“NESTLE OʻZBEKISTON” OʻZBEKISTON-SHVEYSARIYA QOʻSHMA KORXONASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Respublika aholisining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻliq qondirish, eksportbop va importning oʻrnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.07.00 Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalar]
1. “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasiga qarashli “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati (Namangan shahri)ning “Nestle S.A.” (Shveysariya) kompaniyasi bilan birgalikda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Nestle Oʻzbekiston” Oʻzbekiston-Shveysariya qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasining 7,0 mln AQSH dollarini tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin, ulardan:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
pul mablagʻlari, asbob-uskunalar va aylanma sarmoya (xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar) tarzida qoʻshiladigan 80 foizi yoki 5,6 mln AQSH dollari — “Nestle S.A.” kompaniyasiga tegishlidir. Bunda tayyor mahsulot tarzida qoʻshiladigan ulush moʻljaldagi investitsiyalar umumiy hajmining 10 foizidan oshib ketmaydi;
asosiy va aylanma mablagʻlar (shu jumladan yerlardan foydalanish huquqi) tarzida qoʻshiladigan 20 foizi yoki 1,4 mln AQSH dollari — “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga tegishlidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
3. Qurilishga va yangi zavodni jihozlashga, shuningdek xalqaro standartlarga muvofiq bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda boshqa xil mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida ishlab turgan quvvatlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan 30,0 mln AQSH dollarini 6 yil mobaynida respublika iqtisodiyotiga investitsiyalashni nazarda tutuvchi “Nestle S.A.” kompaniyasining investitsiya dasturi maʼqullansin (ilova).
Investitsiya dasturining amalga oshirilishi natijasida “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasining ustav jamgʻarmasi foydani qayta investitsiyalash yoʻli bilan qoʻshiladigan mablagʻlarga va loyiha qatnashchilarining qoʻshimcha investitsiyalariga mutanosib ravishda oʻzgartiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Nafosat” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy qiymati 1,4 mln AQSH dollariga teng miqdordagi asosiy va aylanma mablagʻlarning (shu jumladan yerlardan foydalanish huquqining) “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
5. “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasiga ulush qoʻshish uchun hamda “Nestle S.A.” kompaniyasining investitsiya dasturini roʻyobga chiqarish doirasida keltiriladigan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar va tarkibiy qismlar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtirishi uchun yigʻimlar bundan mustasno) ozod qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
6. “Nestle S.A.” kompaniyasi “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar boʻyicha daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan 6 yil muddatga ozod qilinsin.
7. “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasiga:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Oʻzbekiston Respublikasida ham, chet ellarda ham istalgan sugʻurta tashkilotlarida sugʻurtalashni amalga oshirish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
qoʻshma korxonaning xorijiy xodimlari bilan, chet el valyutasini ularning Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisidagi valyuta hisobvaraqlariga oʻtkazish yoʻli bilan chet el valyutasida ish haqi toʻlagan holda, mehnat shartnomalari tuzish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
tayyor mahsulotning sifatini va muvofiqligini aniqlash boʻyicha laboratoriya sinovlarini bajarish uchun zarur boʻlgan kimyoviy vositalar hamda reagentlarni belgilangan tartibda import qilish;
Qonunchilikda belgilangan tartibda naqd mablagʻlarga fermer, dehqon xoʻjaliklaridan va jismoniy shaxslardan mustaqil ravishda sut xarid qilish huquqi berilsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi va “Sosyete de Prodyui Nestle S.A.” kompaniyasi oʻrtasidagi bosh litsenziya bitimini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
9. Namangan viloyati hokimligi:
“Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasini korxonaning ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur miqdorda xom ashyo bilan taʼminlashda yordam koʻrsatsin;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
“Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasini mahalliy hokimiyat organlari tomonidan joriy etilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlarning barcha turlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab 6 yil muddatga ozod qilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan xorijiy xodimlarning ishlashi uchun ruxsatnomalarning belgilangan tartibda berilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.07.00 Konsullik vazifalari (pasport-viza ishlari, konsullik legalizatsiyasi) va yigʻimlar]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda, kelish vizalarining belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi buyurtmanomalariga binoan loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilgan holda, koʻp martalik kelish vizalari berishni va vizalarning muddatini uzaytirishni, shuningdek ularni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishni va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
13. “Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasida ishlash uchun kelishayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashash va transportda yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash huquqi berilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-oktabr,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-oktabrdagi 462-son qaroriga ILOVA
“Nestle Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasini tashkil etish va investitsiya dasturini amalga oshirish