1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.02 Standartlashtirish bo‘yicha organlar;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
“Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga va “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 6-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 28-avgustda ma’qullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ-707-sonli “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O‘RQ-393-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 34-son, 451-modda)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi 441–II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 219-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 415-modda) 5-moddasining birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan uch yil muddatga tayinlanadi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 4-sentabrdagi 173 (5088)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 3-sentabr,
O‘RQ-253-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 299-modda; 2015-y., 34-son, 451-modda)