1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish boʻyicha organlar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
“Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 6-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi OʻRQ-707-sonli “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi OʻRQ-393-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi 441–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 219-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 415-modda) 5-moddasining birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2010-yil 4-sentabrdagi 173 (5088)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-sentabr,
OʻRQ-253-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 299-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda)