Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va poytaxt mehmonlarining yoʻlovchilar tashishga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash maqsadida hamda Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻnalishining Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik kunining 10 yilligiga ishga tushirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Toshkent shahar hokimligining 2001-yilda 20 ta metro vagoni va ular uchun ehtiyot qismlar xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Rossiya Federatsiyasining “Metrovagonmash” yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqariladigan umumiy qiymati 10766 ming AQSh dollari boʻlgan 20 ta metro vagoni va ular uchun ehtiyot qismlar yetkazib berilishi yuzasidan kontrakt tuzganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi mazkur kontraktni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
2. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi:
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda 2001-yil may-iyul oylarida vagonlar yetkazib berilishini;
ilovaga
* muvofiq ushbu kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash sxemasiga binoan belgilangan muddatlarda toʻlovlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2001 — 2003-yillarda mazkur loyihani mablagʻ bilan taʼminlash uchun shahar mahalliy budjetidan zarur mablagʻlar ajratsin.
4. “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan loyiha boʻyicha import qilinadigan metro vagonlari va ular uchun ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishidan tashqari) ozod etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S.Azimov va A.N.Isayev, Toshkent shahar hokimi K.N.Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.