A. |
— |
“Jahon” axborot agentligi bosh direktori |
| 17. |
Yunusov R. |
— |
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari |
| 18. |
Qoʻziyev T. |
— |
Badiiy akademiya raisi |
| 19. |
Hakimov S. |
— |
OʻzA Bosh direktori oʻrinbosari |
| 20. |
Hasanov A. |
— |
Prezident devoni bosh konsultanti |
| 21. |
Husanboyev B. |
— |
“Oʻzbekturizm” kompaniyasi raisi |